Fe’lning vazifadosh shakllari


Download 186 Kb.
bet5/6
Sana30.04.2023
Hajmi186 Kb.
#1414128
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Felning

Harakat tavsifi shakli



[-la]



[-qila]

[-kila]

Ravishdosh yasovchi affikslar quyidagi ma’no va grammatik vazifalarga egaligi bilan xarakterlanadi:


-(i)b affiksi: so‘rab, eslab, quvonib. Bu shakl bajaradigan vazifasining xilma-xilligi bilan boshqa ravishdosh shakllaridan alohida ajralib turadi. Uning asosiy vazifalari quyidagilar: 1) yetakchi fe’l bilan ko‘makchi fe’lni bog‘lashga xizmat qiladi: so‘rab ko‘r, tashlab yubor, ishlab tur kabi; 2) harakat belgisini bildirib, hol vazifasida keladi:Shu payt chorbog‘dan echki yetaklab Dildor kirib keldi. (S.Ahm.) Harakat belgisini bildirgan ravishdosh, xuddi ravish kabi, -roq, -gina affikslari bilan ham qo‘llanadi: Qudrat tortinibgina so‘radi. 3) ravishdoshning bu turi shaxs-son affiksi bilan tuslanib, o‘tgan zamon hikoya fe’lini hosil qiladi: kelibman, kelibsan kabi.
B
Ish affiksi bilan yasaluvchi forma
u ravishdoshning bo‘lishsiz shakli –ma (o‘qimabman), -may, -masdan (o‘qimay, o‘qimasdan) shaklida, She’riyatda -mayin (tinmayin) shaklida qo‘llanishi ham uchraydi.

Harakatning nomini
bildiradi


odatda ot ma’nosida qo’llanadi



Ish-mashg’ulot
nomini bildiradi

-a (-y) affiksi undosh bilan tugagan fe’llarga -a, unli bilan bitgan fe’llarga -y affiksining qo‘shilnshidan hosil bo‘ladi. Bu turdagi ravishdosh quyidagi ma’no va vazifalarda qo‘llanadi: 1) harakatning belgisini bildiradi, bu vazifada u yakka so‘z holida (kula, ushlay kabi) kam qo‘llanadi. Yakka so‘z tarkibida qo‘llanganda, harakatni tezlik bilan bajarganligini ifodalaydi: Jo‘xori tuyayotgan xotin kelisopni kelining ustiga qo‘ya chopdi. (A.Q.) 2) ravishdoshning -a, -y affiksi bilan yasaluvchi turi harakatning belgisini bildirish vazifasida, asosan, takror yoki juft so‘z holida qo‘llanadi. Bu shaklda qo‘llangan -a, -y affiksi yordamida yasaluvchi ravishdosh gapda vaziyat holi vazifasida keladi: Muyassar shosha-pisha unga kechagi o‘ylarini gapira boshlagan edi. (O. Yo.) 3) yetakchi fe’l bilan ko‘makchi fe’lni bog‘lash uchun xizmat qiladi: yoza olmoq, o‘qiy boshlamoq; 4) shaxs-son bilan tuslanib, hozirgi-kelasi zamon fe’li yasash uchun xizmat qiladi. Uning bo‘lishsiz shakli –ma affiksi orqali yasaladi: kelaman, kelmayman, kelasan, kelmaysan, keladi; ishlayman, ishlaysan, ishlaydi kabi.



Download 186 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling