Fermer xo’jaliklarida pul mablag’lari hisobi va ularning tahliliy xususiyatlari annotatsiya


Fermer xo’jaliklarida moliyaviy va boshqaruv hisobining o‘zaro bog‘liqligi


Download 165.9 Kb.
bet4/9
Sana11.05.2023
Hajmi165.9 Kb.
#1452777
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Diplom ish

1.2. Fermer xo’jaliklarida moliyaviy va boshqaruv hisobining o‘zaro bog‘liqligi.
Har qanday korxonani, u yirik yoki kichik korxona bo`lsin, boshqarish zarur. Ishlab chiqarishni boshqarish mehnatning ijtimoiy xususiyatlaridan kelib chiqadi. Boshqarish alohida mehnat faoliyati sifatida mehnat taqsimoti, kooperatsiyasi va ishlab chiqarish ko`lamining kengayishi natijasida yuzaga kelgan. Bu jarayon boshqaruv subyektining muayyan bir natijaga erishish maqsadida boshqaruv obyektlariga maqsadli ta’sir o`tkazish bilan bog`liq faoliyatni aks ettiradi. Boshqaruv subyekti sifatida hokimiyat vakolati va ta’siriga ega bo`lgan jismoniy va yuridik shaxslar tushuniladi. Subyektning hokimiyat vakolatlari, ta’sir o`tkazishning iqtisodiy va ma’naviy-axloqiy dastaklari boshqaruv faoliyatining asoslarini tashkil etadi. Boshqaruv obyekti hokimiyat ta’siri yo`naltirilgan jismoniy va yuridik shaxslardan hamda ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va jarayonlardan tashkil topadi. Boshqaruv faoliyati mehnat jarayonining xilma-xil jihatlaridan biri bo`lib, unga xos bo`lgan barcha elementlardan – mehnat predmeti, mehnat vositalari, mehnat va uning natijalaridan iborat bo`ladi. Har qanday maqsadga yo`naltirilgan faoliyat, shu jumladan boshqaruv faoliyatining asosini ham tabiat, jamiyat va tafakkurning obyektiv qonuniyatlari tashkil etadi. Tafakkur qonuniyatlari – bu jamiyat qonuniyatlarining tarkibiy qismi sanaladi, o`z navbatida jamiyat tabiatning bir bo`lagi sifatida tabiat qonuniyatlariga bo`ysunadi. Boshqaruv faoliyatida tabiat qonuniyatlarini inkor etish mislsiz halokat va yo`qotishlarga olib kelishi mumkin. Jamiyat qonunlarini inkor etish esa, jamiyatda ijtimoiy qarama-qarshiliklar, qaltis vaziyatlar va kelishmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Tafakkur qonunlarini inkor etilishi, o`z navbatida, jamiyat va shaxsning uyg`unlikda rivojlanishiga salbiy ta’sir ko`rsatadi. Tabiat, jamiyat va tafakkur qonuniyatlaridan boshqaruv qonunlari, ulardan esa boshqaruv maqsadi, tamoyillari, vazifalari va usullari kelib chiqadi (1- chizma). 1-chizma. Boshqaruv tushunchalari va kategoriyalarining o`zaro aloqalari

Har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni boshqarish, oxir-oqibatda, insonlar xulqini va xatti-harkatini boshqarishdan, ularning faoliyatini tartibga solish va rag`batlantirish jarayonidan iborat deb qarash mumkin. Korxonani boshqarish keng qamrovli faoliyat bo`lib, uning tarkibiga quyidagi elementlarni kiritish mumkin:  boshqaruv mexanizmi (umumiy qonuniyatlar, tamoyillar, maqsad va vazifalar, usullar);  boshqaruv tarkibi (boshqaruv organlari, mutaxassis xodimlar, texnik vositalar va boshqa);  boshqaruv jarayoni (qarorlarni qabul qilish va amalga oshirish, boshqaruv texnologiyasi va tartibi, xodimlar faoliyatini tashkil etish). Korxonadagi boshqaruv vazifalarini bajarishga tashqi va ichki omillar o`z ta’sirini ko`rsatadi. Ichki omillarga korxona hajmi, resurslarni taqsimlash, texnologik qurollanish darajasi, mehnatni tashkil etish usullari, ishlab chiqarish xarajatlari va narx siyosati kabi dastaklar kiradi. Bu omillarni ma’lum darajada oldindan rejalashtirish va nazorat qilish mumkin. Tashqi omillar korxonadan tashqaridagi muhit ta’sirida vujudga keladi. Ular qatoriga bozor konyunkturasi va raqobat muhiti, mol yuboruvchi va iste’molchilarning xatti-harakatlari, tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlar, siyosiy va ijtimoiy omillar, huquqiy-me’yoriy baza va davlat boshqaruvi kabi omillar kiradi. Boshqaruvga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar korxonaning ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va boshqa faoliyati natijalariga jiddiy ta’sir ko`rsatishi sababli, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda har bir omilni hisobga olish zarur. Korxonani boshqarish ma’lum bir tamoyillarga asoslanib amalga oshiriladi. Bu tamoyillar boshqaruv faoliyati g`oyalarining tayanch va fundamental asoslarini tashkil etib, boshqaruv obyektlari va subyektlariga xos bo`lgan jarayonlar, voqea va hodisalarni ilmiy anglash hamda maqsadli foydalanishga imkon beradi. Boshqaruv tamoyillarini yaxshi o`zlashtirgan rahbarlargina boshqaruvning maqsadi va vazifalarini chuqur anglab, oqilona qarorlar qabul qilishi mumkin. 1. Mehnat taqsimoti tamoyili mehnatni tashkil etish va boshqarishda vazifalar va majburiyatlarni xodimlar o`rtasida oqilona taqsimlash jarayonini anglatadi. 2. Vakolatlilik va majburiyat. Vakolat boshqaruv qarorlarini qabul qilishga imkon bersa, majburiyat uning natijalari uchun javobgarlik tamoyilini belgilab beradi. 3. Intizom korxona xodimlari va ishchilarning belgilangan mehnat tartibi va qoidalarga so`zsiz rioya etishini va hurmat bilan yondoshishini talab etadi. 4. Boshqaruvda yakkaboshchilik va kollegiallik. Yakkaboshchilik tamoyili korxona xodimlarining yagona rahbar buyruqlariga qat’iy bo`ysunushini talab qiladi. Bu tamoyilni amalga oshirishning asosiy sharti har bir ijrochining huquqlari, burchi va majburiyatlarini qat’iy belgilab qo`yishdir. 5. Maqsadning yagonaligi tamoyili korxonadagi barcha boshqaruv xodimlari, mutaxassislar va ishchilarning yagona maqsad va vazifalar yo`lida birlashishi zaruriyatini yuzaga keltiradi. 6. Shaxsiy manfaatlar va korxona manfaatlarini qo`shib olib borish tamoyili - korxonaning har bir xodimi o`z shaxsiy manfaati yo`lida qattiq mehnat qilish bilan birga, o`z manfaatlarini korxona manfaatlaridan ustun qo`ymasligi lozimligini anglatadi. Shu bilan birga boshqaruvchilarning korxona manfaatlarini ko`zlab qabul qilgan qarorlari xodimlar va ishchilarning manfaatlariga ziyon yetkazmasligi lozim. 7. Moddiy va ma’naviy rag`batlantirish tamoyili asosida korxona xodimlarining mehnati natijalarini munosib taqdirlash orqali mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirish yotadi. 8. Rejalilik. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni rejali boshqarish iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashning muhim shartidir. Bu tamoyil ishlab chiqarishni rivojlantirishining qisqa va uzoq muddatlarga mo`ljallangan yo`nalishlari, sur’atlari va nisbatlarini belgilashni ifodalaydi. 9. Tejamlilik va samaradorlik korxona faoliyatida moddiy-texnikaviy, moliyaviy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish orqali eng kam xarajatlar evaziga maksimal foyda olish muhimligini anglatadi. 10. Javobgarlik va tavakkalchilik. Boshqaruvchi o`z faoliyati natijalari uchun ma’lum bir javobgarlikka ega bo`lishi, bunda ma’lum tavakkalchilik (risk) elementlarini ham hisobga olishi lozim. 11. Boshqaruv etikasiga rioya etish. Bu tamoyil boshqaruv xodimlaridan bilimli, madaniyatli va xushmuomala bo`lishni, xodimlarga ishonish va ularni eshita bilishni talab etadi. 12. Boshqaruv shakli va usullarini takomillashtirib borish. Kuchli raqobat sharoitida korxonani sinmasligi uchun boshqaruvchilar doimo o`z ustilarida tinmay ishlab, boshqaruv usullarini takomillashtirib borishlari va bozordagi o`zgarishlarga moslashishlari kerak. Qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish jarayonida bu umumiy qonuniyat va tamoyillar bilan birga tarmoqning o`ziga xos bo`lgan tabiiy-iqlimiy va texnik-texnologik omillarini ham e’tiborga olmoq joizdir. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi jonli organizmlar – o`simliklar va chorva mollari bilan bog`liq bo`lib, boshqaruv jarayonida ularning biologik va fiziologik xususiyatlarini yaxshi bilish lozim. Bu tarmoqda ishlab chiqarish jarayoni tabiiy jarayonlar bilan qo`shilib ketgan, ish vaqti ishlab chiqarish davri bilan mos kelmaydi. Mavsumiylik va tabiiy-iqlimiy sharoitlar ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalaridan yil davomida bir maromda foydalanish imkonini bermaydi. Tarmoqqa xos bo`lgan bu xususiyatlar qishloq xo`jaligi korxonalarining boshqaruvchilari oldiga yanada ko`proq mas’uliyat yuklaydi va uning xususiyatlarini chuqur o`zlashtirib, boshqaruv faoliyatida hisobga olishni taqozo etadi. Boshqaruv jarayonining dastlabki bosqichi uning maqsadlarini shakllantirish va tanlashdan boshlanadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishning obyektiv qonuniyatlaridan kelib chiqib, boshqaruv maqsadlari ham obyektiv xarakterga egadir. Shu bilan birga, maqsadlar insonlar tomonidan ishlab chiqilishi tufayli uning subyektiv xususiyatlari ham mavjud. Korxona miqyosida boshqarishning asosiy maqsadi – korxonaning ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va boshqa faoliyatlarini oqilona tashkil etish hamda xodimlar salohiyatidan unumli foydalanish orqali foydani maksimallashtirishga erishishdir. Foydaning turli zaxira jamg`armalari tarzida to`planib borishi korxonaning kelgusida faoliyat ko`rsatishi uchun zamin yaratadi, korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan turli tavakkalchilik (risk) elementlarini oldini olish va pasaytirishga imkon beradi. Qo`yilgan maqsadlarga erishish uchun bir qator vazifalarni amalga oshirish lozim bo`ladi. Vazifalar boshqaruv funksiyalari orqali amalga oshiriladi. Boshqaruv funksiyalari boshqaruv faoliyatining maqsadga yo`naltirilgan tarkibiy qismlaridan biridir. Zamonaviy boshqaruv nazariyalarida uning quyidagi funksiyalari ajratib ko`rsatiladi: - boshqaruv obyektiga oid axborotlarni yig`ish, saqlash, tizimga solish va qayta ishlash; - yig`ilgan axborotlarni operativ va moliyaviy hisobotlar yordamida tahlil etish; - joriy va istiqbolli rejalashtirish; - korxonaning ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va investitsion faoliyatini tashkil etish va boshqarish; - nazorat va tartibga solish. Ushbu funksiyalar doirasida boshqaruv vazifalari ko`p qirrali bo`lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:  qisqa va uzoq muddatli davr uchun korxonaning maqsadlari hamda rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;  ishlab chiqarish va texnologik jarayonning kundalik izdan chiqishlarini bartaraf etish;  moddiy-texnika ta’minotining uzluksizligini ta’minlash;  raqobat muhitida korxonaning yashovchanligini ta’minlovchi moliyaviy va marketing faoliyatini tashkil etish;  mehnatni tashkil etish, majburiyatlarni taqsimlash va boshqarish;  korxona faoliyatining samaradorligini oshirish va boshqaruv qarorlarini bajarilishining ishonchli hamda samarali nazorati tizimini yaratish va boshqalar. Boshqaruv usullari boshqaruv subyektining muayyan natijalarga erishish maqsadida boshqaruv obyektiga ta’sir o`tkazish usullari yig`indisidir. Boshqaruv usullari vositasida moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan oqilona foydalangan holda, yuqori natijalarga erishish maqsadida iqtisodiy jarayonlarga ta’sir etiladi. Boshqaruv usullarining nazariy asoslarini chuqur va atroflicha tahlil etish lozim bo`ladi. Negaki, eng maqbul usullar ham noto`g`ri qo`llanilganda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Boshqaruv usullarini turkumlashga turlicha yondoshuvlar mavjud. Ammo har qanday inson yoki jamoaga faqatgina ularning manfaatlariga mos keluvchi ta’sir choralarini qo`llash samarali hisoblanadi. Ta’sir ko`rsatish mazmuniga ko`ra boshqaruvning tashkiliy-farmoyish, iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik usullari mavjud. Tashkiliy-farmoyish usullari korxona boshqaruvchilarining vakolati va hokimiyati kuchidan foydalangan holda, tashkiliy-farmoyish vositalari orqali boshqarish jarayonini bildiradi. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlarning samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi ta’sir etish tizimidan iboratdir. Ko`p hollarda tashkiliy ta’sir ma’muriy huquq va hokimiyat kuchini qo`llash, ya’ni buyruq, qaror va farmoyishlarni amalga oshirishga asoslanadi. Tashkiliy-farmoyish usullari direktiv xarakterga ega bo`lib, ularni bajarmaslik moddiy, ma’naviy va ma’muriy shakldagi javobgarlikka sabab bo`ladi.


Download 165.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling