Fe’lning grammatik kategoriyalari
Download 109 Kb.
|
Fe’lning grammatik kategoriyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- B i r l i k
Shart mayli biror ish-harakatning yuzaga chiqishi uchun undan oldin bajarilishi shart bo‘lgan harakatni ifodalaydi. Shart mayli -sa affiksi va shaxs-son qo‘shimchalarining qo‘shilib tuslanishidan hosil bo‘ladi.
Fe’lning bu shakli quyidagi ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi: 1. Shart mayli shaklidagi fe’l boshqa biror harakatning bajarilishi uchun shart bo‘lgan harakatni bildiradi: Mana bu kanal bitsa, yangi yer ochilsa, paxta ham ko‘payadi (A.R). 2. Shart maylidagi fe’l payt ma’nosini bildiradi va payt ergash gapning kesimi vazifasini bajaradi: Ertalab derazadan qarasam, hammayoq oppoq qor ekan. 3. Istak ma’nosini bildiradi. Bunday holda edi to‘liqsiz fe’li ishtirok etib bu ma’noni kuchaytiradi: Qani edi bir parcha soya-salqin joy topilsa…(H.G‘). 4. Agar edi to‘liqsiz fe’li bilan qo‘llangan shart maylidagi fe’l bo‘lishsiz shaklda qo‘llansa, gumon manosi hosil bo‘ladi: Biror qaltis gap aytib, sharmanda qilmasa edi. Maqsad mayli -moqchi affiksi yordamida yasaladi va harakatning bajarish maqsadini, niyatini, mo‘ljalini bildiradi:
Fe’lning bu shakli faqat maqsad, mo‘ljal ma’nosini bildiradi. -moqchi affiksli fe’l edi to‘liqsiz fe’li bilan qo‘llanganda, o‘tgan zamon ifodalanishi mumkin. Lekin bunda harakat o‘tgan zamonga (o‘tgan zamonda bajarilishi) emas, balki maqsad o‘tgan zamonga oid bo‘ladi: bormoqchi edim, bormrqchi eding, yubormoqchi edi. -moqchi affiksi bilan yasalgan shakl bo‘l fe’lining o‘tgan va hozirgi zamon shakllari bilan qo‘llanganda ham harakatning emas, balki maqsadning hozirgi zamon yoki o‘tgan zamonga oidligi ifoda-lanadi: bormoqchi bo‘layapman, bormoqchi bo‘laman, bormoqchi bo‘ldim. Download 109 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling