Fermentlar va ularni ishlab chiqarish biotexnologiyasi


Download 0.79 Mb.
bet2/5
Sana15.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1199217
1   2   3   4   5
Bog'liq
fermentlar va ularni ishlab chiqarish

Fermentlar (enzimlar)

  • Ayrim bakteriyalarning xarakterli xususiyatlaridan yana biri ularning anorganik substratlarni: ammiakni, nitritlarni, sulfid va oltingugurtni boshqa birikmalarini, va shunga о‘xshash ikki valentli temirni oksidlash qobiliyatidir. Bunday jarayonlarni amalga oshishi mikroorganizmlarda alohida fermentlarning mavjudligi bilan bog‘liqdir. Bir qancha bakteriyalar va suv о‘tlari molekula holidagi vodorod hosil qilishi hamda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini olib boruvchi degidrogenaza fermentlari saqlashi aniqlangan.

Fermentlar (enzimlar)

  • Kо‘pchilik bakteriyalar ularga metan, metanol, metillangan aminlarni, uglerod oksidini va boshqa bir xil uglerodli birikmalardan substrat sifatida foydalanib, о‘sish va rivojlanishga yordam beradigan fermentlarni sintezlash qobiliyatiga ega. Atrof muhitni, uni ifloslantiruvchi bir qancha moddalardan tozalash mikroorganizmlar ishlab chiqaradigan fermentlar hisobiga amalga oshiriladi, ular plastmassa, pestitsidlarni va boshqa zaharli murakkab birikmalarni oddiy tarkibiy qismga parchalab yuboradilar.

Fermentlar klassifikatsiyasi.

Fermentlar klassifikatsiyasi qabul qilingan klassifikatsiya tizimiga binoan hamma fermentlar olti sinfga bо‘linadi:

  • Oksidoreduktazalar;
  • Transferazalar;
  • Gidrolazalar;
  • Liazalar;
  • Izomerazalar;
  • Ligazalar (sintetazalar).

Fermentlar klassifikatsiyasi.

  • Keng miqdorda qо‘llaniladigan mikroorganizmlar fermenti - gidrolazalar sinfiga kiruvchilardir (glikozidazalar, peptidazalar va boshqalar).
  • Bular glikozid, peptid, efir va ayrim boshqa bog‘larga suv ishtirokida ta’sir qiladi. Gidrolazalar kо‘pincha hujayra tashqarisidagi (ekzogen) fermentlardir. hujayradan chiqib, ular kultural muhitda tо‘planadi. Bu fermentlarni olish hujayra ichidagi (endogen) fermentlarni ajratishga nisbatan qulay va arzondir.

Fermentlar klassifikatsiyasi.

  • Glikozidazalar
  • Glikozidazalar - glikozid bog‘larini gidroliz qiluvchi fermentlardir. Bular kо‘p vaqtlardan beri о‘rganiladi va ishlatiladi. Bu guruhga kraxmalni gidroliz qiluvchi amilolitik fermentlar, v-amilazalar va glikoamilazalar kiradi. Kо‘p mikroorganizmlar b-amilaza hosil qiladi, v-amilaza sintezi esa kam kuzatiladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling