Fazalar muvozanati. Eritmalar 36-§. Fazoviy o’tishlar. Fazalar qoidasi
§. Qattiq moddalarning suyuqliklarda erishi
Download 97.85 Kb.
|
Fazalar muvozanati. Eritmalar
§. Qattiq moddalarning suyuqliklarda erishi
Qattiq moddalarning suyuqliklarda erishi erituvchi va eriyotgan moddalarning tabiati hamda ularning temperaturalari orqali aniqlanadi. Qattiq moddaning suyuqlikda erishida shunday konsentratsiya qaror topadiki, unda qattiq moddaning erishi butunlay to’xtaydi va eritma bilan qattiq modda o’rtasida muvozanat vujudga keladi. Bunday eritma to’yingan eritma deb ataladi. Berilgan temperaturada har qanday modda to’yingan eritmasining konsentratsiyasi o’zgarmas va bu modda eruvchanligini xarakterlaydi. Ma’lum sharoitlarda shunday eritmalarni olish mumkinki, ularning konsentratsiyalari to’yingan eritma konsentratsiyalaridan yuqori bo’ladi. Bunday eritmalar o’ta to’yingan eritmalar deyiladi. Ular juda beqaror bo’lib, ayniqsa aralashtirilganda, silkitilganda yoki ularga qattiq zarrachalar (chang va boshqalar) tushganda erigan moddaning va to’yingan eritmaning qoldiqlariga ajraladi. Qattiq moddalarning erishi issiqlik ajralishi yoki yutilishi bilan boradi, bu issiqlik odatda bir mol erigan moddaga tegishlidir. Erish issiqlik effekti ishoralarining farqlanishini quyidagicha izohlash mumkin, qattiq jismning suyuqlikda erishida bir vaqtning o’zida ikki jarayon-erituvchi molekulalari bilan qattiq modda molekulalari yoki ionlarining o’zaro ta’siri (solvatatsiya yoki suvda erishda gidratatsiya) va qattiq moddaning parchalanishi tufayli eritmaning butun hajmi bo’ylab tarqalishi sodir bo’ladi. Solvatatsiyada energiya ajraladi (), qattiq jismning parchalashga energiya sarf bo’ladi (). Yig’indi issiqlik effekti larning qiymatlariga bog’liq bo’lib, ular musbat ham, manfiy ham bo’lishlari mumkin. Masalan, yetarlicha mustahkam kristall panjaraga ega bo’lgan kaliy xloridning suvda erishida, kaliy va xlor ionlari gidradlanadi va bunda ajralib chiqadigan energiya kristall panjarani buzish uchun zarur bo’lgan energiyaning katta qismini kompensatsiyalaydi. Shuningdek, absolyut qiymati bo’yicha dan katta va kaliy xlorid suvda eriganda atrof-muhitdan issiqlik yutiladi, ya’ni jarayon endotermikdir. Natriy xlorning suvda erish jarayoni issiqlik effektisiz kuzatiladi, chunki gidratatsiya energiyasi deyarli kristallning bo’linish energiyasiga tengdir. Issiqlik effektining ishorasi erish jarayoniga temperaturaning ta’sirini bildiradi. Ko’pgina qattiq jismlarning erish jarayoni endotermik bo’lib, temperatura ortishi bilan eruvchanlik ham ortadi. Ba’zi bir moddalarda tempeeratura ortishi bilan eruvchanlik kamayadi, chunki ulardagi erish jarayoni ekzotermikdir. 42- Download 97.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling