Fe’llardagi zamon va shaxs-son kategoriyalari reja
Download 39.89 Kb.
|
FE’LLARDAGI ZAMON VA SHAXS-SON KATEGORIYALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Hozirgi zamon
- Hozirgi-kelasi zamon
- Hozirgi zamon davom
- 3. Kelasi zamon
- Kelasi zamon gumon
- Kelasi zamon maqsad
- Asosiy darsliklar va o ‘ quv qo ‘ llanmalari
- Qo`shimcha adabiyotlar
O`tgan zamon maqsad fe’li nutq so`zlangan paytdan ilgari bajarilishi maqsad qilingan, ammo voqe bo`lmagan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: U bugun Malika bilan xoli gaplashib, ko`nglidagi hamma sir-asrorini to`kib solmoqchi edi (E.Usmonov). Ertasiga qishloqqa chiqadigan edi.
O`tgan zamon maqsad fe’li -moqchi, -digan qo`shimchalarini olgan fe’l negiziga edi to`liqsiz fe’lini biriktirib (I guruh tuslovchilar bilan) tuslash bilan shakllanadi:
2. Hozirgi zamon Bu zamondagi fe’llar ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytda bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi. Hozirgi zamon fe’li qo`shimcha modal ma’nolariga ko`ra 2 turga bo`linadi: 1) hozirgi-kelasi zamon fe’li, 2) hozirgi zamon davom fe’li. Hozirgi-kelasi zamon fe’li nutq so`zlanib turgan paytda va undan keyin ro`y beradigan harakatni yoki doimiy harakatni ifodalaydi. Masalan: Bobur bu chigal tugunlarni o`zi echilmasligini sezadi (P.Qodirov). YOshlikda zahmat chekib, ilm o`rgansang, kasb-hunar egallasang, qariganda rohat topasan (Koshifiy). Hozirgi-kelasi zamon fe’li sof fe’l negiziga –a, -y ravishdosh qo`shimchasini qo`shish va tuslash bilan hosil qilinadi:
Hozirgi zamon davom fe’li ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytda aniq davom etayotganini bildiradi: Mustaqillikka erishganimizdan so`ng xalqimizning o`z yurti, dili, tarixini bilishga qiziqish ortib bormoqda (I.Karimov).
SHuningdek, murakkab fe’l tarkibida qo`llangan yot, yur, tur, o`tir ko`makchi fe’llarni tuslash bilan ham hozirgi zamon davom fe’li hosil qilinadi: o`qib yotibman, o`qib yuribman, o`qib turibman, o`qib o`tiribman kabi. 3. Kelasi zamon Bu zamondagi fe’llar ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytdan so`ng bajarilish yoki bajarilmasligini ifodalaydi. Kelasi zamon fe’li qo`shimcha modal ma’nolariga ko`ra ikki turga bo`linadi: 1) kelasi zamon gumon fe’li; 2) kelasi zamon maqsad fe’li. Kelasi zamon gumon fe’li ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytdan so`ng bajarilish-bajarilmasligi mo`ljallanishini, taxmin qilinishini ifodalaydi. Masalan: Bugun havo ochiq bo`lar (A.Q.) Kelasi zamon gumon fe’li ba’zan hozirgi-kelasi zamon ma’nosida kelib, aniqlik, qat’iylik ma’nolarini ham ifodalaydi: Qadrlasang, qadring oshar, qadrsizdan hamma qochar (Maqol). Kelasi zamon gumon fe’li sof fe’l negiziga –r(-ar) sifatdosh qo`shimchasini qo`shish va tuslash bilan shakllanadi:
Kelasi zamon maqsad fe’li nutq so`zlanib turgan paytdan so`ng bajarilishi maqsad qilib olingan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: Men kuzdan boshlab o`qishni davom ettirmoqchiman, so`ngra qishloq xo`jalik institutiga kirmoqchiman (SH.R.). Oho qora ko`z deganda, u devordan oshadigan (O.). Kelasi zamon maqsad fe’li sof fe’l negiziga -moqchi hamda fe’lning ravishdosh (-a, -y bilan shakllangan) shakliga –digan qo`shimchasini qo`shish bilan hosil qilinadi:
Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari 1.M.Hamrayev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova, Sh. Yo‘ldosheva. Ona tili (darslik) Iqtisodiyot-Moliya, Toshkent, 2007-yil. 2.R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev. Ona tilidan mashqlar to’plami. (o‘quv qo‘llanma). TDPU, Toshkent, 2009-yil. Qo`shimcha adabiyotlar 1. Англо-русский словарь. Составитель В.К.Мюллер. Москва, 1971, стр. 682. 2. Jamolxonov H.A. Hozirgi o`zbek adabiy tili. - T.: “Talqin” nashriyoti. 2005, 25-bet. 3. George Yule. The Study of Language. CAMBRIDJE UNIVERSITY PRESS. 2010, 42-bet. Download 39.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling