Lipazalar triatsilglitserollarni parchalab yog‘ kislotalari va glitserin hosil qiladi. Sanoat asosida kо‘p miqdorda ishlab chiqarilayotgan va keng miqyosda xalq xо‘jaligida qо‘llanilayotgan fermentlardan tashqari, kam miqdorda olinadigan va kam sohada qо‘llaniladigan bir qancha fermentlar ham bor, lekin bularning ayrimlari о‘ta darajada muhimdir. Bular qatoriga restriktazalar (endonukleazalar), nuklein kislotalarni parchalovchi fermentlar va ligazalar - ularni sintezida ishtirok qiladigan fermentlar kiradi. Bu fermentlar gen muxandisligi ilmiy ishlarini olib borishda zarurdir. Bularni ham har xil mikroorganizmlar ishlab chiqaradi.

Fermentli preparatlar ishlab chiqarish.
Fermentli preparatlar qishloq xо‘jalik hayvonlari ozuqasining hazm bо‘lishini yaxshilashda shuningdek, veterinariyada profilaktika maqsadida va oshqozon va parazitar kasalliklarni davolashda keng qо‘llaniladi. Qishloq xо‘jalik hayvonlari ozuqasining asosiy komponenti, kо‘pgina qiyin parchalanuvchi moddalardan iborat о‘simlik mahsulotlaridir.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |