Fe’llardagi zamon va shaxs-son kategoriyalari reja


Download 39.89 Kb.
bet3/4
Sana19.04.2023
Hajmi39.89 Kb.
#1367551
1   2   3   4
Bog'liq
FE’LLARDAGI ZAMON VA SHAXS-SON KATEGORIYALARI

Yaqin o`tgan zamon fe’li ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytdan bir oz oldin, ammo so`zlovchining ko`z oldida (yoki uning faol ishtiroki bilan) bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi. Masalan: Go`zal vodiydagi Gullar bog`i ko`klam libosi bilan bezandi (SH.R.).
Yaqin o`tgan zamon fe’li sof fe’l negiziga –di qo`shimchasini qo`shish va tuslash bilan (I guruh tuslovchi) shakllanadi:

Shaxs

Son

Birlik

Ko`plik

Misol

Zamon ko`rsat-kichi

Shaxs-son qo`shim-chasi

Misol

Zamon ko`rsat-kichi

Shaxs-son qo`shim-chasi

I

o`qidim

-di

-m

o`qidik

-di

-k

II

o`qiding

-di

-ng

o`qidingiz

-di

-ngiz

III

o`qidi

-di

-

o`qidilar

-di

(-lar)



Uzoq o`tgan zamon fe’li nutq so`zlanib turgan paytdan ancha oldin bajarilgan yoki bajarilmagan, ammo bu haqda nutq so`zlanib turgan paytda xabar qilingan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: SHoyi, atlas, chit, las ko`ylak; nimcha, durra, peshonabog`, xullas bor boricha yo`q holicha yasalgan (N. Safarov).
Uzoq o`tgan zamon fe’li negiziga –gan sifatdosh qo`shimchasini qo`shish va tuslash bilan (II guruh «B» ko`rinishdagi tuslovchilar bilan) shakllanadi:



Shaxs

Son

Birlik

Ko`plik

Misol

Zamon ko`rsat-kichi

Shaxs-son qo`shim-chasi

Misol

Zamon ko`rsat-kichi

Shaxs-son qo`shim-chasi

I

o`qiganman

-gan

-man

o`qiganmiz

-gan

-miz

II

o`qigansan

-gan

-san

o`qigansiz

-gan

-siz

III

o`qigan

-gan

-

o`qiganlar

-gan

(-lar)

Uzoq o`tgan zamon fe’li nutqda aniq eslash (yoki eslatish), kutilmaganda eslash, eshitilganlik kabi qo`shimcha modal ma’nolarga ham ega bo`ladi. Uzoq o`tgan zamonning bo`lib o`tgan ish-harakatni aniq eslash ma’nosi –gan sifatdoshiga edi (qisqa shaklida) to`liqsiz fe’lini biriktirib tuslash orqali: o`qigan edim, o`qigan eding, o`qigan edi; o`qigan edik, o`qigan edingiz, o`qigan edilar kabi; kutilmaganda eslash ma’nosi –gan sifatdoshiga ekan (qisqa shakli –kan) to`liqsiz fe’lini biriktirib tuslash bilan: o`qigan ekanman, o`qigan ekansan, o`qigan ekan; o`qigan ekanmiz, o`qigan ekansiz, o`qigan ekanlar kabi; bo`lib o`tgan ish-harakatning so`zlovchining boshqa shaxsdan eshitganligi –gan sifatdoshiga emish (qisqa shakli –mish) to`liqsiz fe’lini biriktirib tuslash orqali: o`qigan emishman, o`qigan emishsan, o`qigan emish; o`qigan emishmiz, o`qigan emishsiz, o`qigan emishlar kabi shakllanadi. Masalan: Nasibaning yuzidagi bo`g`riqish yo`qolib, uning o`rnida nafislik paydo bo`lgan edi (X.No`’mon). Mirza Bahrom unday ma’no chiqishini sira ko`zda tutmagan ekan, o`sal bo`ldi (A.Qahhor).


O`tgan zamon hikoya fe’li kutilmaganda, qisqa vaqt ichida nutq so`zlanib turgan paytdan ilgari bajarilgan (yoki bajarilmagan) ish-harakatni hikoya qilish, tasvirlash yo`li bilan ifodalaydi. Masalan: Halol rizq istab, mehnat qilib, charchab uxlagan kishi shu kechani ma’rifat qilingan holda o`tkazibdi (Hadisdan).
O`tgan zamon hikoya fe’li fe’l negiziga –b (-ib) o`tgan zamon ravishdosh qo`shimchasini qo`shish va tuslash bilan (II guruh «A» ko`rinishdagi tuslovchilar bilan) shakllanadi:

Shaxs

Son

Birlik

Ko`plik

Misol

Zamon ko`rsat-kichi

Shaxs-son qo`shim-chasi

Misol

Zamon ko`rsat-kichi

Shaxs-son qo`shimchasi

I

o`qibman

-b

-man

o`qibmiz

-b

-miz

II

o`qibsan

-b

-san

o`qibsiz

-b

-siz

III

o`qibdi

-b

-di

o`qibdilar

-b

-di(-lar)

O`tgan zamon hikoya fe’lining eslay (eslatish) ma’no ko`rinishi ham bor. Bu shakl o`tgan zamon –b (-ib) ravishdoshiga edi to`liqsiz fe’lini biriktirib tuslash orqali hosil bo`ladi: o`qib edim, o`qib eding, o`qib edi; o`qib edik, o`qib edingiz, o`qib edilar kabi. Masalan: Urush tugasa, biznikiga mehmongan borasiz, o`shanda ayamning qanaqaligini ko`rasiz deb edi (S.Zunnunova).
O`tgan zamon davom fe’li nutq so`zlanib turgan paytdan ilgari ma’lum bir muddat davomli bo`lgan yoki takrorlanib turgan ish-harakatni eslash ma’no ottenkasi bilan ifodalaydi. Masalan: 1. Bu yerda Boburning doim o`z kuchi bilan birga olib yuradigan kitoblari saqlanar edi (P.Qodirov). 2. Daryolardan kuylab o`tardim, Ertaklarga quloq tutardim, Hammasini tinglardim, ammo O`xshashini topmasdim aslo (H.O.). Bu misollarning birinchisida saqlanar edi fe’li o`tmishda ma’lum bir muddat davomli bo`lgach ish-harakatni ifodalasa, ikkinchisida kuylab o`tardim, quloq tutardim, tinglardim vaqti-vaqti bilan takrorlanib ish-harakatni anglatadi. O`tgan zamon davom fe’li –r(-ar), -yotgan sifatdosh fe’l negiziga hamda -moqda qo`shimchasini olgan sof fe’l negiziga edi to`liqsiz fe’lini biriktirib tuslash (I guruh tuslovchilari bilan) orqali hosil qilinadi:



Shaxs

Son

Birlik

Ko`plik

Misol

Zamon ko`rsat-kichi

Shaxs-son qo`sh.

Misol

Zamon ko`rsat-kichi

Shaxs-son qo`sh.

I

o`qir edim, o`qiyotgan edim, o`qimoqda edim

-r+edi,
-yotgan+edi, -moqda+edi

-m


o`qir edik, o`qiyotgan edik, o`qimoqda edik

-r+edi,
-yotgan+edi, -moqda+edi

-k

II

o`qir eding, o`qiyotgan eding, o`qimoqda eding

-r+edi,
-yotgan+edi, -moqda+edi

-ng


o`qir edingiz, o`qiyotgan edingiz, o`qimoqda edingiz

-r+edi, -yotgan+edi, -moqda+edi

-ngiz

III

o`qir edi, o`qiyotgan edi, o`qimoqda edi

-r+edi, -yotgan+edi, -moqda+edi

-

o`qir edilar, o`qiyotgan edilar, o`qimoqda edilar

-r+edi, -yotgan+edi, -moqda+edi

(-lar)




Download 39.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling