Fe’lning grammatik kategoriyalari haqida. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida fe’lga xos grammatik kategoriyalar qo‘yidagilar: nisbat kategoriyasi; bo‘lishli va bo‘lishsizlik kategoriyasi; mayl kategoriyasi; zamon kategoriyasi; shaxs-son


Download 153.5 Kb.
bet7/9
Sana07.04.2023
Hajmi153.5 Kb.
#1339291
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fe

Fe’l mayllari sinonimiyasi. Fe’l mayllarini hosil qiluvchi affikslar nutq talabiga ko‘ra o‘zaro sinonim sifatida ham ishlatiladi:

  1. Xabar maylidagi fe’l buyruq-istak mayli manosini ifodalashda ishlatiladi: Qani, yigitlar, ketdik! Kechagi qiliqlaring uchun bugun hech yoqqa chiqmaysan, tushundingmi!

  2. Xabar maylidagi fe’l shart mayli vazifasida qo‘llanadi: Va’da berdingmi-bajarBoshga bir ish tushdimi, yagona yo‘l- uni jasorat bilan yengishdir.

  3. Buyruq-istak maylidagi fe’l xabar mayli vazifasida ishlatiladi: Bolani o‘qitish o‘rniga xizmatingizni qildiring, yana urdiring! Sizda insof bormi? (xizmatingizni qildiribsiz, urdiribsiz) Buyruq–istak maylidagi fe’l shart mayli vazifasida qo‘llanadi: Kimlardir mehnat qilsin-u, rohatini siz ko‘rasizmi?! Avval qo‘ng‘iroq chalsin, keyin hammamiz birga tashqariga chiqamiz.

5.Shart maylidagi fe’l xabar mayli ma’nosini ifodalashga xizmat qiladi: Kenjaboyning o‘g‘li yugurib kelsa-yu, to‘ni bilan sumkasini qo‘limga tutqazsa bo‘ladimi? (O.) (qo‘limga tutqazdi).

  1. Shart maylidagi fe’l buyruq-istak mayli vazifasida qo‘llanadi: Sabr qilsang, g‘o‘radan halvo pishar (sabr qil, g‘o‘radan halvo pishadi).

6-§.Fe’llarning tuslanishi. Fe’l mayllari, odatda, grammatik shaxs, zamon ma’nolari bilan bog‘liq holda ifodalanadi. Shuning uchun ham ularni yuzaga keltiruvchi grammatik shakllar shaxsson affikslari deb yuritiladi. Fe’llarning shaxs-son affikslari bilan o‘zgarish esa, tuslanish deyiladi. Demak, shaxs-son affikslarining jami tuslovchilardir. O‘zbek tilida tuslovchilar quyidagicha uch guruhga birlashadi.
1.To‘liqsiz tuslovchilar:


B i r l i k

K o‘ p l i k

I shaxs
II shaxs
III shaxs

o‘qidi+m o‘qidi+ng o‘qidi+0

o‘qidi+k
o‘qidi+ngiz o‘qidi+(lar)

2.To‘liq tuslovchilar:


B i r l i k

K o‘ p l i k

I shaxs
II shaxs
III shaxs

o‘qib+man
o‘qib+san o‘qib+di

o‘qib+miz o‘qib+siz o‘qib+di (lar)

3.Buyruq-istak mayli bilan tuslanish:


Birlik

Ko‘plik

I shaxs
II shaxs
III shaxs

o‘qi+y// -yin o‘qi // o‘qi+gin o‘qi+sin

o‘qi+ylik o‘qi+ngiz o‘qi+sin(lar)

Bu tuslovchilardan birinchi guruhi (to‘liqsiz tuslovchilar) mayl va zamon bilan aloqador bo‘lsa, -di va -sa affiksli sof fe’llarga qo‘shiladi. Ikkinchi guruhli (to‘liq shakl) esa, ravishdosh, sifatdosh va kesim vazifasidagi boshqa so‘zlarga qo‘shiladi. Uchinchi guruh tuslovchilar faqat buyruq – istak mayli uchun xosdir.

Download 153.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling