Fermer xo’jaliklarida pul mablag’lari hisobi va ularning tahliliy xususiyatlari annotatsiya


I.BOB. FERMER XO’JALIKLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI


Download 165.9 Kb.
bet3/9
Sana11.05.2023
Hajmi165.9 Kb.
#1452777
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Diplom ish

I.BOB. FERMER XO’JALIKLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI
1.1. Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobining o’ziga xos tamoyillari va xususiyatlari.
Fermer xo‘jaligi o‘ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan er uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligi a’zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ektdir. Fermer xo‘jaliklarini tashkil etish, ularning faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Fermer xo‘jaligi tanlov asosida, aksariyat hollarda mehnat resurslari ortiqchaligi sezilmayotgan erlarda va hududlarda tashkil etiladi. Chorvachilik mahsuloti etishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligi kamida 30 shartli bosh chorva moli bo‘lgan taqdirda tashkil etiladi. Fermer xo‘jaligiga ijaraga beriladigan er uchastkalarining eng kam o‘lchami bir shartli bosh chorva molga hisoblaganda Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi sug‘oriladigan erlarda kamida 0,3 gektar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlardagi sug‘oriladigan erlarda kamida 0,45 gektar, sug‘orilmaydigan (lalmikor) erlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etadi2 . Dehqonchilik mahsuloti etishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklariga ijaraga beriladigan er uchastkalarining eng kam o‘lchami paxtachilik va g‘allachilik uchun kamida 10 gektar, bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlarni etishtirish uchun kamida 1 gektarni tashkil etadi. Er uchastkalari berilganda fermer xo‘jaligi o‘z zimmasiga qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi (uch yil uchun o‘rtacha yillik hosil hisobida) erning kadastr bahosidan kam bo‘lmasligini ta’minlash majburiyatini oladi. Bu majburiyat er uchastkasini ijaraga olish shartnomasida mustahkamlab qo‘yiladi. Fermer xo‘jaligi ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi. Fermer xo‘jaligining ustavida quyidagilar belgilanadi: fermer xo‘jaligining nomi; faoliyat sohasi va maqsadi; fermer xo‘jaligining boshlig‘i to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar; fermer xo‘jaligi faoliyatini boshqarish tartibi; erdan va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish tartibi; fermer xo‘jaligining huquq va majburiyatlari; fermer xo‘jaligi a’zolarining huquq va majburiyatlari, ularning xo‘jalik ishlab chiqarish faoliyatida ishtirok etish tartibi; fermer xo‘jaligining daromadlarini (foydalarini) taqsimlash, zararlarini qoplash tartibi; fermer xo‘jaligining o‘z majburiyatlari va qarzlari yuzasidan javobgarligi; fermer xo‘jaligini qayta tashkil etish yoki tugatish tartibi; fermer xo‘jaligining joylashgan manzili; fermer xo‘jaligi ustavini o‘zgartirish tartibi. Qishloq xo‘jaligi kooperativlarining (shirkat xo‘jaliklarining) tarkibidan chiqish va mustaqil fermer xo‘jaligi yuritish istagida bo‘lgan a’zolari kooperativ (shirkat) ustaviga binoan o‘zlariga tegishli mulkiy pay qiymatini hamda daromaddan (foydadan) miqdori kooperativ (shirkat) a’zosining mehnat ishtirokini inobatga olgan holda aniqlanadigan ulushni olishga haqlidir. Mazkur shaxslar fermer xo‘jaligi yuritish uchun qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) umumiy majlisining qaroriga binoan shu kooperativ (shirkat) erlari tarkibidan qonunda belgilangan tartibda uzoq muddatli ijaraga er uchastkasi olish huquqiga ega. Bunda er uchastkasini uzoq muddatli ijaraga ajratish qishloq xo‘jaligi kooperativini (shirkat xo‘jaligini) uning faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur er resurslari va asosiy ishlab chiqarish fondlaridan mahrum etib qo‘ymasligi lozim. Fermer xo‘jaligiga berilgan er uchastkalaridan qat’iy belgilangan maqsadda foydalaniladi, ular xususiylashtirilishi, oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash ob’ekti bo‘lishi, shuningdek ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin emas. Fermer xo‘jaligi kreditlar olish uchun o‘z mol-mulkini, shuningdek er uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qo‘yishga haqli. Fermer xo‘jaligiga berilgan er uchastkasi bo‘linishi mumkin emas. Er uchastkasining o‘lchami va chegaralari faqat fermer xo‘jaligi boshlig‘ining roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin. Fermer xo‘jaligi boshlig‘i vafot etgan taqdirda er uchastkasini ijaraga olish huquqi shu xo‘jalik a’zolarining o‘zaro kelishuvi asosida, fermer xo‘jaligi faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan xo‘jalik a’zolaridan biriga meros bo‘yicha o‘tadi. Fermer xo‘jaligi boshlig‘i mehnat qobiliyatini to‘la yo‘qotgan taqdirda, er uchastkasini ijaraga olish huquqi xo‘jalik a’zolarining roziligi bilan ulardan biriga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda topshiriladi. Fermer xo‘jaligiga berilgan er uchastkasidan foydalanganlik uchun haq tuman byudjetiga kiritiladigan har yilgi ijara haqi tariqasida er uchastkasining sifatiga, joylashgan manziliga va suv bilan ta’minlanganlik darajasiga qarab, uning kadastr bahosini inobatga olgan holda belgilanadigan er solig‘i stavkasi miqdorida undiriladi. Davlat ro‘yxatiga olingan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yil mobaynida fermer xo‘jaligi er uchastkasidan foydalanganlik uchun haq to‘lashdan ozod etiladi. Fermer xo‘jaliklari uchun suvdan foydalanish limitlari vakolatli organlar tomonidan belgilanadi. Fermer xo‘jaligiga beriladigan suvning sarfini hisobga olish hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash tartibi, shuningdek mazkur soliq bo‘yicha imtiyozlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Fermer xo‘jaligi yuridik shaxsning barcha huquqlariga ega bo‘ladi. Fermer xo‘jaligi tadbirkorlik shakllaridan biri bo‘lib, tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun shu maqsadlarga monand tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidir. Fermer xo‘jaligi boshqa shakllarda xo‘jalik yurituvchi korxonalar bilan teng huquqlarga ega. Fermer xo‘jaligi tadbirkorlik faoliyati sub’ekti tariqasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega: fermer xo‘jaligining ishlab chiqarish faoliyatini o‘ziga berilgan er uchastkasida ustavda nazarda tutilgan doirada mustaqil tashkil etish; etishtirilayotgan mahsulotga mustaqil ravishda narx belgilash; o‘zi etishtirgan mahsulotni, shu jumladan bu mahsulotni iste’molchilarga o‘z xohishi bo‘yicha realizatsiya qilish huquqini tasarruf etish; xarid etiladigan mahsulotga oldindan haq to‘lanadigan fyuchers bitimlari tuzish; tadbirkorlikdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq solinadigan, cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish; qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtiruvchilarga sotish uchun va erkin savdoga mo‘ljallangan aksiyalarni sotib olish; kreditlar olish, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki va pul mablag‘larini ixtiyoriylik asosida va shartnoma shartlarida, shu jumladan fermer xo‘jaliklarini kreditni uzishning zarur garov, sug‘urta hamda boshqa kafolatlarini ta’minlagan holda imtiyozli kreditlashga jalb etish; ijaraga beruvchining ruxsati bilan yoki qonunda yoxud ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollarda er uchastkasini ijaraga berish huquqini kredit olish uchun garovga qo‘yish; o‘rta va kichik korxonalar uchun berilgan imtiyozlarning barcha turlaridan foydalanish; xodimlarni ishga yollash va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish. Fermer xo‘jaligi quyidagilarni bajarishi shart: er uchastkasidan qat’iy belgilangan maqsadda foydalanish; tabiiy ob’ekt bo‘lmish erga zarar etkazmaslik; er uchastkasini asrash, uning unumdorligini saqlash va oshirish yuzasidan sarf-xarajatlar qilish; er uchastkasini, agar ijaraga olish shartnomasida boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, bir yil ichida o‘zlashtirish; agrotexnika talablariga, belgilangan rejim, saqlash vazifasi va servitutlarga rioya etish; fermer xo‘jaligining majburiyatlari va qarzlari yuzasidan to‘la javobgar bo‘lish; fermer xo‘jaligining barcha a’zolari hamda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslar uchun qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga va Aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasiga majburiy badallar to‘lash; fermer xo‘jaligining a’zolari va mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning mehnat faoliyati hisobini yuritish; xo‘jalik a’zolari va mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslar uchun xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlash; madaniy-ma’rifiy tadbirlarga, obodonlashtirish ishlariga shartnoma asosida mablag‘lar ajratish. Fermer xo‘jaligining a’zolari: xo‘jalik a’zolari o‘rtasidagi shartnoma shartlariga bog‘liq tarzda birgalikda yoki yakka tartibda foydalaniladigan daromaddan (foydadan) o‘z ulushini olish; qonun hujjatlariga muvofiq davlat ijtimoiy sug‘urtasidan o‘tkazilish va ijtimoiy ta’minlanish huquqiga ega. Fermer xo‘jaligining a’zolari: fermer xo‘jaligining ishlab chiqarish faoliyatida shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi; belgilangan mehnat tartibiga bo‘ysunishi shart. Fermer xo‘jaligining o‘ziga qarashli mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi davlat himoyasidadir. Fermer xo‘jaligining mol-mulki, agar uning a’zolari o‘rtasidagi kelishuvga binoan umumiy ulushli mulk tashkil etish nazarda tutilgan bo‘lmasa, uning a’zolariga umumiy birgalikdagi mulk asosida qarashli bo‘ladi. Fermer xo‘jaligining mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish xo‘jalik a’zolari tomonidan o‘zaro kelishuv asosida amalga oshiriladi. Fermer xo‘jaligi tarkibidan boshqa fermer xo‘jaligi tashkil etish maqsadida chiqayotgan a’zolargina fermer xo‘jaligi tarkibidan chiqqanda mol-mulkdagi ulushni naturada yoki teng qiymatda olish huquqiga ega. Fermer xo‘jaligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mol-mulkni hosil qilish, ko‘paytirish, olish, ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga olish huquqiga ega. Fermer xo‘jaligi tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqa shakllarda xo‘jalik yurituvchi korxonalar bilan teng sharoitda amalga oshiradi. Fermer xo‘jaligining faoliyati ko‘proq xo‘jalik a’zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Fermer xo‘jaligidagi ishlarni bajarishga boshqa shaxslar mehnat shartnomasi asosida jalb etilishi mumkin. Fermer xo‘jaligida mehnat shartnomasini tuzish tartibi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Fermer xo‘jaligidagi ish tartibini xo‘jalik boshlig‘i qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi. Fermer xo‘jaligi boshlig‘i xo‘jalik a’zolarining va xo‘jalikda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning mehnat faoliyati hisobini yuritadi. Fermer xo‘jaligida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo‘lmagan miqdorda, taraflarning kelishuviga binoan pul tarzida ham, natura tariqasida ham amalga oshiriladi. Mehnat shartnomasi asosida fermer xo‘jaligida ishlayotgan shaxs xo‘jalik mol-mulkiga fermer xo‘jaligi boshlig‘ining roziligi bilan pul yoki boshqa xil ulushni kiritishga hamda qo‘shgan ulushiga mutanosib ravishda xo‘jalik daromadi (foydasi) taqsimotida qatnashishga haqlidir. Fermer xo‘jaligining a’zolari, shuningdek xo‘jalikda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq davlat ijtimoiy sug‘urtasidan o‘tkazilishi lozim. Fermer xo‘jaligida ishlangan vaqt davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha badallar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida mehnat stajiga qo‘shiladi. Fermer xo‘jaligining a’zolari hamda xo‘jalikda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarga ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha davlat nafaqalari va pensiyalar tayinlash hamda to‘lash qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi. Fermer xo‘jaligi o‘zi etishtirayotgan mahsulotni realizatsiya qilish, shu jumladan davlat xaridi tartibida realizatsiya qilish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan ixtiyoriylik asosida xo‘jalik shartnomalari tuzish huquqiga ega. Taraflar shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda, qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. Fermer xo‘jaligi o‘zi etishtirayotgan mahsulotga bozordagi talab va taklif nisbatidan kelib chiqib mustaqil ravishda narx belgilaydi. Fermer xo‘jaligi etishtirayotgan mahsulotni eksportga etkazib berish, shuningdek chet ellik sheriklar bilan hisob-kitob qilish qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Fermer xo‘jaliklari ixtiyoriylik asosida, shu jumladan ulushli (pay) asosda mahsulot etishtirish, xarid qilish, uni qayta ishlash va sotish, moddiy-texnika ta’minoti, qurilish, texnikaviy, suv xo‘jaligi, veterinariya, agrokimyo, maslahat berish yo‘sinidagi va boshqa xil xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kooperativlarga (shirkatlarga), jamiyatlarga, ittifoqlarga, uyushmalarga va boshqa birlashmalarga birlashish, kirish huquqiga ega. Fermer xo‘jaligini ishlab chiqarish ahamiyatiga molik ob’ektlar qurilishi, asosiy ishlab chiqarish vositalarini xarid etish uchun uzoq muddatli kreditlash va joriy ishlab chiqarish faoliyati uchun qisqa muddatli kreditlash kredit shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Fermer xo‘jaliklari bank muassasalari tomonidan ularga xizmat ko‘rsatish uchun tashkil etiladigan maxsus kredit fondidan imtiyozli shartlarda foydalanadilar. Fermer xo‘jaligi o‘ziga qarashli va ijaraga olingan ishlab chiqarish vositalarining, qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining (ko‘chatzorlarining), ko‘p yillik dov-daraxtlarning, etishtirilgan mahsulotning, xom ashyoning, materiallarning yo‘qotilishi (nobud bo‘lishi), kam chiqishi yoki shikastlanishi xavfini, tadbirkorlik xavfini, shuningdek shartnomalarni buzganlik uchun o‘zining javobgarlik xavfini ixtiyoriylik asosida sug‘urta qildiradi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda sug‘urta tovoni oladi. Fermer xo‘jaligi qonun hujjatlariga muvofiq byudjetga soliqlar, yig‘imlar hamda boshqa to‘lovlar to‘laydi. Fermer xo‘jaligi a’zolarining va xo‘jalikda shartnoma asosida ishlayotgan shaxslarning shaxsiy daromadlari daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyalarda aks ettiriladi. Davlat qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtirish va uni realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi. Davlat organlari fermer xo‘jaligini rivojlantirish va mustahkamlashga ko‘maklashishlari lozim. Fermer xo‘jaliklari faoliyatini muvofiqlashtirib borish hamda ularning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish O‘zbekiston Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi hamda Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi hamda ularning joylardagi hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi. Qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari fermer xo‘jaligiga berilgan erlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradilar hamda erdan samarali va oqilona foydalanilishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘radilar. Fermer xo‘jaligi o‘z faoliyatining natijalarini hisobga olib boradi hamda mahalliy statistika va soliq organlariga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi. Fermer xo‘jaligini qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Fermer xo‘jaligi quyidagi hollarda tugatiladi: xo‘jalik faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan bironta ham xo‘jalik a’zosi yoki merosxo‘r qolmagan bo‘lsa; er uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy voz kechilganda; er uchastkasining ijaraga berilgan muddati tugaganda va erdan foydalanish huquqini tiklashning imkoniyati bo‘lmaganda; erdan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanilmaganda, olingan hosildorlik normativ kadastr bahosidan muttasil (uch yil mobaynida) past bo‘lganda; erlarning ekologik holati yomonlashganda; er uchastkasi belgilangan tartibda olib qo‘yilganda; fermer xo‘jaligi bankrot deb e’lon qilinganda; ijara haqi belgilangan muddatlarda muttasil to‘lanmay kelinganda; fermer xo‘jaligi er olgan paytdan e’tiboran bir yil mobaynida xo‘jalikishlab chiqarish faoliyatiga kirishmagan bo‘lsa; fermer xo‘jaliklari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari bir necha marta yoki bir marta, lekin qo‘pol ravishda buzilganda; shartnoma shartlari buzilganligi munosabati bilan erni ijaraga olish shartnomasi bekor qilinganda. Fermer xo‘jaligi fermer xo‘jaligi a’zolarining qaroriga binoan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan tugatiladi.


Download 165.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling