Fermentlar klassifikatsiyasi.
Keng miqdorda qо‘llaniladigan mikroorganizmlar fermenti - gidrolazalar sinfiga kiruvchilardir (glikozidazalar, peptidazalar va boshqalar).
Bular glikozid, peptid, efir va ayrim boshqa bog‘larga suv ishtirokida ta’sir qiladi. Gidrolazalar kо‘pincha hujayra tashqarisidagi (ekzogen) fermentlardir. hujayradan chiqib, ular kultural muhitda tо‘planadi. Bu fermentlarni olish hujayra ichidagi (endogen) fermentlarni ajratishga nisbatan qulay va arzondir.
Fermentlar klassifikatsiyasi.
Glikozidazalar
Glikozidazalar - glikozid bog‘larini gidroliz qiluvchi fermentlardir. Bular kо‘p vaqtlardan beri о‘rganiladi va ishlatiladi. Bu guruhga kraxmalni gidroliz qiluvchi amilolitik fermentlar, v-amilazalar va glikoamilazalar kiradi. Kо‘p mikroorganizmlar b-amilaza hosil qiladi, v-amilaza sintezi esa kam kuzatiladi.
Fermentlar klassifikatsiyasi.
Amaliy maqsadlarda qо‘llaniladigan b-amilazani ajratuvchi Bacillus licheniformis, Bac.amyloliquefaciens, Aspergillus oryzae va boshqa mikroorganizmlardir. b-amilaza Bac. licheniformis dan olinadigan juda yuqori haroratga chidamli va kraxmalni 1000S atrofidagi haroratda gidroliz qilish qobiliyatiga egadir.
Mikroorganizmlarning ekstremal sharoitda taraqqiy qilish qobiliyatini, ya’ni past va yuqori haroratda, molekulyar kislorod mavjud bо‘lmaganda, ishqorli va kislotali muhitda, tо‘zni yuqori konsentratsiyasida о‘sishi kо‘pincha ularning fermentlari harakteri bilan aniqlanadi.
Glikozidazalar
Makro va mikroorganizmlarda bir xil funksiyali fermentlar, о‘zlarining xossa va xususiyatlari jihatidan har xil bо‘lishi mumkin va mikroorganizmlarda о‘zini faolligini yuzaga chiqarishi uchun alohida sharoitga muhtoj bо‘ladi. Shuning uchun turli xil mikroorganizmlar fermentlarini о‘rganish juda muhim vazifadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |