Fermentlar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish Raja Fermentlar ishlab chiqarish


Download 250.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana19.11.2023
Hajmi250.36 Kb.
#1786422
  1   2   3   4
Bog'liq
256373-Fermentlar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish.



 
Fermentlar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish 
 
 
Raja 
1. 
Fermentlar ishlab chiqarish.
2. 
Ishlab chiqarishning usullari.
3. Tibbiyotda keng qo’llaniladigan dorivor preparatlar. 
4. Xulosa. 
5. Foydalanilgan adabiyotlar. 


O’simliklar dunyosi tabiat boyliklaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki 
shifobaxsh o’simliklarning hosiyatini qadim zamonlardan bilisshgan va ulardan 
turli kasalliklarni davolash uchun foydalanishgan. O’tmishning ulug’ olimlaridan 
Abu Ali Ibn Sino, Abu Bakr al-Roziy, Beruniy bemorlarni dorivor o’simliklar 
bilan davolaganlar. Hozir ham xalqimizda shifobaxsh o’simliklarga qiziqish juda 
katta. Tibbiyotda o’simliklardan juda ko’plab dorivor preparatlar tayyorlash 
maqsadida foydalanishadi. O’zbekistonda yovvoyi holda o’sadigan va 
o’stiriladigan o’simliklarning soni qariyb 4188 turga etadi. Shulardan 577 tasi 
shifobaxsh o’simlik. Keyingi vaqtlarda kimyo fani keng taraqqiy etib ketdi. 
Natijada tez ta’sir etuvchi yangidan yangi dori moddalar sintez qilib olinmoqda. 
Biroq shunga qaramay dorivor o’simliklarga bo’lgan talab hamon kattadir.[1] 
Ishlatiladigan dorivor preparatlarning 45 foizi o’simliklardan ajratib olinadi, 
yoki ulardan tayyorlanadi. Ba’zi qimmatli dorivor preparatlar masalan: yurak 
kasalliklarini davolashda qo’llaniladigan glikozidlar shu vaqtgacha faqat 
o’simliklardan olib kelinadi. 
Tibbiyotda keng qo’llaniladigan dorivor preparatlarning ko’pchiligi 
o’simliklar tarkibida Uchraydigan alkaloidlar, glikozidlar, flovanoidlar, 
kumarinlar, saponinlar, efir moylari va boshqa moddalardan olinadi. 
Shifobaxsh o’simliklardan yana turli dorivor preparatlar va vitaminlarga 
boy konsentratlar tayyorlanadi. Odamlar qadim zamonlardan beri turli 
kasalliklarini davolashga har xil o’simliklardan foydalanib keladilar. Tibbiyotda 
ishlatiladigan dori moddalarning asosiy qismi kimyoviy yo’llar bilan olinadi. [2] 
Quyi molekulali biologik faol birikmalar qatorida alkaloidlar muhim o’rinni 
egallaydi. Boshqa tabiiy birikmalar sinfidan farqli o’laroq, bu guruh birikmalari 
tuzilishi jihatidan turli xil bo’lgan va asosiy azot atomi saqlashi bilan umumiylik 
kasb etadi. Bu esa, ko’p sonli va turli xil alkaloidlar va ularning organik kimyoga


sezilarli ta’siri, shuningdek, ularning amaliy va ilmiy tibbiyotda o’ziga xos 
ahamiyatli o’rin kasb etishidan iboratdir. 
Ma’lumki, hozirda amaliy tibbiyotda ishlatiladigan preparatlarning ayrim 
qismi o’simliklardan olingan tabiiy birikmalar bo’lib, bu preparatlar sintez yo’li 
bilan olingan sintetik preparatlarga qaraganda bir qator afzalliklarga ega. Ular 
inson organizmiga juda mayin ta’sir ko’rsatadi va qo’shimcha zararli 
xususiyatlarga ega bo’lmaydi. Shu jumladan, o’simliklardan ajratib olingan 
alkaloidlar ham kuchli biologik faol birikmalar bo’lib, ularning ko’pchiligi 
o’zlarining qimmatli, shifobaxsh xususiyatlarga egaligi tufayli tibbiyot amaliyotida 
keng qo’llanilib kelinmoqda. 
Dorivor o’simliklardan oqilona foydalanish, ularning tur sonini ko’paytirish, 
xilma-xilligini oshirish va muxofaza qilish chora tadbirlarini ishlab chiqish 
bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Aholinig turmush 
madaniyati, ilm fan nihoyatda rivojlanib borayotgan hozirgi paytda hali ham 
jamiyatimizda dorivor o’simliklarning barcha xususiyatlarini va afzallik 
tomonlarini to’la bilmay turib, boylik orttirish maqsadida ulardan ko’r-ko’rona 
foydalanuvchi kishilar ham uchrab turibdi. Ular faoliyatlari oqibatida hamda 
dorivor giyohlarning xususiyatlarini to’la, aniq bilmaydigan kimsalarning yig’im – 
terim tartib qoidalariga rioya qilmasdan dorivor o’simliklardan foydalanishi 
ularning tur sonini kamayishiga, yo’qolib ketish xavfining kuchayishiga sabab 
bo’lmoqda. 
Shunga ko’ra so’nggi vaqtlarda butun dunyoda o’simlik dorivor 
preparatlariga - fitopreparatlarga va dorivor o’simliklarga ehtiyoj ortmoqda. 
Kelajakda tibbiyotda dorivor o’simliklar va ulardan olinadigan dorivor 
preparatlarni yanada ko’proq ishlab chiqarish dolzarb masalalardan biri ekanligi 
ayon. 
O’simlik tarkibidagi alkaloidlar miqdorini aniqlash, o’simlikning alkaloidlar 
tarkibini o’rganish. Ikki xil Farg’ona vodisi Sadkak va CHimyon adirlari o’sish 


joyidan terilgan Haplophyllum ferganicum (toshbaqao’t) o’simliklaridan 
alkaloidlar summasini olish, olingan summalarning kimyoviy tarkibini solishtirib 
o’rganish, individual holatda alkaloidlarni ajratib olish va tekshirish, davolashda 
qo’llashga doir tavsiyalar berish. 

Download 250.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling