R e j a : Tabiatda suv. Suv molekulasining tuzilishi. Suvning holat diagrammasi. Suvning fizikaviy va kimyoviy xossalari


Download 441.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana29.03.2023
Hajmi441.7 Kb.
#1306985
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-MAVZU. SUV. SUVNING QATTIQLIGI



6-MAVZU: SUV. SUVNING XOSSALARI VA QATTIQLIGI 
 
R e j a : 
1. Tabiatda suv. Suv molekulasining tuzilishi. Suvning holat diagrammasi. Suvning
fizikaviy va kimyoviy xossalari. 
2. Suvning qattiqligi va uni yo‘qotish usullari. 
3. Suvning inson salomatligi, xalq xo‘jaligi hamda texnikadagi ahamiyati. 
 
Tayanch iboralar: Suvning xossalari, agregat holat, eruvchanlik, osmotic bosim, muzlash 
xarorati, qaynash xarorati, bug‘ bosimi, suyultirilgan eritmalar, suvning qattiqligi. 
Hayotni suvsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Tabiat hosilasi bo‘lgan suv sanoat korxonalari, qishloq 
xo‘jalik ekinlari, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari uchun eng zarur omillardan biridir. Suv 
insonning sihat-salomatligini saqlashda katta ahamiyat kasb etadi. Ma‘lumki, odam organizmining 
65% i suvdan iborat. Shuning uchun ham odam suvsizlikni juda og‘ir kechiradi, organizmdagi 
suvning 6-8% yo‘qotsa, harorat ko‘tariladi, teri qizarishi, yurak urishi va nafas olishi tezlashadi, 
muskullarda charchoq paydo bo‘ladi, boshi aylanadi va og‘riy boshlaydi. Suv yo‘qotish miqdori 
yanada ortib boraversa, odam halok bo‘lishi mumkin. 
Suv odam organizmida modda almashinish jarayonida, taom hazm qilishda, organizm uchun 
zarur moddalarni sitezlashda ishtirok etadi. Mo‘tadil iqlim sharoitida suvning o‘rtacha iste‘moli 
sutkasiga 1,5-3 litrga etadi, lekin issiq iqlim sharoitida suvga talab 2-3 hissaga oshadi. 
Suv iste‘moli miqdori mehnatning og‘ir-engilligiga ham bog‘liqdir. Odam jismoniy harakat bilan 
mashg‘ul bo‘lganda suv iste‘moli kuniga 4-5 litrga etishi mumkin. Cho‘l mintaqalarida jismoniy 
mehnat jarayonida sutkasaiga suv iste‘moli 11 litrga etadi. Bu ko‘rsatilgan suv me‘yorlari 
organizmning fiziologik ehtiyojini qondirish uchun kerak bo‘lgan suv miqdoridir. 
Akademik A.P.Karpinskiy yozganidek suv tabiatning eng nodir tuhfasidir. Suv faqat organik 
dunyoning asosi, insonning kundalik hayot manbai, meneral xomashyo, qishloq xo‘jaligi va 
sanoatning ajralmas qismigina emas, balki u madaniyat vositasi ham. Yer yuzining to‘rtdan uch 
qismi (361 mln km
2
)ni suv qoplagan. Shu bilan birga inson tomonidan keng miqiyosda 
foydlaniladigan chuchuik suv yer yuzida juda notekis taqsimlangan. Chuchuk suv zaxirasining katta 
qismi Antiraktidada muz xolida va Grenlandiya orolida to‘plangan. Muzliklarning hajmi 35 min.km
3
(agar muzliklar erib ketgudek bo‘lsa dunyo okeanlarinig satxi 50-60 m ga ko‘tariladi). 
Chuchuk suvning qolgan qismi atmosferada, daryolarda, quruqlikdagi turli xavzalarda va yer 
ostidadir. Yog‘inlar ham yer ustida bir tekisda yog‘maydi. Shunday hududlar borki, u erlarda yil 
mobaynida yomg‘ir yog‘maydi, oqar suvlar yo‘q. Chuchuk suvlar dastlab qishloq xo‘jaligi uchun 
kerak. Bir qancha mamlakatlarda suv zapasi chegaralanganligi sababli dengiz suvini tuzdan tozalab 
chuchuk suvga aylantirish yo‘llari ustida ish olib borilmoqda. 
Tabiiy suvlar o‘z tarkibiy, sifat-miqdoriy ko‘rsatkichlariga ko‘ra turli-tumandir: sho‘r ta‘mli 
dеngiz-okеan suvi, chuchuk (ichimlik) soy va buloq (daryo, еr osti quduq va hakozo) suvlari, qor- 
yomg‘ir suvi, minеrallangan, ayrim xollarda hatto issiq, еr osti suvlarini misol qilib ko‘rsatish 
mumkin. Lеkin, shu bilan bir qatorda, hatto, bir soy yoki daryo suvi turli joyida (o‘zani bo‘ylab, 
albatta) bir xil tarkib va xususiyatga ega bo‘lmasligini ham bilish zarur. Shuning uchun ham, qadimgi 
Yunonistonlik olim va faylasuf Gеraklit (еramizdan oldingi V asrda) daryoning muayyan bir xil 
tarkibdagi suviga 2 marta tushib bo‘lmasligini ta‘kidlagan, ya‘ni cho‘milayotgan kishi har gal yangi 
tarkibda va sifatda bo‘lgan suvga tushadi (cho‘milayotgan joyi o‘zgarmagan holda). 


Yer yuzidagi suvning umumiy miqdori juda katta - u qariyb 1350 mln. km
3
ni tashkil etadi. 
Biroq hamma suvni ham insonning foydatanishi uchun yaroqli deb boimaydi. Iste‘molning ko‘pgina 
turlari uchun chuchuk suv kerak, uning zaxiralari esa yer yuzidagi jami suv miqdorining 3% dan 
kamrog‘ini tashkil etadi. 
Suv doimo harakatda bo‘ladi. Suvning ko‘p miqdori muttasil ravishda yer ustida va yer ostida 
aylanib yuradi. Suvning okeanlar va quruqlik sirtidan bug‘lanishi hamda o‘simliklar va tirik 
mavjudotlarning nam ajratib chiqarishi natijasida atmosfera suv bug‘lari bilan to‘yinadi. 
Atmosferaning bir maromda isimasligi unda yer shari yuzasida havo oqimlarining katta miqyosda 
o‘rin almashinishiga sabab bo‘ladi, kondensatsiya oqibatida suv yerga yana shudring, yomg‘r, do‘l va 
qor tarzida qaytadi. 
Shu narsa hisoblab chiqilganki, mazkur suvning 65-75% bevosita okeanlarga tushadi, qolgani 
quruqlikka taqsimlanadi. Suvning bir qismi bevosita tuproqdan va uni qoplab turgan o‘simliklardan 
bugManadi. Boshqa qismi tuproqqa shimilib, turadi va o‘simliklar tomonidan o‘zlashtiriladi yoki 
tuproq ostiga kirib uning tarkibiga qo‘shiladi, keyin ular orqali sirtqi suvlarga qo‘shiladi. Nihoyat, 
suvning bir qismi yer yuzasida qoladi va sirtqi suv oqimlariga sekin-asta oqib tushadi. 
Biosferaning barcha suvlarini ham bunday aylanishda ishtirok etadi deb bo‘lmaydi. Uning bir 
qismi o‘simlik va hayvonot to‘qimalarida, qutb bo‘yi muzlarida, tog‘ cho‘qqilaridagi abadiy qorlarda 
muayyan vaqt saqlanib turadi yoki tuproqning tarkibiy qismlari bilan kimyoviy yoki fizikaviy 
bog‘langan holda qoladi. 
Suvning gidrologik sikli ayrim bo‘g‘inlaridagi zaxiralarini YUNESKO materiallari asosida tuzib 
chiqish (1970-y.) uning bu sikli haqida birmuncha tasavvur beradi. 
9-jadval 

Download 441.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling