Fermer xo‘jaliklarida serviz xizmatlarini rivojlantirish imkoniyatlari


Download 19.45 Kb.
bet2/8
Sana17.06.2023
Hajmi19.45 Kb.
#1548414
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fermer xo‘jaliklarida serviz xizmatlarini rivojlantirish imkoniyatlari.

Respublika qishloq xo‘jaligida asosiy e’tibor mamlakatning iqlimi, yersuvi va moddiy resurslaridan hamda xalqning asrlar davomida to‘plangan dehqonchilik madaniyatidan unumli foydalanish negizida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishga qaratilgan. Dehqonchilikda g‘allachilik, paxtachilik, sholikorlik, mevachilik, uzumchilik, polizchilik, sabzavotchilik sohalari, chorvachilikda esa qoramolchilik, qo‘ychilik, qorako‘lchilik, echkichilik, parrandachilik, yilqichilik, asalarichilik, pillachilik tarmoqlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston o‘zining sifatli pillasi va qorako‘li bilan ham dunyoga mashhurdir. Respublika to‘liq don mustaqilligiga erishib, chetga eksport ham qilmoqda.

O‘zbekiston o‘zining sifatli pillasi va qorako‘li bilan ham dunyoga mashhurdir. Respublika to‘liq don mustaqilligiga erishib, chetga eksport ham qilmoqda.

Respublika qishloq xo‘jaligida: kooperativ (jamoa xo‘jaliklari), xo‘jaliklararo korxonalar, shirkatlar uyushmalari, davlat xo‘jaliklari negizida tashkil etilgan xo‘jaliklar, jamoa mulkiga aylantirilgan fermalar va boshqalar); davlat (davlat xo‘jaliklari, naslchilik zavodlari, o‘quv-tajriba hamda tajriba xo‘jaliklari); xususiy (dehqon va fermer xo‘jaliklari, xususiylashtirilgan korxonalar) hamda aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari (shaxsiy ehtiyojlar uchun ayrim qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish) mavjud. Respublika qishloq xo‘jaligida paxta yakkahokimligi (yakka ziroatchiligi)ning qaror topishi oqibatida 1987-yilga kelib, 2107,7 ming gektar yoki jami sug‘oriladigan ekin maydonining 60 %dan ko‘prog‘iga paxta ekildi. Natijada ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimi izdan chiqdi, mineral o‘g‘itlar, gerbitsidlar, ayniqsa, inson salomatligiga zararli bo‘lgan pestitsidlar me’yoridan ortiqcha ishlatilishi natijasida dehqonchilik qilinadigan joylarda ekologik sharoitlar buzildi, yerlarning meliorativ holati yomonlashdi.

Dehqonchilikda kartoshka, meva-sabzavot mahsulotlari, chorvachilikda sut, go‘sht, tuxum, teri va jun mahsulotlarini erkin (kelishilgan) narxlarda sotish joriy etildi. Bu esa xo‘jaliklarga o‘zlari yetishtirgan mahsulotlardan ixtiyoriy foydalanishga imkoniyat yaratdi. Davlat buyurtmasi faqat paxta, don, sholiga nisbatan saqlanib qoldi.


Download 19.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling