Fazoda ekstremal funksiyani hisoblash fazo
Chiziqli fazo va uning xossalari
Download 367.22 Kb.
|
G\'ulomova Dilnoza mat-fiz mustaqil ish
Chiziqli fazo va uning xossalari
Chiziqli fazo tushunchasini kiritishdan avval, o‘zimizga yaxshi tanish bo‘lgan n o‘lchamli vektorlar fazosi Rn ni ko‘rib chiqamiz. Bu, n o‘lchamli vektorlar ustida qo‘shish va songa ko‘paytirish amalini kiritamiz. Ikki a=(a1,a2,a3,…..,an) va b=(b1,b2,b3,…..,bn) vektorlarning yig‘indisi deb a+b=(a1+ b1, a2+b2,……, an+bn) vektorga aytiladi. Vektorning koordinatalari sonlar va sonlarni qo‘shish amali kommutativ va assotsiativ bo‘lgani uchun vektorlarning yig‘indisi ham shu xossalarga ega, ya’ni 1) a+b=b+a (kommutativlik xossasi); 2) a+(b+c)=(a+b)+c (assotsiativlik xossasi). Hamma koordinatalari noldan iborat vektor nol vektor deyiladi va θ=(0,0,...,0) orqali yoziladi. Ushbu -a = (-a1 , -a2 , ….., -an) vektor a vektorga qarama-qarshi vektor deyiladi. Ravshanki, a+(−a)=θ. Demak, kiritilgan qo‘shish amaliga nisbatan, n o‘lchamli vektorlar to‘plami kommutativ gruppa hosil qiladi. Vektorlar ustida yana bir amalni kiritamiz. a vektorning λ haqiqiy songa ko‘paytmasi deb λ a=( λ a1, λ a2, λ a3,….., λ an)vektorga aytiladi. Haqiqiy sonlardagi ko‘paytirish amalining xossalaridan kiritilgan amalning quyidagi xossalari kelib chiqadi: 3) λ (a+b)= λ a+λb; 4) (λ+µ)a=λa+µa; 5) (λµ)(a)= λ(µa); 6) 0⋅a=θ; 7) 1⋅a=a. Bu yerda a, b va θ lar - vektorlar, λ, µ, 0, 1 lar-haqiqiy sonlar. Berilgan natural son uchun hamma n o‘lchamli vektorlar to‘plami (kiritilgan amallar bilan birgalikda) n o‘lchamli vektor fazo deyiladi va Rn orqali belgilanadi. Xususan, p=2 va p=3 bo‘lganda, yuqorida kiritilgan qo‘shish amali vektorlarning «parallelogramm» qoidasi bo‘yicha geometrik qo‘shish bilan ustma-ust tushadi. Shuningdek, a vektorni λ songa ko‘paytirish amali quyidagicha geometrik ma’noga ega: agar λ > 0 bo‘lsa, bu amal vektorning uzunligini λ marta orttiradi. Agar λ < 0 bo‘lsa, bu amal vektorning uzunligini |λ| marta orttiradi va yo‘nalishini teskarisiga almashtiradi. Download 367.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling