Fazalar muvozanati termodinamikasi ikki komponetli suyuq sistemalar


Download 84.5 Kb.
bet1/8
Sana19.06.2023
Hajmi84.5 Kb.
#1603360
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
REJA


FAZALAR MUVOZANATI TERMODINAMIKASI IKKI KOMPONETLI SUYUQ SISTEMALAR

REJA


  • Asosiy tushunchalar.

  • Gibbsning fazalar qoidasi,

  • Bir komponentli sistemalar

  • Suv va oltingugurtning holat diagrammalari

Massalar ta’siri qonuni bir jinsli gomogen moddalar orasida bo‘ladigan muvozanatlar uchungina tadbiq etiladi.


Ko‘p jinsli moddalar orasidagi yuzaga keladigan muvozanat geterogen yoki fazaviy muvozanat deyilib, bunday muvozanat massalar ta’siri qonuniga bo‘ysunmaydi. Ko‘p fazali geterogen sistemalardagi muvozanatni xarakterlash uchun Gibbs (amerika fizigi) 1873-1878 yillarda fazalar qoidasini yaratdi. Bu qoida – geterogen sistemaning alohida olingan gomogen qismlari qanday sharoitda ( P, T, C va h.z.) o‘zaro termodinamik muvozanatda turishini ifodalaydi.
Geterogen sistemadagi moddalar bir-biridan chegara sirtlari bilan ajralgan bo‘ladi.
Geterogen sistemaning boshqa qismlaridan chegara sirt bilan ajralgan va bir xil kimyoviy, fizikaviy hamda termodinamik xossaga ega bo‘lgan gomogen qismi faza (F) deyiladi.
Misol: chin eritmalar, gazlar aralashmasi (masalan - havo) bir fazani tashkil etadi.
To‘yingan eritmaning o‘zi birgina fazadan iborat, lekin uning ustidagi to`yingan bug` ham nazarga olinsa, albatta ikki fazalidir.
Eritma tagida cho‘kma (qattiq tuz) ham bo‘lsa, bu sistema uch fazali bo‘ladi
Аgar bir qattiq jism ikkinchi qattiq jismda eritilib bir jinsli aralashma hosil qilinsa, bu ham bir fazali bo‘ladi.
Demak, moddalar sistemani har xil agregat holatda (gaz, suyuq, qattiq) tashkil etishi mumkin. Shunga ko‘ra sistemalar bir fazali, ikki fazali, uch fazali va ko‘p fazali bo‘ladi.
Bu sistema to‘rt fazali sistema bo`lib, barcha fazalar suyuq holatda
(simob, CC14, suv va benzinlar)
Har bir sistema bir yoki bir necha moddadan iborat bo‘lib, bu moddalar sistemasining tarkibiy qismlari deb ataladi. Sistemadan ajratib olinganda uzoq vaqt davomida mavjud bo‘la oladigan tarkibiy qism (individual kimyoviy birikma) komponent deyiladi. Komponentlar oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin.
Misol: C+CO2 ↔ 2CO
Termodinamik sistemadagi har qaysi fazalarning kimyoviy tarkibini to‘la ifodalash uchun yetarli bo‘lgan modda xillarining eng kichik soni sistemaning mustaqil tarkibiy qismlari yoki komponentlar soni (K) deb ataladi.
Har bir komponent boshqa komponentlarga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘la oladi va o‘zgarishi mumkin. Muvozanatdagi sistemalar komponentlar soniga qarab – bir, ikki va ko‘p komponentli bo‘ladi. Komponentlar sonini aniqlashda sistemaning hamma tarkibiy qismlari hisobga olinmaydi.

Download 84.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling