Федчун Пётр Васильевич


Sirtga ishlatiladigan kukunlar


Download 439.5 Kb.
bet2/11
Sana12.03.2023
Hajmi439.5 Kb.
#1262695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Қаттиқ дори шакллари ва уларга рецепт ёзиш қоидалари

Sirtga ishlatiladigan kukunlar – juda maydalangan ko‘rinishda bo’lib, dozalarga taqsimlanmagan holda 5,0 dan 100,0 gacha miqdorda, asosan kuchli ta’sirga ega bolmagan va aniq dozalash talab qilinmaydigan kukunlar uchun yozib beriladi.
  • Reseptda Rp.: dan keyin qaratqich kelishigi bosh harfda dori moddasining nomi, maydalanganlik darajasi va umumiy miqdori yoziladi, ikkinchi satrda D.S. ko’rsatiladi. Agar kukun murakkab bo‘lsa, M.f. pulvis – “aralashtir kukun hosil bo’lsin”, so’ngra D.S. yozilib, unda ishlatilishi ko‘rsatiladi. Reseptda dori shakli ko’rsatilmaydi.
  • 1. Oddiy kukunlar yozishga misol: Streptosidning juda mayda kukunidan jarohat yuzasiga sepish uchun 20,0 yozib berilsin.
  • Rp.: Pulveris Streptocidi subtilissimi 20,0
  • D.S. Jarohat yuzasiga sepish uchun.
  • 2. Murakkab kukunlar yozishga misol: Tarkibida 250000 TB bo‘lgan benzilpenisillinning natriyli tuzi va 5,0 etazol saqlagan kukun burunga purkash uchun yozib berilsin.
  • Rp.: Benzylpenicillini-natrii 250 000 TB
  • Aethazoli 5,0
  • M.f. pulvis
  • D.S. Burunga purkash uchun.
    • Ichish uchun beriladigan kukunlar – reseptlarda dozalarga taqsimlanmagan va dozalarga taqsimlangan ko‘rinishda yozib beriladi. Ichish uchun dozalarga taqsimlanmagan shaklda, aniq doza ahamiyatga ega bo‘lmagan yoki terapevtik dozasi katta bo‘lgan moddalar yozib berilishi mumkin.
    • 1. Oddiy taqsimlanmagan kukunlar yozishga misol: 30,0 magniy oksidi kukuni uchun resept yozing. 1/4 choy qoshig‘idan kuniga 2 mahal ichish buyurilsin.
    • Rp.: Pulveris Magnesii oxydi 30,0
    • D.S. 1/4 choy qoshig‘ida kuniga 2 mahal ichilsin.
    • 2. Murakkab, taqsimlanmagan kukunlar yozishga misol:
    • 40,0 magniy oksidi va 10,0 choy sodasidan iborat kukun yozing. 1/3 choy qoshig‘ida kuniga 3 mahal ichish uchun buyurilsin.

    • Download 439.5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling