Fevral Aniq fanlar oyligi


Download 19.15 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi19.15 Kb.
#1493325
Bog'liq
33-maktab Hisobot Aniq oyligi


Chinoz tumani Xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi
33-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazilgan
Fevral – Aniq fanlar oyligi” da amalga oshirilgan ishlar
H I S O B O T I
Chinoz tumani XTB tasrrufidagi 33-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi direktorining 28-yanvar 2022 yildagi “Umumiy o’rta ta’lim maktabida fan oyliklarini tashkil etish va o’tkazish to’g’risida” gi 9-sonli buyrug’iga asosan, 1 – 28 fevral kunlari “Fevral – Aniq fanlar (Matematika, informatika va axborot texnologiyalari) oyligi” deb e’lon qilindi.

  1. Maktab aniq fan o’qituvchilari bilan birgalikda “Aniq fanlar” metod birlashmasi yig’ilishi o’tkazildi. O’tkazilgan yig’ilishda fan oyligi uchun reja tuzish bo’yicha barcha fan o’qituvchilarining fikrlari tinglanib, takliflar inobatga olingan holda, har bir fan o’qituvchilarini salohiyatidan kelib chiqib, fan oyligi rejasi tuzildi.

  2. Fevral – Aniq fanlar (Matematika, informatika va axborot texnologiyalari) oyligi”, uni o’tkazish yuzasidan qilinadigan barcha ishlarning tafsilotlari bilan tanishtirish maqsadida, sinf rahbarlar tomonidan joriy qilingan sinf o’quvchilari uchun telegram guruhlarida ma’lumotlar berildi.

  3. Joriy yilning 2-fevral kuni “Fevral – Aniq fanlar (Matematika, informatika va axborot texnologiyalari) oyligi” burchagi o’rnatildi. Mazkur burchakka fan oyligi yangiliklari, ko’rgazmali qurollar, fan oyligida o’tkazilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar rejasi va ochiq darslar ro’yxati ilindi.

  4. Fan oyligi doirasida 5-11 sinf o’quvchilaridan matematika, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan kirish testlari olindi. Olingan testlar fan o’qituvchilari tomonidan tekshirilib, o’quvchilarning ko’rsatkich samaradorligi belgilandi. Matematika fanidan jami o’quvchilarning o’rtacha ko’rsatkich samaradorligi 65 % ni, informatika va axborot texnologiyalari fanidan jami o’quvchilarning o’rtacha ko’rsatkich samaradorligi 64 % ni tashkil etdi. Mazkur olingan kirish testlari natijasiga asosan, o’quvchilar bilan yana ham ko’proq ishlanish kerakligi to’g’risida o’qituvchilarga topshiriqlar berildi.

  5. Aniq fanlar metod birlashmasi fan o’qituvchilari o’zlari kiradigan sinf o’quvchilari uchun bir soatlik ochiq darslarni tashkil qilib, belgilangan muddatlarda qiziqarli va chiroyli o’tkazishdi. Matematika fani o’qituvchisi Qurbonboyeva Ra’no tomonidan 9-fevral kuni 8-sinf o’quvchilari uchun Algebra fanidan “Chala kvadrat tenglama va ularni yechish” mavzusida, 15-fevral kuni 8-sinf o’quvchilari uchun Geometriya fanidan “Koordinatalari berilgan vektorlar ustida amallar” mavzusida, Matematika fani o’qituvchisi Mustafayeva Oynisa tomonidan 12-fevral kuni 5-sinf o’quvchilari uchun Matematika fanidan “Aralash sonlarni qo’shish va ayirish” mavzusida, 17-fevral kuni 9-sinf o’quvchilari uchun Algebra fanidan “Sinuslar yig’indisi va ayirmasi” mavzusida, Matematika fani o’qituvchisi Janadilov Asqarali tomonidan 15-fevral kuni 6-sinf o’quvchilari uchun Matematika fanidan “Har xil ishorali sonlarni qo’shish” mavzusida, 18-fevral kuni 7-sinf o’quvchulari uchun “Uchburchak tashqi burchagining xossasi” mavzusida, Matematika fani o’qituvchisi Mirsharipova Feruza tomonidan 19-fevral kuni 5-sinf o’quvchilari uchun Matematika fanidan “Aralash sonlarni qo’shish va ayirish” mavzusida, 25-fevral kuni 7-sinf o’quvchilari uchun Algebra fanidan “To’g’ri burchakli koordinatalar sistemasi” mavzusida, Informatika fani o’qituvchisi Xakkulova Anora tomonidan 10-fevral kuni
    9-sinf o’quvchilari uchun Informatika va AT fanidan “Pythonda sodda masalalarni dasturlash” mavzusida, 22-fevral kuni 9-sinf o’quvchilari uchun “LMS asosida masofaviy ta’lim olish. Moodle platformasi” mavzusida ochiq darslar o’tildi.

  6. Maktabning 7-sinf o’quvchilari o’rtasida Informatika va AT fanidan “Qiziqarli viktorina” o’yini o’tkazildi. Mazkur o’yinda o’quvchilar dars davomida olgan bilimlarini amaliyotda kompyuterlar orqali sinab ko’rishdi.

  7. Metod birlashmaning fan o’qituvchilari tomonidan fevral oyining har shanba kunlari fan doir bukletlar, ko’rgazmali qurollar yasash bo’yicha ko’rgazmalar tashkil etildi. Ko’rgazmalarda chiroyli deb topilgan qurollar darslarda foydalanish uchun olib qolindi.

  8. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan maktabning 9-sinf o’quvchilaridan Milliy reyting bo’yicha Matematika va Fizika fanidan test sinovlari o’tkazildi. O’qituvchilardan so’rovnomalar olindi.

  9. Fan o’qituvchilari tomonidan o’quvchilarni PISA va TIMSS xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlash bo’yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. O’quvchilarga xalqaro baholash tadqiqotlarida tushish ehtimoli bo’lgan savollarni ishlash tartiblari o’rgatilmoqda.

  10. Fan oyligini yakuniy natijalarini aniqlash maqsadida 5-11 sinf o’quvchilaridan chiqish testlari olindi. Olingan testlar fan o’qituvchilari tomonidan tekshirilib, o’quvchilarning ko’rsatkich samaradorligi belgilandi. Matematika fanidan jami o’quvchilarning o’rtacha ko’rsatkich samaradorligi 70 % ni, informatika va axborot texnologiyalari fanidan jami o’quvchilarning o’rtacha ko’rsatkich samaradorligi 69 % ni tashkil etdi. Mazkur olingan chiqish testlari natijalariga asosan, o’quvchilar bilan yana ham ko’proq ishlanish kerakligi to’g’risida o’qituvchilarga topshiriqlar berildi.

  11. Fan oyligi yakunida 6-sinf o’quvchilari o’rtasida Matematika fanidan “Qalban shoir bo’lmagan odam matematik bo’la olmaydi” deb nomlangan musobaqa o’tkazildi. Mazkur musobaqada o’quvchilar olgan bilimlarini 5 ta shart bo’yicha sinovdan o’tkazishdi. Musobaqa natijalariga binoan g’olib bo’lgan va ishtirok etgan jamoa a’zolari maktab ma’muriyatining diplomlari hamda Aniq fanlar metod birlashmasining esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

  12. Chora-tadbirlar rejasida amalga oshirilgan ishlar va tadbirlar haqida ma’lumotlar umumlashtirilib, tuman XTB ga topshirildi.


Maktab direktori: G’.Bobojonov
Aniq fanlar metod
birlashmasi rahbari: A.Janadilov
Download 19.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling