Fenollar, ularning hosilalari va glikozidlarini saqlovchi Dorivor o’simliklar va mahsulotlar


Download 266.98 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi266.98 Kb.
#1363429
Bog'liq
farmakaknoziya slayd

Fenollar, ularning hosilalari va glikozidlarini saqlovchi Dorivor o’simliklar va mahsulotlar

O’simliklar dunyosida fenollar va ularning hosilalari hamda glikozidlari keng tarqalgan. Fenollar va ular hosilalarining o’simliklar to’qimasidagi biosintezi, o’simliklar uchun ahamiyati, tibbiyotda ishlatilishi hamda tahlil qilish usullari shu birikmalarning kimyoviy tuzilishiga bog’liq bo’lganligi uchun ular turlichadur.

Tarkibida fenollar, ularning hosilalari va glikozidlari bo’lgan hamda tibbiyotda ishlatiladigan dorivor o’simliklar va mahsulotlar quydagi sinflarga bo’linadi:

1.Oddiy fenollar va ularning glikozidlarini saqlovchi.

2.Lignanlar saqlovchi.

3.Antratsen hosilalari va ularning glikozidlarini saqlovchi.

4.Flavonoidlar saqlovchi.

5.Kumarin va furanoxromonlar saqlovchi.

6.Tanidlar (oshlovchi moddalar) saqlovchi dorivor o’simliklar.

Oddiy fenonllar o’simliklar tarkibida kam uchraydi. Lekin ularning hosilalari va glikozidlari bir qancha oilarlar vakillaridan ancha keng tarqalgan. Oddiy fenonllardan tibbiyotda ahamiyatligi floroglutsinning hosilasi bo’lgan floroglutsidlar erkak paparotnik tarkibida bo’lib, lentasimon gijjalarga qarshi tasir ko’rsatadi va shu maqsadda tibbiyotda qo’llaniladi.

Fenol glikozidlarning aglikonlari oddiy fenonllar (gidroxinon va boshqalar) yoki ularning hosilalari (salitsilat va gallat kislotalar, tirozol va boshqalar) bo’lib, bu glikozidlarni o’z tarkibida saqlovchi dorivor o’simliklar siydik haydovchi va antiseptik (tolokniyanka, brusnika )hamda organizimni tonusini ko’taruvchi (radiola) vositasifatida tibbiyotda ishlatiladi.

Toloknyanka bargi va novdasi-folia et Cormus Uvae ursi

O’simlikni nomi. Oddiy (dorivor) toloknyanka –arctostaphylos uva ursi (L) Spreng; erikatsiyadoshlar –ericaceay oilasiga kiradi

Toloknyanka bo‘yi 25-30 smga yetadigan, doim yashil buta. Bargi oddiy, qalin, qisqa bandi bilan poyada ketma-ket o’rnashgan. Gullari egilgan shingilga to’plangan. Gul kosachasi besh tishli, meva bilan qoladi. Gul tojisi oq, yuqori qismi pushti, ko’zachasimon, besh tishli, otaligi 10 ta, onalik tuguni besh honali, yuqoriga joylashgan. Mevasi-qizil, beshta urug’lik, yeb bo’lmaydigan ho’l meva.

May-iyul oylarida gullaydi, mevasi iyul-sentabrda bishadi.


Download 266.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling