Rp.: Granulorum «Tylol-fen hot» 20,0 - №12 D.S. 1 sashe granulani ½ stakan iliq suvda eritib ovqatdan sonrga har 6 soatda ichilsin. Rp.: Granulorum «Aspo-C forte» N. 10 D.S. paketchadagi granulalar 1 stakan iliq suvda eritilsin va kun davomida ichilsin. - TABLETKALAR
- TABULETTAE
- (bosh kelishik birlik sonda - Tabuletta, tushum kelishigi birlik sonda - Tabulettam; tushum kelishigi ko‘plik sonda - Tabulettas; jo‘nalish kelishigi ko‘plik sonda - in tabulettis).
- Tabletkalar – dozalarga bo‘lingan qattiq dori shakli bo’lib, dori hamda yordamchi moddalarni kimyo-farmasevtika korxonalarida maxsus avtomatlarda presslash yo‘li bilan tayyorlanadi.
- Barcha tabletkalar ofisinaldir.
- Tabletkalar qo’llanilisi bo’yicha quyidagilarga bo’linadi:
- - til tagiga qo’yish uchun (Tabulettae sublinguales), milkka qo’yish uchun, chaynash uchun, ichish uchun (Tabulettae ad usum internum) tabletkalar; ular dori moddasining hoxush ta’mi va hidini bartaraf etish, shuningdek tashqi muhit ta’siridan himoya qilish va tabletkaning ta’sir joyiga yetib borishini ta’minlash maqsadida qobiq bilan qoplanadi. Bu tabletkalar 1 qatlamli va ko’p qatlamli (retard) bo’ladi. Qobiqli tabletkalar – tabulettae obductae eng ko’p tarqalgan.
- - sirtga ishlatiladigan eritmalar tayyorlash uchun tabletkalar (Tabulettae ad usum externum), qo’llashdan oldin eritiladi (solvellalar, solutio, onis — eritma).
- - in’yeksion eritma tayyorlash uchun ishlatiladigan tabletkalar (Tabulettae solublettae). Qo’llash usuli aniq ko’rsatiladi. In’yeksion eritmalar uchun mo’ljallangan tabletkalar steril bo’lishi lozim.
- - vaginal tabletkalar (Tabulettae vaginale), yog’li shamcha asosi uchun mo’ljallangan granulalarni presslash orqali tayyorlanadi. Tashqi tomondan yupqa yog’ 70 | 88
- qavati bilan qoplangan. Bundan tashqari to’g’ri ichakka (Tabulettae rectale) va uretraga (Tabulettae uretrale) kiritish uchun mo’ljallangan tabletkalar ham chiqariladi.
- - teri ostiga implantasiya (Tabulettae implantatae) uchun mo‘ljallangan, juda kichik disk yoki silindr shaklida, ta’siri uzaytirilgan steril, qattiq dori shaklidir.
- Tabletkalar tarkibidagi dori moddasining dozasiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
- - forte tabletkalar (maksimal doza)
- - semi tabletkalar (o’rtacha doza)
- - mite tabletkalar (minimal doza)
- - bolalar uchun doza (doses pro infantibus); shirim mazali bo’lib, asosan bolalar amaliyotida qo’llaniladi.
- Tabletkaning og’irligini oshirish yoki dori moddasining farmakokinetikasini yaxshilash maqsadida qo’llaniladigan yordamchi moddalar reseptda ko’rsatilmaydi.
- Tabletkalarni tayyorlashda yordamchi moddalar sifatida quyidagilar ishlatiladi: shakar (Saccharum), glyukoza (Glucosum), kraxmal (Amylum), natriy xlorid (Natrii chloridum), natriy gidrokarbonat (Natrii hydrocarbonas), talk (Talcum), kakao (Kakao), jelatin eritmasi (Gelatinum), suv (Aqua), spirt (Spiritus) va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |