Fermer xo’jaliklarida pul mablag’lari hisobi va ularning tahliliy xususiyatlari annotatsiya
Download 165.9 Kb.
|
Diplom ish
I bob bo’yicha xulosa
Fermer xo‘jaligi tugatilganda uning a’zolari o‘z mulkidagi mol-mulkka bo‘lgan huquqni hamda tomorqa er uchastkasiga bo‘lgan huquqni saqlab qoladilar. Yuqoridagi tahlillar asosida quyidagi xulosani qilishimiz mumkin: -birinchidan, fermer xo’jaliklarining ishlab chiqarish salohiyati oshishi qishloq aholisini ish bilan ta’minlash va ularning daromadlari ko’payishiga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatmoqda; -ikkinchidan, mulkdan samarali foydalanish va oqilona xo’jalik yuritish tajribasi oshib bormoqda, ekinlar hosildorligi o’sib, yalpi mahsulot ishlab chiqarish va daromadi ko’paymoqda; uchinchidan, qishloq xo’jaligida fermer xo’jaliklarining mavqei o’sib, tobora mustahkamlanib bormoqda. Bular qishloqda xususiy mulkdorlar qatlamini shakllanishini faollashtirmoqda. Shu bilan bir qatorda, fermer xo’jaliklarining istiqbolda rivojlanishi ko’p jihatdan ularni qo’llab-quvvatlovchi, ishlab chiqarilgan mahsulotni qayta ishlash, saqlash va sotishga ko’maklashuvchi kooperatsiya tamoyillariga asoslangan tuzilmalarni, jumladan uyushma (birlashma)lar yoki agrofirmalarni tashkil etishga bog’liqdir. Har qanday korxonani, u yirik yoki kichik korxona bo`lsin, boshqarish zarur. Ishlab chiqarishni boshqarish mehnatning ijtimoiy xususiyatlaridan kelib chiqadi. Boshqarish alohida mehnat faoliyati sifatida mehnat taqsimoti, kooperatsiyasi va ishlab chiqarish ko`lamining kengayishi natijasida yuzaga kelgan. Bu jarayon boshqaruv subyektining muayyan bir natijaga erishish maqsadida boshqaruv obyektlariga maqsadli ta’sir o`tkazish bilan bog`liq faoliyatni aks ettiradi. Korxonani boshqarish ma’lum bir tamoyillarga asoslanib amalga oshiriladi. Bu tamoyillar boshqaruv faoliyati g`oyalarining tayanch va fundamental asoslarini tashkil etib, boshqaruv obyektlari va subyektlariga xos bo`lgan jarayonlar, voqea va hodisalarni ilmiy anglash hamda maqsadli foydalanishga imkon beradi. Boshqaruv tamoyillarini yaxshi o`zlashtirgan boshqaruvchilargina boshqaruv maqsadi va vazifalarini chuqur anglab, oqilona qarorlar qabul qilishi mumkin. Boshqaruv usullari bu boshqaruv xodimlarining boshqaruv obyektiga maqsadli yo`naltirilgan ta’sir o`tkazish usullari yig`indisidir. Boshqaruv usullari vositasida moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan oqilona foydalangan holda, yuqori natijalarga erishish maqsadida iqtisodiy jarayonlarga ta’sir etiladi. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish, iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik usullari mavjud. Boshqarish jarayoni boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan amalga oshiriladi. Korxona faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarish bir qator muhim masalalarning yechimini topish bilan bog`liq. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni boshqaruv subyektining korxona muammolarini hal etishga oid vaziyatlarni tahlil etish, muqobil variantlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishga yo`naltirilgan faoliyatining mantiqiy izchilligidir. Download 165.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling