Fazalar muvozanati. Eritmalar 36-§. Fazoviy o’tishlar. Fazalar qoidasi
-§. Bir komponentli sistemalar. Suvning holat diagrammasi
Download 97.85 Kb.
|
Fazalar muvozanati. Eritmalar
37-§. Bir komponentli sistemalar. Suvning holat diagrammasi
Bir komponentli sistemalarda fazalar faqat bir xil moddadan iborat bo’ladi. muvozanat holatdagi bir komponentli sistema fazalarining maksimal sonini (36.1) tenglama bo’yicha aniqlash mumkin. K=1 bo’lganda erkinlik darajalari soni quyidagicha bo’ladi:
U holda bir fazali sistema uchun S=2, ikki fazali-S=1, va uch fazali-S=0. Bir komponentli sistemada muvozanatli fazalar soni 3 dan katta bo’lmasligi lozim. Fazalar soni juda ko’p bo’lganda erkinlik darajalari soni manfiy bo’lib qoladi, bu esa fizik ma’noga ega emas. Bir fazali sistemaning erkinlik darajalari soni ikkiga teng bo’lishi, bu holda temperatura va bosimning muvozanatga tasir etmasdan o’zgarishini bildiradi. Shuningdek, bir parametrning o’zgarishi boshqa parametrning o’zgarishiga ta’sir ko’rsatmaydi. Erkinlik darajalari soni birga teng bo’lgan ikki fazali sistemalarda, muvozanatga ta’sir etmagan holda faqat bitta parametrning o’zgartirish mumkinligini ko’rsatadi, bunda ikkinchi parametr birinchi parametrga mos ravishda o’zgaradi. Agar erkinlik darajalari soni nolga teng bo’lsa, u holda muvozanat ma’lum parametrlar (P va Т) bilan xarakterlanadi va ularning hech birini sistema muvozanatiga ta’sir qilmasdan o’zgartirish mumkin emas. Bir komponentli sistema fazoviy holatining bog’lanish grafigini qarab chiqamiz, masalan suvning tashqi (P va Т) omillarga bog’lanish grafigi. Bunday grafiklar fazoviy diagrammalar yoki holat diagrammalari deb ataladi ular tajriba natijalari asosida chiziladi. Suvning holat diagrammasi (37.1-rasm)da bitta O nuqtada kesuvchi va diagrammalarni uch qismga uchta AO, BO va CO chiziqlar mavjud AO chiziq muz ustidagi to’yingan bug’ bosimining temperaturaga bog’lanishini ifodalaydi. OB chiziq suv ustidagi to’yingan bug’ bosimining temperaiuraga bog’lanishini ko’rsatadi. Shuningdek bu chiziq suvning qaynash temperaturasini bosimga bog’lanishini xarakterlashi mumkin. OB egri chiziq 3470C da uziladi, bu temperatura suvning kritik temperaturasiga mos keladi, undan yuqori temperaturalarda suv suyuq holatda mavjud bo’lmaydi. OC egri chiziq muzning erish temperaturasining (yoki suvning muzlashini) bosimga bog’lanishini ifodalaydi. Bosim ortishi bilan suvda muzning erish temperaturasi kamayadi. Egri chiziqlarning bunday turi uncha ko’p bo’lmagan moddalar uchungina xarakterlidir. Bu suvning qotish jarayonida hajmi ortishi bilan bog’liq ko’pgina moddalarda esa, qotishda hajmi kamayadi va holat diagrammasidagi OC egri chiziq unga og’gan bo’ladi. (AO, OB va OC) qarab chiqilgan chiziqlar suvning bir fazadan ikkinchi fazaga o’tishini ifodalaydi, ya’ni ikki fazaning muvozanatini bildiradi. Bu chiziqlar bilan chegaralangan qismlar faqat bir xil fazalarning mavjudlik shartlariga javob beradi. AOC oraliqda yotuvchi bosim va temperaturalarda suv faqat muz ko’rinishida mavjud bo’lishi mumkin. BOC oraliq suyuq holatiga hamda AOB-bug’ holatiga mos keladi. Hamma egri chiziqlar O nuqtada kesishadi, bu nuqta uchchala fazalarning muvozanatiga mos keladi.
Download 97.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling