Fe’lning grammatik kategoriyalari haqida. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida fe’lga xos grammatik kategoriyalar qo‘yidagilar: nisbat kategoriyasi; bo‘lishli va bo‘lishsizlik kategoriyasi; mayl kategoriyasi; zamon kategoriyasi; shaxs-son


Download 153.5 Kb.
bet6/9
Sana07.04.2023
Hajmi153.5 Kb.
#1339291
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fe

Shart mayli biror ish-harakatning yuzaga chiqishi uchun undan oldin bajarilishi shart bo‘lgan harakatni ifodalaydi. Shart mayli -sa affiksi va shaxs-son qo‘shimchalarining qo‘shilib tuslanishidan hosil bo‘ladi.



B i r l i k

K o‘ p l i k


1- shaxs
2- shaxs
3- shaxs

Bor+sa+m bor+sa+ng bor+sa+0

bor+sa+k bor+sa+ngiz bor+sa+(lar)

Fe’lning bu shakli quyidagi ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi: 1. Shart mayli shaklidagi fe’l boshqa biror harakatning bajarilishi uchun shart bo‘lgan harakatni bildiradi: Mana bu kanal bitsa, yangi yer ochilsa, paxta ham ko‘payadi (A.R). 2. Shart maylidagi fe’l payt ma’nosini bildiradi va payt ergash gapning kesimi vazifasini bajaradi: Ertalab derazadan qarasam, hammayoq oppoq qor ekan. 3. Istak ma’nosini bildiradi. Bunday holda edi to‘liqsiz fe’li ishtirok etib bu ma’noni kuchaytiradi: Qani edi bir parcha soya-salqin joy topilsa…(H.G‘). 4. Agar edi to‘liqsiz fe’li bilan qo‘llangan
shart maylidagi fe’l bo‘lishsiz shaklda qo‘llansa, gumon manosi hosil bo‘ladi: Biror qaltis gap aytib, sharmanda qilmasa edi.

  1. Maqsad mayli-moqchi affiksi yordamida yasaladi va harakatning bajarish maqsadini, niyatini, mo‘ljalini bildiradi:





1-
shax
s
2 –
shax
s
3 –
shax
s

bor+moqchi+man bor+moqchi+san bor+moqchi

bor+moqchi+miz, bor+moqchi+siz bor+moqchi+(lar)

Fe’lning bu shakli faqat maqsad, mo‘ljal ma’nosini bildiradi. -moqchi affiksli fe’l edi to‘liqsiz fe’li bilan qo‘llanganda, o‘tgan zamon ifodalanishi mumkin. Lekin bunda harakat o‘tgan zamonga (o‘tgan zamonda bajarilishi) emas, balki maqsad o‘tgan zamonga oid bo‘ladi: bormoqchi edim, bormrqchi eding, yubormoqchi edi.
-moqchi affiksi bilan yasalgan shakl bo‘l fe’lining o‘tgan va hozirgi zamon shakllari bilan qo‘llanganda ham harakatning emas, balki maqsadning hozirgi zamon yoki o‘tgan zamonga oidligi ifoda-lanadi: bormoqchi bo‘layapman, bormoqchi bo‘laman, bormoqchi bo‘ldim.

Download 153.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling