Fermentlar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish Raja Fermentlar ishlab chiqarish
Download 250.36 Kb. Pdf ko'rish
|
256373-Fermentlar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish.
Fermentlar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish Raja 1. Fermentlar ishlab chiqarish. 2. Ishlab chiqarishning usullari. 3. Tibbiyotda keng qo’llaniladigan dorivor preparatlar. 4. Xulosa. 5. Foydalanilgan adabiyotlar. O’simliklar dunyosi tabiat boyliklaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki shifobaxsh o’simliklarning hosiyatini qadim zamonlardan bilisshgan va ulardan turli kasalliklarni davolash uchun foydalanishgan. O’tmishning ulug’ olimlaridan Abu Ali Ibn Sino, Abu Bakr al-Roziy, Beruniy bemorlarni dorivor o’simliklar bilan davolaganlar. Hozir ham xalqimizda shifobaxsh o’simliklarga qiziqish juda katta. Tibbiyotda o’simliklardan juda ko’plab dorivor preparatlar tayyorlash maqsadida foydalanishadi. O’zbekistonda yovvoyi holda o’sadigan va o’stiriladigan o’simliklarning soni qariyb 4188 turga etadi. Shulardan 577 tasi shifobaxsh o’simlik. Keyingi vaqtlarda kimyo fani keng taraqqiy etib ketdi. Natijada tez ta’sir etuvchi yangidan yangi dori moddalar sintez qilib olinmoqda. Biroq shunga qaramay dorivor o’simliklarga bo’lgan talab hamon kattadir.[1] Ishlatiladigan dorivor preparatlarning 45 foizi o’simliklardan ajratib olinadi, yoki ulardan tayyorlanadi. Ba’zi qimmatli dorivor preparatlar masalan: yurak kasalliklarini davolashda qo’llaniladigan glikozidlar shu vaqtgacha faqat o’simliklardan olib kelinadi. Tibbiyotda keng qo’llaniladigan dorivor preparatlarning ko’pchiligi o’simliklar tarkibida Uchraydigan alkaloidlar, glikozidlar, flovanoidlar, kumarinlar, saponinlar, efir moylari va boshqa moddalardan olinadi. Shifobaxsh o’simliklardan yana turli dorivor preparatlar va vitaminlarga boy konsentratlar tayyorlanadi. Odamlar qadim zamonlardan beri turli kasalliklarini davolashga har xil o’simliklardan foydalanib keladilar. Tibbiyotda ishlatiladigan dori moddalarning asosiy qismi kimyoviy yo’llar bilan olinadi. [2] Quyi molekulali biologik faol birikmalar qatorida alkaloidlar muhim o’rinni egallaydi. Boshqa tabiiy birikmalar sinfidan farqli o’laroq, bu guruh birikmalari tuzilishi jihatidan turli xil bo’lgan va asosiy azot atomi saqlashi bilan umumiylik kasb etadi. Bu esa, ko’p sonli va turli xil alkaloidlar va ularning organik kimyoga sezilarli ta’siri, shuningdek, ularning amaliy va ilmiy tibbiyotda o’ziga xos ahamiyatli o’rin kasb etishidan iboratdir. Ma’lumki, hozirda amaliy tibbiyotda ishlatiladigan preparatlarning ayrim qismi o’simliklardan olingan tabiiy birikmalar bo’lib, bu preparatlar sintez yo’li bilan olingan sintetik preparatlarga qaraganda bir qator afzalliklarga ega. Ular inson organizmiga juda mayin ta’sir ko’rsatadi va qo’shimcha zararli xususiyatlarga ega bo’lmaydi. Shu jumladan, o’simliklardan ajratib olingan alkaloidlar ham kuchli biologik faol birikmalar bo’lib, ularning ko’pchiligi o’zlarining qimmatli, shifobaxsh xususiyatlarga egaligi tufayli tibbiyot amaliyotida keng qo’llanilib kelinmoqda. Dorivor o’simliklardan oqilona foydalanish, ularning tur sonini ko’paytirish, xilma-xilligini oshirish va muxofaza qilish chora tadbirlarini ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Aholinig turmush madaniyati, ilm fan nihoyatda rivojlanib borayotgan hozirgi paytda hali ham jamiyatimizda dorivor o’simliklarning barcha xususiyatlarini va afzallik tomonlarini to’la bilmay turib, boylik orttirish maqsadida ulardan ko’r-ko’rona foydalanuvchi kishilar ham uchrab turibdi. Ular faoliyatlari oqibatida hamda dorivor giyohlarning xususiyatlarini to’la, aniq bilmaydigan kimsalarning yig’im – terim tartib qoidalariga rioya qilmasdan dorivor o’simliklardan foydalanishi ularning tur sonini kamayishiga, yo’qolib ketish xavfining kuchayishiga sabab bo’lmoqda. Shunga ko’ra so’nggi vaqtlarda butun dunyoda o’simlik dorivor preparatlariga - fitopreparatlarga va dorivor o’simliklarga ehtiyoj ortmoqda. Kelajakda tibbiyotda dorivor o’simliklar va ulardan olinadigan dorivor preparatlarni yanada ko’proq ishlab chiqarish dolzarb masalalardan biri ekanligi ayon. O’simlik tarkibidagi alkaloidlar miqdorini aniqlash, o’simlikning alkaloidlar tarkibini o’rganish. Ikki xil Farg’ona vodisi Sadkak va CHimyon adirlari o’sish joyidan terilgan Haplophyllum ferganicum (toshbaqao’t) o’simliklaridan alkaloidlar summasini olish, olingan summalarning kimyoviy tarkibini solishtirib o’rganish, individual holatda alkaloidlarni ajratib olish va tekshirish, davolashda qo’llashga doir tavsiyalar berish. Download 250.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling