R e j a : Tabiatda suv. Suv molekulasining tuzilishi. Suvning holat diagrammasi. Suvning fizikaviy va kimyoviy xossalari


Gidrologik siklning turli qismlarida suvning miqdor ko‘rsatkichlari


Download 441.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana29.03.2023
Hajmi441.7 Kb.
#1306985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-MAVZU. SUV. SUVNING QATTIQLIGI

Gidrologik siklning turli qismlarida suvning miqdor ko‘rsatkichlari 
 
Sikl qismlari 
Suvning miqdori, % 
Er yuzidagi suvlar 
0,009 
Chuchuk ko‘llar 
0,008 
Sho‘r ko‘llar va ichli dengizlar 
0,0001 
Er osti suvlari 
0,005 
Tuproq va botqoqlar suvlari 
0,31 
Yuzaki er osti suvlari, chuqur er osti suvlari 
0,31 
Muzliklar 
2,15 
Atmosfera 
0,001 
Okeanlar 
97,2 
 
Ham yer sirtidagi, ham yer ostidagi chuchuk suvlardan suv ta‘minoti manbalari sifatida 
foydalaniladi. Barcha manbalarda suvning sifati turlicha bo‘ladi. Suvining sifati bir xil bol‘gan ikkita 
daryo, ikkita artezian quduq, ikkita oddiy quduq yo‘q. Bundan tashqari, har bir suv manbayida, 
ayniqsa sirtqi manbada suvning tabiati vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi. 
Urbanizatsiya va sanoat ishlab chiqarishining o‘sishi, qishloq xo‘jaligining kimyolashtirilishi 
tufayli umumiy suv ekologiyasiga antropogen omil, ya‘ni insonning suvdan foydalanish omili tobora 
ko‘proq ta‘sir ko‘rsatmoqda. 
Insoniyat jamiyati taraqqiyotida toza suvga bo`lgan ehtiyoj kun sain ortib bormoqda, chunki 
insonning xo`jalik faoliyatini toza suvsiz tasavvur etib bo`lmaydi. 
Biosferada chuchuk suv barcha suv zaxirasining bor-yo‘g‘I 2% ini tashkil qilib, uning 99%i 
muzliklarga to‘g‘ri keladi. Daryo va ko‘llardagi chuchuk suv zaxirasi 90 ming km
3
ni tashkil qilib, 


odam tomonidan yiliga uning 4 ming km
3
qismi ishlatiladi. Shundan qishloq xo‘jaligida 70% I, 
qolgan 30%i esa sanoat va maishiy xo‘jalikda qo‘llaniladi. Hisob-kitoblarga qaraganda chuchuk suv 
zaxirasi insoniyatga yana bir necha o‘n yilga etadi xolos. Chuchuk suvning og‘ir metallar, fenol, 
pestitsidlar, neft mahsulotlari, aktiv moddalar bilan zararlanishi yildan yilga kuchayib, hozirgi 
kunda 15 mlrd. T. ni tashkil etmoqda. 
Chuchuk suvlar yer sharida bir tekisda tarqalmagan, dunyo aholisining 2,5 mlrdi toza suvga 
muxtoj xar yili 3 mln kishi suvsizlikdan vafot etmoqda. Respublikamiz aholisining 85% i suv bilan 
ta‘minlangan. 
Bir kishi uchun bir kunga 150-350 litr suv kerak, ammo respublikaning har bir aholisi bir kunda 
450-800 litr suv sarflaydi. 
Insonning maishiy va ishlab chiqarish, qishloq xo‘jalik, elektr quvvati ishlab chiqarish 
ehtiyojlarini qondirish uchun suvdan foydalanishi amalda hamisha uning ifloslanishi bilan bog‘liq 
bo‘lib, bu suvning manbalarga qaytishi esa, o‘z nnvbatida, tabiiy suvlaming ifloslanishiga va uglerod 
hamda azotning aylanish siklida tabiiy muvozanatning buzilishiga olib keladi. 
Toza suv xidsiz,mazasiz, rangsiz tiniq suyuqlikdir. Ko‘pchilik moddalar sovitilgan sari, uning 
zichligi tobora ortib boradi, bularning aksincha, 4
0
C dan yuqori temperaturada xam, past 
temperaturada xam suvning zichligi kamayadi. 
Suv barcha qattiq va suyuq moddalar orasida eng katta issiqlik sig‘imiga ega bo‘lgan 
moddalardir. Shu sababli suv qishda sekinlik bilan soviydi, yozda esa sekinlik bilan isiydi va shu 
tariqa er sharida temperaturani tartibga solib turibdi. Suvning og‘irlik tarkibi quyidagicha: 11,11% 
vodorod, 88,89% kisloroddan iborat. Suvning molekulyar og‘irligi suv bug‘ining yuqori 
temperaturadagi zichligiga qarab aniqlanganda 18 ga teng bo‘lib chiqadi,bu qiymat suvning qaynash 
nqtasiga yaqinlashgan saribug‘ning zichligi bir oz oshadi va uning molekulyarmassasi 18 dan sal 
oshiqroq bo‘lib qoladi. Oddiy molekulalarning shu tariqa o‘zaro birikib, moddaning kimyoviy 
tabiatini o‘zgartirmay, birmuncha murakkabroq zarrachalar xosil qilish xodisasi molekulalarning a s s 
o ts i l a n i sh i deyiladi. 
Umuman aytganda, assotsilanishga molekulalarning qutubli ekanligi sabab bo‘ladi; molekulalar 
ana shunday qutubli bo‘lganliklari tufayli, o‘zlarining qarama-qarshi qutyublari bilan bir-biriga 
tortiladi va shuning natijasida ikki, uch va undan ortiq molekulalar o‘zaro birikib yirikroq zarrachalar 
xosil qiladi. 
Tabiiy suv hech qachon toza bo‘lmaydi., shuningdek quduq, buloq, daryo va ko‘l suvlarida 
xamma vaqt erigan moddalar bo‘ladi. Turli suvlarda bu moddalarning miqdori turlicha bo‘ladi. 
Ammo umuman aytganda ularning miqdori 0,01 % dan 0,05 % gacha bo‘ladi. 
Dengiz suvida 4 % gacha xar xil erigan moddalr bo‘ladi, bularning asosiy qismini osh tuzi 
tashkil qiladi. Okean suvida 3,5 %, dengiz suvida esa, dengizga quyiladigan daryolarning kam suv 
yoki sersuv bo‘lishiga qarab turli miqdorda-0,5 % dan 3,9 % gacha (O‘rta er dengizida -3,9 %, Qora 
dengizda -1,8%, Boltiq dengizida – 0,5 %) osh tuzi bo‘ladi. 

Download 441.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling