bo‘lmaydi. Suv qizdirishga chidamli bo‘lishiga qaramay, reaksiyaga juda tez kirishdigan moddadir.
Ko‘pincha metall va metallmas oksidlari suv bilan birikib, asos va kislotalar xosil qiladi. Eng aktiv
metallar suv bilan o‘zaro ta‘sirlashib, vodorod ajralib chiqadi. Ba‘zi xollarda suvda tog‘ jinslari
tarkibiga kiruvchi moddalar erigan bo‘ladi. Suvda temir, marganets, azot, kislorod, karbonat angidrid,
vodorod sul‘fid va boshqa moddalarerigan bo‘lsa
bunday suvni mineral suvlar deyiladi. Tabiiy
suvlar ichida eng toza suv yomg‘ir, qor, ko‘l suvlari xisoblanadi. Ko‘pincha suv kimyoviy moddalar
tarkibida uchraydi.
1. Gigroskopik suv - bunday suvlar kimyoviy moddalar yuzasiga absorbsion kuch xisobiga
joylashgan bo‘ladi. Bunday suvlarni yo‘qotish uchun katta energiya talab qilinmaydi.
2. Kristallizatsion suv - bunday suv kimyoviy moddalr tarkibiga vodorod bog‘lanish xisobiga
stexiometrik nisbatlarda joylashgan bo‘ladi. Bunday suvni ajratib, chiqarib yuborish uchun anchagina
energiya sarflanadi.
3. Konstitutsion suv - kimyoviy moddalar bilan juda qattiq bog‘langan.
Bunday suvlarni
ajratish uchun energiya sarflanadi yoki kimyoviy jarayonni vujudga keltirish kerak. Bunga
Ca(HCO
3
)
2,
Mg(HCO
3
)
2
lar misol bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: