Fermer xo‘jaliklarida serviz xizmatlarini rivojlantirish imkoniyatlari

Download 19.45 Kb.
bet4/8
Sana17.06.2023
Hajmi19.45 Kb.
#1548414
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fermer xo‘jaliklarida serviz xizmatlarini rivojlantirish imkoniyatlari.

Respublika agrar tarmog‘i yalpi ichki mahsulotning 41,7 foizini, mamlakatga valuta tushumlarining 33,2 foizdan ortig‘ini tashkil qilmoqda. Mamlakatimiz xalq xo‘jaligida band bo‘lgan aholining 40 foizga yaqini va barcha aholining 60 foizidan ortig‘i qishloqlarda yashaydi. Ularning moddiy ahvoli, turmush darajasi va moddiy faravonligi qishloq xo‘jaligidagi ishlarning holatiga, uni rivojlantirishning tezkorligi va samaradorligiga bog‘liq.

Respublika agrar sohasida mulkiy munosabatlarni shakllantirish, mulkchilikning nodavlat shakliga o‘tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, dehqon va fermer xo‘jaliklari faoliyatini yo‘lga qo‘yish agrar islohotlarning muhim yo‘nalishlaridir.

Islohotlarning ilk bosqichida mamlakat qishloq xo‘jaligi barqarorligini ta’minlash va rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki asoslari yaratildi.

Agrar sohada mulkni davlat tasarrufidan chiqarishga va xususiylashtirishga muhim ahamiyat berildi, 1066 ta davlat xo‘jaliklari (sovxozlar) tugatilib, ular negizida jamoa xo‘jaliklari tashkil etildi. Chorvachilik fermalari, bog‘ va tokzorlar, kichik yer maydonlari hamda issiqxonalar xususiylashtirildi.

Islohotlarning ikkinchi bosqichida «Yer kodeksi», «Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida», «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida», «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonunlar va tegishli hukumat qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.

Bunday huquqiy poydevorning yaratilishi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga zamin yaratdi. Qishloq xo‘jaligida xo‘jalik yuritishning bozor munosabatlariga mos keladigan shirkat, fermer va dehqon xo‘jaliklari ustuvorligi belgilandi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling