Fevral oy mavzusi: ajoyib olam kirish


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana24.12.2022
Hajmi0.8 Mb.
#1053111
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Феврал 1- ҳафта ривожлантириш pdf

SAN’AT MARKAZI
1.5
RASM: « TOYCHOQNI BO‘YA» 
BIZNI 
USTALAR YASADILAR, ENDI BIZNI BO’YASH 
VAQTI KELDI- DEYISHAYAPTI TOYCHOQLAR
Maqsad: 
bezash va hunarmandchilik san’ati bilan yaxshi tanish bo‘lish, paxta tayoqchalari
cho‘tkalar va guashdan ehtiyotkorlik bilan foydalanish. 
Vazifa: 
1. 
Hamro buvining o‘yinchoqlari orqali bezash va hunarmandchilik san’ati haqidagi 
bilimlarini kengaytirish;
2. 
ishni rejalashtirish va kerakli ranglarni tanlashni o‘rgatish;
3. 
ish davomida ijodiy yondashish malakasini rivojlantirish.
Kerakli jixozlar: 
Hamro buvining ot o‘yinchog‘i (tayyor va bezaklarsiz, bolalar soniga ko‘ra, turli xil 
o‘lchamlarda bo‘lishi mumkin), guash, paxta tayoqchalari, cho‘tkalar, nam salfetkalar.
Faoliyat jarayoni: 
1. 
Tayyor otlar va ulardagi naqshlarni tomosha qilish;
2. 
Otni oq rangga bo‘yash;
3. 
Loydan yasalgan o‘yinchoqni bezash elementlari va tegishli naqshlar haqida o‘ylash;
4. 
Bo‘yashni amalga oshirish;
5. 
O‘z otiga nom berish..
Qo‘shimcha ravishda: 
bolalar ishlarining ijodiy ko‘rgazmasi.
E’tibor qaratish: 
ishda tasavvur va ijodkorlik, o‘z ishini aniq bajarish qobiliyati.


ILM-FAN VA TABIAT MARKAZI
1.6
OYNA OLDIDAGI POLIZCHA 
«SABZI URUG‘LARINI EKISH»
Maqsad: 
piyoz va sabzining insonlar uchun foydalari haqida bilish, piyoz va sabzi ekish va 
yetishtirish bo‘yicha ko‘rsatmalardan foydalanish.
Vazifa: 
1. 
sabzavotlarning foydalari haqidagi bilimlarni kengaytirish;
2. 
piyoz va sabzi ekish usullari haqidagi bilimlarni mustahkamlash;
3. 
kuzatishni amalga oshirishni va kuzatuv kundaligini yuritishni o‘rganish. 
Kerakli jixozlar: 
piyozni va sabzi urug‘ini ekish bo‘yicha ko‘rsatmalar, stol uchun kleyonka, belkuraklar, 
sug‘orish uchun idishlar, kleyonkali fartuklar, sabzini ekish uchun tuproq mavjud idish
piyozni ekish uchun stakanlar, kuzatuv kundaliklari, bolalar ismlari uchun kartalar.
Faoliyat jarayoni: 
1. 
Sabzi va piyozning foydalari haqida bolalar tushunchalari;
2. 
Piyozni va sabzi urug‘ini ekishni bo‘yicha ko‘rsatmani o‘rganish;
3. 
O‘stiriladigan narsalarni tanlash va kerakli materiallarni tanlash;
4. 
Piyozni yoki sabzi urug‘ini ekish;
5. 
Kartani o‘z ismi bilan to‘ldirish va uni ish bajarilgan stakan yoki idishga yopishtirish;
6. 
Kuzatuv kundaligini yuritishni boshlash: sanani yozish va harakatni tasvirlab berish 
(rasmlar orqali amalga oshirish ham mumkin).
Qo‘shimcha ravishda: 
sabzi va piyozdan qayerda foydalanishi haqida va bolalarning taomlar haqidagi 
hikoyalari. 
E’tibor qaratish: 
zarur ma’lumotlarni tahlil qilish va tanlash, o‘z faoliyatini belgilangan maqsadga 
erishadigan tarzda tashkil etish qobiliyati.



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling