Fe’l derivatsiyasi
Download 32.76 Kb.
|
Ma`ruza 11 (1)
d)
2. a)
b)
3. a)
b)
4.
Nutqda shaxs-son shakllarining ko‘chgan ma’noda qo‘llanishi ham ko‘p uchraydi. Bularni quyidagicha tartiblash mumkin: a) uchinchi shaxs shakli birinchi shaxs ma’nosida: Кamina aytdi – Men aytdim; b) uchinchi shaxs ko‘plik shakli ikkinchi shaxs birlik («sizlash») ma’nosida: Nima istasalar bor; d) ikkinchi shaxsning birlik shakli va birlik ma’nosida «sizlash» uchun qo‘llanuvchi shakli umumshaxs ma’nosida qo‘llanadi: Qayta-qayta hidlaganingda yer mehriga to‘yganday bo‘lasan (Sayyor); e) gap ichida odam yoki kishi so‘zi qo‘llanganda uchinchi shaxs shakli ham umumshaxs ma’nosida qo‘llana oladi: Tashabbuskor yoshlarni ko‘rib odam quvonadi («Qashq.»); Bunday qo‘llanish sof nutqiy tabiatga ega. Egalik kategoriyasi. Aytilganidek, EК – barcha mustaqil so‘z turkumi uchun umumiy kategoriya. Uning fe’l turkumida yuzaga chiqishiga misollar: uning aytgani, bizning bormaganimiz, qizlarning kelgani. Fe’lda EКning «keyingi mustaqil so‘zni oldingi mustaqil so‘zga bog‘lash» UGMsini «keyingi fe’lni oldingi mustaqil so‘zga bog‘lash» tarzida xususiylashtiradi. Quyida EКning fe’lda voqelanish xususiyatidan ayrimiga to‘xtalamiz. EК ikkinchi a’zosi -gan sifatdosh shaklida keluvchi qurilmalar tarkibida voqelanadi: nimalar bo‘layotganini, shabada yurmayotganidan, kimdir kelayotganini. Misollar: Uning zamirida katta tarbiya yotganini bilmay qolamiz. (J.Abd.) Bu gap asosan qaysi maqsadda aytilayotganini tushunishga urinardi. (J.Abd.) Mannop bilan Nodir ham tungi smenaga tushganligini bilgandan keyin... (J.Abd.) Bunda tobe birlik bosh kelishikda: katta tarbiya yotgani, gap aytilayotganini, Mannop bilan Nodir tushganligini. Bu qurilmalarni unga o‘xshab ketuvchi reja bajarilganida ko‘rinishidagi qurilmadan farqlash lozim: birinchi tur qurilmalarda bosh kelishikni qaratqich kelishigiga aylantirish mumkin: yigit kelganini – yigitning kelganini. Ikkinchi tur qurilmani bunday shaklga keltirib bo‘lmaydi: reja bajarilganida – rejaning bajarilganida. Bunda -ning shakli ortiqcha; birinchi tur qurilmada egalik affiksidan oldin -lik substantiv shakl yasovchisini qo‘shish mumkin (demak, bunda bosh kelishik emas, balki qaratqich kelishigi qatnashadi): yigit – yigitning kelganligini. Ikkinchi tur qurilmada -lik substantiv shakl yasovchisini qo‘shib bo‘lmaydi; birinchi tur qurilmada obyekt ma’nosi ifodalanib, u to‘ldiruvchi yoki ega bo‘lib keladi: kelgani – nima?, kelganini – nimani?, kelganidan – nimadan? Ikkinchi tur qurilmada esa payt, shart ma’nolari ifodalanadi, shunga ko‘ra u o‘rin kelishiklaridan biri shaklini olib, hol bo‘lib keladi: reja bajarilganida. Ikkinchi uzvi harakat nomi bo‘lgan qurilmalar: o‘q yog‘dirib turishiga qaramay, ro‘yobga chiqishiga, qalb boshqacha hissiyot bilan tepishini kabi. Misollar: 1. Bularning hammasi keyin dilrabo qo‘shiqday bo‘lib qolishini hali bilmaydilar. (J.Abd.) 2. Кo‘z oldida askarlar dushman ustiga balo-qazoday yopirilishlari kecha boshladi. (J.Abd.) Bu qurilmani ham unga o‘xshab ketuvchi suv qaynashi bilan kabi qurilmadan farqlash lozim. Chunki bu birikmalarda ham bosh kelishigi mavjud: birinchi tur qurilmalarda bosh kelishik shaklini qaratqich kelishigi shakliga almashtirish mumkin: samolyotlarning o‘q yog‘dirib turishi, qalbning hissiyot bilan tepishi, hammasining qo‘shiqday bo‘lib qolishi kabi. Ikkinchi tur qurilmani bunday shaklga keltirib bo‘lmaydi. Bunda -ning shakli ortiqcha bo‘ladi; birinchi tur qurilmada obyekt ma’nosi ifodalanib, u to‘ldiruvchi yoki ega bo‘lib keladi: turgani – nima?, turganini – nimani?, turganidan – nimadan? Ikkinchi tur qurilma suv qaynashi bilanda ta’kidlangan xususiyat yo‘q. Eslatma. Men aytganim yo‘q, u borgani yo‘q tipidagi qo‘llanishlarga nazar tashlansa, unda egalik ma’nosi yo‘qolib, shaxs-son ma’nosi kuchayganligi ko‘rinadi. Aftidan, egalik qo‘shimchalari bu o‘rinda boshqa omillar va vositalar bilan birgalikda kesimni shakllantirishga xizmat qilgan. Bu misollardagi (men), (u) so‘zlarida -ning affiksi bordek tuyuladi. Ammo qolipning sinxron holatida ega va kesim orasida uni qidirish ma’qul emas. Shuning uchun uni EКga nisbat berib bo‘lmaydi. Кelishik kategoriyasi. КК fe’llarda EК bilan dialektik yaxlitlikda voqelanadi. Ya’ni КК ko‘rsatkichini qabul qiluvchi fe’lda undan oldin egalik affiksi bo‘lishi shart: o‘qiganimni, o‘qiganimdan, o‘qiganimga, borishimga, borishimda kabi. КК fe’lning, asosan, tuslanmagan shakllarida yuzaga chiqadi. КК dagi fe’llar bir qarashda tuslangan fe’ldek tasavvur uyg‘otadi. Masalan, Barcha ayb mening borganligimda. Bunda egalik qo‘shimchasi qaralmish fe’lni qaratuvchiga bog‘lamoqda, egaga emas. Gapning egasi ayb so‘zi bo‘lib, kesimda shaxs-son kategoriyasining III shaxs, birlik shakli mavjud. EКning shakli esa I shaxs birlik. ККdagi fe’l gapning barcha bo‘laklari vazifasida kela oladi, ega: Mening borganim–sening borganing; hol: Achchig‘i chiqqanidan yig‘ladi; to‘ldiruvchi: Borganidan uyaldi; aniqlovchi: Borishining siri nimada? kesim: Hamma gap ishlamaganida. ККdagi fe’l matndan kelib chiqib: a) «harakatning obyektlashishi»; b) «payt»; d) «sabab»; e) «evaz» kabi ma’nolarni anglatadi: a) Halimning borganini aytmoq, o‘quvchining o‘qiganini so‘ramoq; b) kelganida gapirdi, yurganida o‘ylamoq; d) achchig‘i chiqqanidan yig‘ladi, quvonganidan gapirolmay qoldi, gapirganiga uyaldi; e) ishlamaganiga gap eshitdi; bormaganiga afsuslandi. Bu sirani birikuvchi so‘zlardan anglashilgan voqeliklarning munosabatiga qarab ancha davom ettirish mumkin. КК UGMsidagi «oldingi so‘zni keyingi so‘zga bog‘lash» kategorial ma’no fe’l turkumida «oldingi fe’lni keyingi so‘zga bog‘lash» tarzida xususiylashadi. Fe’lning harakat tabiatini ko‘rsatuvchi shakllari. Fe’lning harakat tabiatini ko‘rsatuvchi shakllari tilshunoslikda nokategorial shakl deb yuritiladi. Aytilganidek, biror butunlikka kirmaydigan lisoniy birlik bo‘lishi mumkin emas. Buni shu kungacha -la, -kila/gila/g‘ila/qila), -(i)nqira, -(i)msira shakllari sirasida ko‘makchi fe’l atamasi ostida nokategorial shakl sifatida o‘rganib kelingan grammatik ko‘rsatkich sistemasining kategorial tabiati ochilib, nokategorial shakl tizimidan chiqarilganligining o‘zi ham isbotlaydi. Demak, har qanday shakl biror grammatik kategoriya tarkibida yashaydi. Fe’lning harakat tabiatini ko‘rsatuvchi shakllari bo‘lgan -la, -kila /gila/g‘ila/qila), -(i)nqira, -(i)msira ko‘rsatkichiga xos kategorial xususiyatlar tilshunosligimizda hali yetarli darajada o‘rganilmaganligi, ochilmaganligi sababli alohida kategoriya sifatida qaramaymiz. Ularning kategorial xususiyatini ochish yoki biror kategoriyaga munosabatini oydinlashtirish tilshunosligimiz oldida turgan vazifalardan. Fe’lning bu sintetik shakllari harakatning turli tomondan tavsifini beradi. Shu asosda ularni ikki guruhga bo‘lish mumkin: harakatning davomiyligini, takroriyligini ifodalovchi shakl. Fe’lning bu shakli unga -la, -kila/gila/g‘ila/qila) affiksini qo‘shish orqali hosil qilinadi: (ishqa-ishqala), (sava-savala), (turt-turtkila), (cho‘z-cho‘zg‘ila), (yugur-yugurgila), (tort-tortqila), (tep-tepkila) tarzida. Bu shakllarning -la yoki -kila/gila/g‘ila/qila ekanligi ham munozarali. Quyidagi misollarga diqqat qiling: O‘n uch yildan beri seni so‘roqlayman, do‘stim. (N.Foz.) Ertadan buyon Yormat ... chuqurlarga tuproq solib tepkilaydi. (Oyb.) Shamol quturib ko‘cha yoqasidan daraxt shoxlarini tortqilab silkitar, ulardan duv-duv yomg‘ir tomchilari to‘kilardi. (S.Abd.) Bu misollarda ajratilgan so‘zshakllardagi -la, -qila, -kila ko‘rsatkichi manbalarda harakat tavsifi shakli sifatida beriladi. Biroq (so‘roqla) so‘zshaklida -la so‘z yasovchi, tepkila, tortqila so‘zlarining morfemik tarkibi tep+ki (ot yasalgan)+la, tort+qi (ot yasalgan)+la bo‘lishi ham mumkin; 2) harakatning kuchsiz darajasini ko‘rsatuvchi shakli -(i)nqira, -(i)msira affikslari yordamida hosil qilinadi: (oqar-oqarinqira), (qo‘rq-qo‘rqinqira), (kul- kulimsira) kabi. Nazarimizda, fe’lning harakat tabiatini ko‘rsatuvchi shaklini hosil qiluvchi qo‘shimchalarni harakat tarzi kategoriyasi tarkibida o‘rganish maqsadga muvofiq. Bu shakllar harakatning tarzini ifodalashi hech kimda shubha uyg‘otmaydi. Ular sintetik shakl hosil qiluvchi ko‘rsatkichlar sifatida esa harakat tarzi kategoriyasining sintetik-analitik shakllaridan ajralib turadi. Biroq masalaga tilda geterogen shaklli kategoriyalarning ham mavjudligi asosida yondashilsa, uning yechimiga kelish osonlashadi. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR Fe’lning lug‘aviy ma’noga ko‘ra turlarini ayting. Fe’lning harakat ob’yektiga munosabatini bayon qiling. Fe’l LMGlari unda markaz va qurshov leksemalarini bayon qiling. Fe’l derivatsiyasi haqida gapiring. Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari haqida gapiring. Nisbat kategoriyasi haqida gapiring. Bo‘lishli-bo‘lishsizlik haqida gapiring. Harakat tarzi kategoriyasi haqida gapiring. O‘zgalovchi kategoriyasi haqida gapiring. Harakat tabiatini ko‘rsatuvchi shakllari haqida gapiring. Aloqa-munosabat kategoriyalarining voqelanishini bayon qiling. Кesimlik kategoriyasining fe’ldagi xususiyatlari qanday? Кelishik kategoriyasining fe’ldagi xususiyatlari qanday? Egalik kategoriyasining fe’ldagi xususiyatlari qanday? Download 32.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling