Fe’l derivatsiyasi


Download 32.76 Kb.
bet2/3
Sana03.12.2023
Hajmi32.76 Kb.
#1801421
1   2   3
Bog'liq
Ma`ruza 11 (1)

Кompozitsiya usuli. Bu usul vositasida qo‘shma va juft fe’l yasaladi.
Qo‘shma fe’l. Qo‘shma fe’l tarkibiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
a) ism+fe’l;
b) fe’l+fe’l.
Ism+fe’l tipidagi fe’lni hosil qilishda yordamchi fe’l vazifasida qilmoq, etmoq, aylamoq, bo‘lmoq, bermoq, olmoq, topmoq, yemoq, urmoq, ko‘rmoq, kelmoq, keltirmoq kabi birlik keladi: abgor qilmoq, ado bo‘lmoq, ayyuhannos solmoq, javob bermoq, javob olmoq, xalal bermoq, xabar olmoq, qiron solmoq, tartibga keltirmoq, oh urmoq, tush ko‘rmoq, qo‘nim topmoq kabi.
O‘zbek tilida fe’l+fe’l tipidagi fe’l barmoq bilan sanarli: sotib olmoq, olib bormoq, olib kelmoq, olib chiqmoq, olib qochmoq, ishlab chiqarmoq kabi.
Juft fe’l. Juft fe’l grammatik shakliga ko‘ra ikki ko‘rinishda bo‘ladi:
a) biri ravishdosh, ikkinchisi boshqa shaklda: aylanib-o‘rgilmoq, yelib-yugurmoq, yayrab-yashnamoq, o‘ynab-kulmoq, qo‘llab-quvvatlamoq;
b) har ikki qismi bir xil shaklda: aylanib-o‘rgilib, o‘ylamay-netmay, aralashib-quralashib, achib-bijib, tejab-tergab, qisinib-qimtinib, yuvib-tarab, yayrab-yashnab.
Tilshunosligimizda fe’l ibora bilan qo‘shma fe’l chegarasi aniq oydinlashtirilmagan.
Juft fe’llar tarkibiy qismining qo‘llanishiga ko‘ra quyidagi shakllarda bo‘ladi:
1) qismlari yakka holda ishlatiladigan juft fe’llar:
a) qismlari o‘zaro sinonim: hormay-tolmay, qo‘llab-quvvatlamoq;
b) qismlari o‘zaro antonim: kelib-ketib, o‘lib-tirilib, kirib-chiqib, o‘tirib-turib;
d) qismlarining ma’nosi yaqin: aylanib-o‘rgilmoq, yeb-ichmoq, o‘ynab-kulmoq, oshirib-toshirib, yuvib-tarab.
2) ikkinchi qismi yakka (mustaqil) ishlatilmaydigan fe’l: aldab-suldab, yig‘lab-siqtab, yamab-yasqab, qolgan-qutgan. Shaxs-son kategoriyasi. Shaxs-son kategoriyasi kesimlik kategoriyasi UGMsini «ega valentligini muayyanlashtirish orqali gap kesimini shakllantirishda ishtirok etish» tarzida xususiylashtiradi. Hozirgi o‘zbek tilida shaxs-son ko‘rsatkichlarining quyidagi turlari mavjud:
1. a)

shaxs

birlik

ko‘plik

birlik

ko‘plik

I

borgan+man

borgan+miz

borib+man

borib+miz

II

borgan+san

borgan+siz

borgan+san

borib+siz

III

borgan+0

borgan+(lar)

borgan+di+0

borgan+di (lar)

b)

shaxs

birlik

ko‘plik

birlik

ko‘plik

I

boryap+man


Download 32.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling