Fe’lning mayl kategoriyasi
Download 106,02 Kb.
|
Zilola (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mayl kategoriyasi
Mayl kategoriyasi. Mayl kategoriyasi (qisq. MK) «kesimdan anglashilgan voqelikning borliqqa munosabatini ifodalash va gap kesimini shakllantirishda ishtirok etish» UGMsiga ega. MK UGMsida mayl kategorial ma’nosiga har doim zamon kategoriyasi ma’nosi yondosh. MK ifodalayotgan munosabat rang-barang bo'lishi mumkin. Shuning uchun uning quyidagi turi ajratiladi: a) xabar mayli b) shart mayli d) buyruq-istak mayli e) maqsad mayli
Xabar mayli harakat-holat yoki hodisani uning bajarilish vaqti bilan ifodalaydi. U nda bajarilish haqida xabar mavjud. Shuning uchun bu mayldagi fe’I, albatta, biror zamon shaklida bo'ladi: keldi, kelyapti, keladi. Xabar mayli biror ko'rsatkichga ega emas. U fe’lning zamon ko'rsatkichi orqali yuzaga chiqadi. Xabar mayli va zamon ma’nosi yig‘iq ifodalanishga ega.
Shart mayli -sa, -sa edi, -ganda edi, -gan ekan shakllari orqali hosil qilinadi: borsam, borsang, borsa, borsangiz, borsalaringiz, borsangizlar, borsalar; borganda edi va h. Misollar: 1. Mana bu kanal bitsa, yangi yer ochilsa, paxta ham ko'payadi. (A.Qah.) 2. Ertoyev bir nimani sezmasa, bunchalik talvasaga tushmas edi. (O.Y oqub.) 3. Bizning bunday ulug' kunga erishganimizni otamiz ham ko'rganda, qanday quvonar edi. (Iboxon.) 4. Men 208 ham doim qishloqda turganimda, mashinani o'rganib olardim.
Download 106,02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling