R e j a : Tabiatda suv. Suv molekulasining tuzilishi. Suvning holat diagrammasi. Suvning fizikaviy va kimyoviy xossalari


Inson organizmiga suv kimyoviy tarkibining ta’siri


Download 441.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana29.03.2023
Hajmi441.7 Kb.
#1306985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-MAVZU. SUV. SUVNING QATTIQLIGI

Inson organizmiga suv kimyoviy tarkibining ta’siri. Ushbu masala ko‘p vaqtdan buyon 
ko‘tarilib keladi. Chunki suvning kimyoviy tarkibi kasalliklar kelib chiqishida kata rol o‘ynaydi. Suv 
tarkibidagi kimyoviy moddalar undagi boshqa organic va noorganik moddalar bilan o‘zaro bog‘langan 
holatda bo‘ladi. Hozirgi sanoat korxonalarida toza suvlarning ko‘p miqdorda ishlatilishi suv 
havzalaridagi tabbiy suvningkimyoviy tarkibini o‘zgartirib yuboradi. Bu holatni nazarda tutishning 
gigienik ahamiyati kattadir. Suv havzalaridagi suvning kimyoviy tarkibi tabiiy omillar ta‘sirida, o‘z 
gidrogeologik kelib chiqishida o‘zgargan bo‘lishi mumkin. Ayrim mintaqalarda chuchuk suvning 
etishmasligi, borining ham tez minerallashishi aholini GOST talabiga javob beradigan toza ichimlik 
suv bilan ta‘minlashdek dolzarb masala ko‘ndalang bo‘ldi. 
Ayniqsa suvning qattiqlik ko‘rsatkichi kata ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, suv havzalariga 
shudgorlar sho‘rini yuvishdan bo‘shagan oqava suvlarning ko‘plab tushirilishi, zax suvlarning 
kollektorlarga oqizilishi, sanoat korxonalarining chiqindi suvlari daryolar suvining kimyoviy tarkibini 
buzib, uning qattiqligini oshirib yuboradi. Bunga Amudaryo va sirdaryo suvlari misol bo‘la oladi. 
Suvning qattiqligi kaltsiy va magniy tuzlarining 1 litr suvdagi umumiy miqdoridir. Odatda qattiq suvda 
sovun ishlatilganda yaxshi ko‘pirmaydi, suv qaynatilgan idishda tuz qatlamlari paydo bo‘ladi. 
Keying yillarda olib borilgan tadqiqotlar suvning qattiqligida kaltsiy va magniy tuzlari bilan 
yana boshqa 12 ta element - berilliy, bor, kadmiy, kaliy, natriy va hokazo ishtiroki o‘rtasida 
korrelyativ bog‘lanish borligini ko‘rsatadi. 
Suvning qattiqligi bilan organizmda toshlar paydo qiladigan kasalliklar o‘rtasida bog‘lanish 
borligi to‘g‘risidagi bir qancha faktlar ma‘lum. Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston respublikasida 
olingan dalillarga qaraganda, odamlarning o‘t va siydik qopida, shuningdek buyragida toshlar paydo 
bo‘lishiga asosan Amudaryo havzasidagi suvlar qattiqligining tobora ortishi sabab bo‘lmoqda. 


Urologlar tajribalar yo‘li bilan qattiq suvlar iste‘molidan so‘ng siydik yo‘lida toshlar paydo 
bo‘lishini, ichimlik suv bilan bevosita bog‘lik kasalliklar ko‘p uchraydigan viloyatlarni aniqlaganlar. 
Bunday viloyatlarda suvning qattiqlik darajasi ancha yuqori ekan. 
Keyingi vaqtda suvning qattiqligi bilan ayrim yurak kasalliklari o‘rtasida bog‘liqlik borligi 
ma‘lum bo‘lmoqda. Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, suv qattiqlik darajasining pasayib 
ketishi yurak-qon tomir kasalliklarining kelib chiqishida ma‘lum rol o‘ynar ekan. 
Demak, inson salomatligini ta’minlashda suvning qattiqligini yo‘qotish ham muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
 
NAZORAT SAVOLLARI 
1. Suv va uning tarkibini tushuntiring. 
2. Suvning kimyoviy xossalari. 
3. Mineral suvlar va ularning tarkibi qanday? 
4. Suvning qattiqligi. 
5. Suvni yumshatish usullari. 
6. Reagentli yumshatish usuli. 
7. Suvni ohaklash jarayonini tushuntiring. 
8. Suvni umuman reagentli yumshatish uchun nimalarga e‘tibor beriladi. 
10. Suvni fosfatli yumshatish usulini tushuntiring. 

Download 441.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling