Fermer xo‘jaliklarida serviz xizmatlarini rivojlantirish imkoniyatlari


Download 19.45 Kb.
bet3/8
Sana17.06.2023
Hajmi19.45 Kb.
#1548414
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fermer xo‘jaliklarida serviz xizmatlarini rivojlantirish imkoniyatlari.

Dehqonchilikda kartoshka, meva-sabzavot mahsulotlari, chorvachilikda sut, go‘sht, tuxum, teri va jun mahsulotlarini erkin (kelishilgan) narxlarda sotish joriy etildi. Bu esa xo‘jaliklarga o‘zlari yetishtirgan mahsulotlardan ixtiyoriy foydalanishga imkoniyat yaratdi. Davlat buyurtmasi faqat paxta, don, sholiga nisbatan saqlanib qoldi.

Olib borilgan tadbirlar xo‘jalik yuritish mexanizmini takomillashtirishga, xo‘jaliklarni iqtisodiy jihatdan mustahkamlashga, qishloq mehnatkashlari turmush darajasini yaxshilashga hamda xo‘jaliklarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta rivojlantirishga keng yo‘l ochib beradi.

Yerdan samarali foydalanishda Respublika Prezidenti I. Karimov: «Qishloqda bozor mexanizmlarini rivojlantirish, dehqonda sohiblik hissini uyg‘otish, mulkchilik munosabatlarini takomillashtirish, jamoa xo‘jaliklarning o‘zida ijara munosabatlarini chuqurlashtirish, yerni meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod foydalanishga berib qo‘yish orqali, shuningdek, dehqon, fermer hamda shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni keng rivojlantirish asosida ro‘y berishi lozim», – deb ko‘rsatib o‘tdi.

Karimov I. A. «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida». –T.: «O‘zbekiston», 1995, 246 b.

Dehqon, fermer o‘zi hosil to‘plab, uni yig‘ish bilan shug‘ullanmasa, ish unumi va samarasi bo‘lmaydi. Ularga o‘z vaqtida bank servis xizmati, ta’minot, iste’molchi va qayta ishlash korxonalari yordam bersa, ular ko‘proq mahsulot ishlab chiqaradi va iste’mol bozorini boyitadi.

Dehqon, fermer o‘zi hosil to‘plab, uni yig‘ish bilan shug‘ullanmasa, ish unumi va samarasi bo‘lmaydi. Ularga o‘z vaqtida bank servis xizmati, ta’minot, iste’molchi va qayta ishlash korxonalari yordam bersa, ular ko‘proq mahsulot ishlab chiqaradi va iste’mol bozorini boyitadi.

Bozor munosabatlari asosida mahsulot ishlab chiqarishga asoslangan qishloq xo‘jalik subyektlarida iqtisodiy tadbirlar zarurligini hisobga olib, Prezidentimiz I. Karimovning «Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. Unda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida jamiyatimizning yangilanishi, demokratik jarayonlarning rivojlanishi ko‘p jihatdan agrar sohadagi islohotlarning nechog‘li samarali qishloq hayotiga kirib borishiga bog‘liqligi ta’kidlandi.


Download 19.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling