Fermer xo‘jaliklarida serviz xizmatlarini rivojlantirish imkoniyatlari
Download 19.45 Kb.
|
Fermer xo‘jaliklarida serviz xizmatlarini rivojlantirish imkoniyatlari.
Islohotlarning uchinchi bosqichi 2000-yildan boshlangan bo‘lib, u qishloq xo‘jaligida tovar ishlab chiqaruvchilar haq-huquqlarini himoya qilish ustuvorligi; tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy erkinligini yanada kengaytirish va davlat buyurtmasi bo‘yicha yetishtirilayotgan mahsulotlarga baho belgilashda dunyo bozori narxlariga mos keluvchi tizimni shakllantirish; birinchi navbatda past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan shirkat xo‘jaliklarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish asosida qayta tashkil etish mexanizmi joriy etilishi; qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy infratuzilma tizimining barpo etilishi bilan xarakterlanadi.Qishloqda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning navbatdagi muhim vazifasi – yerga bo‘lgan mulkchilik munosabatini hal qilishdir. Yerga mulkchilik huquqi ortiqcha rasmiyatchilikka, qog‘ozbozlikka berilgan shaklda emas, balki zamonaviylashgan va bozor munosabatlariga asoslangan tartibda joriy etilishi lozim. Bunda yerlarni uzoq muddatga ijaraga berish asosida fermer va dehqon xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish ustuvor yo‘nalish bo‘lib qoladi.Qishloqda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning navbatdagi muhim vazifasi – yerga bo‘lgan mulkchilik munosabatini hal qilishdir. Yerga mulkchilik huquqi ortiqcha rasmiyatchilikka, qog‘ozbozlikka berilgan shaklda emas, balki zamonaviylashgan va bozor munosabatlariga asoslangan tartibda joriy etilishi lozim. Bunda yerlarni uzoq muddatga ijaraga berish asosida fermer va dehqon xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish ustuvor yo‘nalish bo‘lib qoladi.Tuproq unumdorligini saqlash, qayta tiklash va oshirib borish; qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi va iste’molchilarga yetkazib beruvchi korxona hamda tashkilotlar aksiyalarini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida taqsimlash orqali ularni aksiyadorlashtirish; o‘zaro kreditlash borasidagi imkoniyatlarni kengaytirish; qishloq xo‘jaligi boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish va davlat xarid narxlarini hamda butun narx-navoning shakllanish tizimini o‘zgartirish; fanning innovatsiyasini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan uzviy aloqalarini tiklash va rivojlantirish; soha xodimlariga huquqiy va kasbiy ta’lim berishga doir tadbirlar tizimini ishlab chiqarish respublikada agrar siyosatning muhim yo‘nalishlari hisoblanadi.Download 19.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling