Fermentlar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish Raja Fermentlar ishlab chiqarish


Download 250.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana19.11.2023
Hajmi250.36 Kb.
#1786422
1   2   3   4
Bog'liq
256373-Fermentlar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish.

Tashakkurnoma
Magistrlik dissertatsiya ishining ,,Tajriba qismi’’ni amalga oshirishda 
yaqindan yordam bergan O’zR FA tasarrufidagi S. Yu. Yunusov nomidagi
O’simlik moddalari kimyosi instituti (O’MKI) direktori kimyo fanlari doktori SH. 
SH. Sagdullayev, Alkaloidlar laboratoriyasi mudiri kimyo fanlari nomzodi 
Mukarramov N, ushbu laboratoriya katta ilmiy xodimi kimyo fanlari doktori 
professor Aripova S. F, kimyo fanlari nomzodi Rasulova X.A va kichik ilmiy 
xodim Oxunov I. larga o’z Shifobaxsh o’simliklar insoniyatga juda qadim 
zamonlardayoq ma’lum bo’lgan. O’tgan asrlarda ba’zi shifobaxsh o’simliklarning 
ta’rifi va ularni qo’llanilishiga doir asarlar etib kelgan. Sharq tabobatining qomusiy 
olimi Abu Ali ibn Sino hisoblanadi. Uning tib ilmiga oid asarlaridan biri bo’lgan 
―Tib qonunlari‖ mana 600 yil mobaynida faqat arablarning emas, balki Yevropa 
shifokorlarining dasturi bo’lib qoldi. Ibn Sino 900 ga yaqin shifobaxsh o’simlikka 
ta’rif bergan va ularni qanday qo’llash usullarini yozib qoldirgan. Ispaniyada 
yashagan arab olimi Ibn Boytar 1400 xil shifobaxsh o’simlikka tarif berib Ibn 
Sinoni tarifini boyitdi. 
Ibn Sinoning tib ilmiga oid ―Tib qonunlari‖ asari besh kitobdan iborat 
bo’lib, ikkinchi kitobda o’sha davr tabobatida keng qo’llanilgan dori-darmonlar 
haqida zaruriy ma’lumotlar bayon qilingan mukammal majmuadir. Unda o’simlik, 
hayvon va ma’danlardan olinadigan 800 dan ortiq dori-darmon ta’rifi, ularning 
davolik xususiyatlari va qo’llanish usullari batafsil bayon qilingan. Ibn Sinoning 


tarjimai holidan ma’lumki, uning bolalik chog’larida unga uyida Abu Abdulloh an- 
Notiliy degan kishi mantiq, geometriya, astronomiya va falsafadan dars bergan. 
Biroq Notiliyning fan tarixidagi xizmatlari yosh Ibn Sinoni tarbiyalash bilan 
cheklanmaydi. U 1 asrda yashagan yunon tabibi Dioskridning ―Dorilik moddalar‖ 
nomli mashhur kitobining arabcha tarjimasini qaytadan tahrir qilib chiqqan va 
oldingi tarjimonlar tomonidan aniqlanmay qolgan dorilik o’simliklar va boshqa 
moddalarning mahalliy nomlarini topib, tarjimadan foydalanishni ancha 
osonlashtirgan. Ibn Sino ―Qonun‖ ning sodda dorilarga bag’ishlangan ikkinchi 
kitobini yozishda Dioskridning asari tarjimasining mana shu Notiliy qilgan 
tahrirdan foydalangan. 
Hozirgi paytda bizning mamlakatimizda 3 mingga yaqin moddalar 
substantsiyasi va preparatlardan foydalaniladi, assortimenti muntazam ravishda


yangilanib borilmoqda, dori-dormonlarning 1/3 qismi shifobaxsh o’simliklardan 
tayyorlanadi. 
So’nggi 
10 
yilliklar 
mobaynida 
shifobaxsh 
o’simliklardan 
keng 
foydalaniladigan bo’ldi. Chunki biz hozirgi kunda dorilar tufayli kelib chiqayotgan 
kasalliklarning va ularning asoratlari guvohi bo’lib turibmiz. Jahon sog’liqni 
saqlash tashkilotining bergan ma’lumotlariga qaraganda, kasalxonaga yotqizilgan 
bemorlarning 2,5–5 foizini dorilar asorat bergan kishilarni tashkil etadi. 
Shifobaxsh o’simliklarning yaxshi tomoni shundaki, ularning zarari deyarli 
bo’lmaydi va nojo’ya ta’sir qilmaganidan ularni uzoq vaqt ishlatish mumkin 
bo’ladi. Ular tarkibida biologik faol moddalar juda ko’p. Bundan tashqari, ular 
tarkibidagi moddalar uzoq vaqtgacha davo ta’sirini ko’rsatib turadi, lekin ular 
og’iz bo’shlig’i, me’da va ichakni zararlamaydi. 
Shifobaxsh o’simliklar qulay va iqtisodiy jihatdan arzonga tushadi. So’nggi 
yillarda shifobaxsh o’simliklarga faqat shifokorlar emas, balki bemorlar ham 
qiziqib qoldilar. Shifobaxsh o’simliklar yoki ulardan tayyorlangan dorilar qanday 
bo’ladi, davo ta’siri qanday, tabiat bag’ridan ularni qanday qilib tanib olish 
mumkin va qo’llanilishi qanday amalga oshiriladi, degan savollar ko’pchilikni 
qiziqtiradi. 
O’simliklar (qisman hayvon) to’qimalarida tayyor holda bo’ladigan asosli 
(ishqorli) xossaga va kuchli fiziologik ta’sirga ega bo’lgan azotli murakkab 
organik birikmalar alkaloidlar deb ataladi. Alkaloid arabcha – ―alkali‖ ishqor va 
yunoncha ―eydos‖ o’xshash (simon) so’zlaridan iborat bo’lib, ishqorsimon birikma 
degan ma’noni bildiradi. Bu alkaloidlarning asosli xususiyatga ega ekanligini 
ko’rsatadi. 1819-yilda Meysner sabadilla o’simligidan asos xossali birikma ajratib 
oldi va uni birinchi bo’lib alkaloid deb atadi. 
Shundan keyin alkaloidlarni o’rganish sohasidagi ilmiy tekshirish ishlari 
ayniqsa, o’simliklardan alkaloidlar olish va ularni o’rganish ishlari qizib ketdi. Bu 
sohada rus olimlarining ishlari diqqatga sazovordir. Birinchi marta 1815-yilda


Xorkov universitetining professori F.I. Gize xin daraxti po’stlog’idan alkaloid 
ajratib oldi va unga sinxonin deb nom berdi. Keyinchalik chuqur tekshirishlar 
natijasida uning xinin ekanligi aniqlandi. 
XIX asr oxirlariga kelib alkaloidlarni olish va ularni o’rganish bo’yicha bir 
qancha asarlar nashr qilindi. Farmakalogiya magistri. A. Shatskiyning ―O’simlik 
alkalodlari haqida‖ nomli monografiyasi shular jumlasidandir. Keyinchalik N. 
Ryabinaning ―Alkaloidlar‖ nomli kitobi chop etildi. Rus olimi A.M. Butlerov 
organik moddalar molekulalarining tuzilish nazariyasini kashf etgandan keyin va 
boshqa olimlarning organik kimyodagi ishlari tufayli 1900–yildan boshlab 
alkaloidlarni chuqur o’rganish, ularni sintez qilish usullari jadal suratlar bilan 
rivojlana boshladi. [36] 
Tarkibida alkaloid bo’lgan o’simliklar qadimdan ishlatib kelinsada, bundan 
taxminan 200 yil muqaddam alkaloidlarni o’rganish va tekshirish sohasida ilmiy 
ishlar boshlandi. 1792-yilda fransuz olimi Furkrua xin daraxti po’stlog’i 
tarkibidagi alkaloidlarni tekshirdi va ularni mumsimon holida ajratib oldi. 1797- 
yilda Bolee, 1804-yilda Derozi hamda fransuz farmatsevti Segen opiy 
alkaloidlaridan nikotin bilan morfin ajratib oldi va uni opiy tuzi deb atadi. Shunday 
bo’lsada, alkaloidlarni tekshirgan birinchi kishi nemis dorishunosi Sartyurner 
hisoblaydi. U 1806-yilda opiydan kristall holda alkaloid ajratib oldi va 1811-yilda 
bu birikmaga morfin deb nom berdi. Bu yangilik juda katta qiziqish uyg’otdi, 
chunki shu paytgacha o’simlikda faqat nordon, yoki neytral xarakterga ega bo’lgan 
moddalar bor deb o’ylashgan, asosli xossaga ega bo’lgan sintetik organik moddalar 
esa keyinroq (1848) ochilgan. 
Yangi alkaloidlarni topishga qaratilgan qizg’in ishlar boshlab yuborildi. Lekin 
o’sha yillari (1820-1840) organik kimyo nazariy va amaliy qurollanmagan edi, 
shuning uchun alkaloidlar bilan tanishish yuzaki bo’lib qoldi. Ularni yanada 
chuqurroq o’rganish, strukturasini tuzish va sintez qilishga urinib ko’rish keyingi


davrda, aniqrog’i o’tgan asr oxirlariga to’g’ri keladi. Hozirgi kunda kimyoning bu 
bo’limi yaxshi va tez rivojlanmoqda. 
Alkaloidlar o’simliklar dunyosida keng tarqalgan. Quyidagi oilaning 
vakillari: 
Papaveraceae 
(ko’knorguldoshlar), 
Leguminaseae 
(dukkaklilar), 
Solanaseae 
(ituzumguldoshlar), 
Ranunculaseae 
(ayiqtovonguldoshlar), 
Berberidaceae (zirkguldoshlar) lolaguldoshlar (liliaceae); chuchmomadoshlar 
(amaryllidaceae); kendirdoshlar (arosupaseae); ayiqtovondoshlar (Ranunsulaceae); 
ko’knordoshlar 
(Raraveraseae); 
dukkakdoshlar 
(Fabaseae); 
ituzumdoshlar 
(Solanaseae) singari oilalari alkaloidlarga boy. Shu davr ichida butun yer yuzida 
ajratib olingan va tasvirlangan 4959 ta alkaloiddan faqat birgina kendirdoshlar 
oilasiga 897 tasi to’g’ri keladi. 
O’simliklarning tarkibida juda oz miqdordan tortib, to 10-15%, ba’zan 25% 
gacha alkaloidlar bo’lishi mumkin. O’simliklarda bir-biriga yaqin ko’pgina 
alkaloid bo’ladi. Alkaloidlar uchun eng xarakterli bo’lgan o’rni o’simlik 
organizmida tayyor holda bo’lishi va ular o’simlikning hayot faoliyati natijasida 
hosil bo’lishi. 
Alkaloidlar qimmatbaho dorivor modda bo’lganligi uchun uni aniqlashga va 
kimyoviy strukturasini o’rganishga qiziqish oshdi. Alkaloidlar strukturasini 
o’rganish bizlarga bir qator izlanishlarni olib borishga va shu bilan birga yangi 
dorivor preparatlarni yaratishga olib keladi. 
Alkaloidlarning strukturasini aniqlash juda qiyin va murakkab vazifa 
hisoblanadi. Bu vazifani hal qilishda organik kimyoning barcha analitik va sintetik 
usullaridan foydalaniladi. 
Ilgari ma’lum oilada faqat ma’lum xil alkaloidlar bo’ladi deb o’ylar edilar, 
hozir esa bir-biridan juda yiroq oilalardan ham bir xil alkaloidlar topilgan. 
Masalan, efidren va berberin alkaloidi turli oilaga mansub besh xil o’simlikda 
borligi 
aniqlangan.


Alkaloidlar o’simliklarning po’stlog’i, kartoshkasi, bargi va urug’ida va 
boshqa a’zolarida uchraydi. O’simlikning bir organida alkaloid bo’lsa, ikkinchi bir 
organida bo’lmaydi yoki juda kam bo’ladi. Bitta o’simlikning o’zida har xil 
alkaloid bo’lishi ham aniqlangan. Alkaloidlar o’simlikning vegetatsiya davriga, 
tuproq sharoitiga qarab miqdor va sifat jihatdan o’zgarib turadi. Ular o’simliklarda 
olma, sirka, limon, oksalat, qahrabo propion, sut, sulfat, fosfat kislotalarining 
tuzlari holida uchraydi. O’z tuzlaridan hosil qilingan erkin alkaloidlar asosli 
xossaga ega bo’lgani uchun alkaloid-asoslar deb yuritiladi. 
Bundan tashqari o’simlik organlaridagi alkaloidlar miqdori turli faktorlarga 
chunonchi, o’simliklarning o’sish fazasiga bog’liq holda o’zgarib boradi. Shuning 
uchun o’simliklardan alkaloidni qachon ajratib olishni aniqlash muhim ahamiyatga 
ega. O’simlikdagi alkaloidlar sifati va miqdori shu o’simlikni bir iqlimdan ikkinchi 
iqlimga ko’chirishga bog’liq. Tarkibida bitta alkaloid bor o’simliklar juda kam, 
chunki ularda bir necha xil alkaloidlar bo’ladi. Masalan, xin daraxti po’stlog’i va 
ko’knoridan olinadigan alkaloidlar soni 15-20 dan ham ortiq. 
Alkaloidlarning o’simliklar hayotidagi tutgan o’rni haqida bir qancha fikrlar 
bo’lib, ular quyidagicha: 
1. Bir guruh olimlar, alkaloidlar o’simliklar hayotida hosil bo’lgan chiqindi 
modda, deb fikr yuritadilar. 
2. Alkaloidlar o’simliklar uchun zaxira ozuqa o’rnida xizmat qiladi, degan 
nazariya ham bor. To’g’ri ma’lum sharoitda o’simliklar alkaloiddan zaxira ozuqa 
sifatida foydalanishi mumkin. Lekin alkaloidlarning o’simliklar uchun ahamiyati 
shu bilangina chegaralanadi, deyish katta xato bo’lar edi. 
3. Alkaloidlar o’simliklarni hashoratlardan va hayvonlardan himoya qiluvchi 
birikma deb ham fikr yuritiladi. Haqiqatan, alkaloid o’simliklari zaxarli bo’ladi, 
shuning uchun ular kam kasallanadi hamda hayvonlar bunday o’simliklarni deyarli 
iste’mol qilmaydi. Lekin alkaloidlarning vazifasi faqat o’simliklarni himoya 
qilishdan 
iborat 
deb 
o’ylash 
to’g’ri 
emas.


Xulosa. 
1. Ushbu magistrlik dissertatsiya ishini bajarish jarayonida atrofimizni o’rab turgan 
o’simliklar dunyosi turli shifobaxsh xususiyatlarga ega ekanligi adabiyotlardagi 
ma’lumotlarlar va qilingan amaliy ishlar asosida o’rganildi. 
2. Haplophyllum turkumiga kiruvchi o’simliklardan ajratib olingan alkaloidlar
adabiyotlardagi ma’lumotlar asosida o’rganildi. 
3. Haplophyllum ferganicum o’simligining alkaloid tarkibini o’rganish natijasida 
o’simlikdagi asoslar yig’indisini bo’lish va alkaloidlarni umumiy sumasi olindi. 
4. Birinchi marta ikki xil o’sish joyidan terilgan Haplophyllum ferganicum 
(toshbaqao’t) o’simliklaridan alkaloidlar summasini olish, olingan summalarning 
kimyoviy tarkibini solishtirib o’rganildi. 
5. Ushbu magistrlik dissertatsiya ishini tayyorlash natijasida olingan alkaloidlarni 
fizik-kimyoviy usullar yordamida taxlil qilib isbotlash ko’nikmasi hosil bo’ldi. 
6. Haplophyllum ferganicum o’simligini alkaloidlar o’rganish hamda undan bir 
nechta fiziologik faol moddalarni ajratib olish ishlandi



Download 250.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling