Fevral oy mavzusi: ajoyib olam kirish


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana24.12.2022
Hajmi0.8 Mb.
#1053111
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Феврал 1- ҳафта ривожлантириш pdf

TIL VA NUTQ MARKAZI
1.7
“QO‘SHNI DAVLATLAR” RASMLARI 
ASOSIDA TASVIRIY HIKOYALARNI TUZISH
Maqsad: 
qo‘shni davlatlarni bilish, ko’rgazmali materiallar yordamida o‘z ona shahrini bila oladi, 
“diqqatga sazovor joy” so‘zi ma’nosini tushunadi. 
Vazifa: 
1. 
qo‘shni davlatlar haqidagi bilimlarni shakllantirish;
2. 
o‘z davlatimizning diqqatga sazovor joylari haqidagi bilimlarni mustahkamlash;
3. 
o‘qishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish;
4. 
rasm asosida tasviriy hikoya tuzish qobiliyatini rivojlantirish.
Kerakli jixozlar: 
qo‘shni davlatlar shaharlari tasvirlangan ko’rgazmali materiallar, mamlakat nomi, 
qo‘shni davlatlarning poytaxtlari nomi ko‘rsatilgan belgilar, ona shahar va davlatning 
diqqatga sazovot joylari tasvirlangan rasmlar.
Faoliyat jarayoni: 
1. 
Ona shaharning diqqatga sazovor joylari rasmlarini tomosha qilish;
2. 
Qo‘shni davlatlarga oid bo’lgan ko’rgazmali materiallarini tomosha qilish;
3. 
Mamlakat va poytaxt nomi yozilgan kartalarni tanlash;
4. 
Qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik haqida hikoya tuzish.
Qo‘shimcha ravishda: 
do‘stlik va tinchlik haqidagi she’rlarni eslash.
E’tibor qaratish: 
so‘zlar, ularning oxiri, to‘g‘ri talaffuz qilish, jumlalarni tuzish, bolalar nutqining 
grammatik tuzilishiga e’tiborni qaratish.


TIL VA NUTQ MARKAZI
1.8
MASHHUR KO‘PRIKLAR BILAN TANISHISH
Maqsad: 
ko‘prik turlarini ajrata olish va ularning nomlarini bilish. 
Vazifa: 
1. 
ko‘priklardan foydalanish maqsadi haqida bilimlarni shakllantirish;
2. 
o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
3. 
suhbatga jalb qilish va savollarga to‘liq javob berishga o‘rgatish.
Kerakli jixozlar: 
tematik rasmlar, bosma so‘zlar bilan ko‘priklar ko‘rinishi tasviri,dunyoning mashhur 
ko‘priklarining rasmlari.
Faoliyat jarayoni: 
1. 
Ko‘priklar tasvirlangan tematik rasmlarni ko‘rib chiqish: temir yo‘l ko‘prigi, osma 
ko‘prik, piyodalar ko‘prigi, viaduk, estakada, ikki qavatli ko‘prik;
2. 
Ko‘priklarning nomini o‘qish va tegishli so‘zlardan iborat kartalarni tanlash;
3. 
Dunyoning mashhur ko‘priklarining rasmlarini tomosha qilish.
4. 
Inson hayotidagi ko‘priklarning maqsadi haqida pedagog bilan suhbat qurish.
Qo‘shimcha ravishda: 
konstruktorlash markazida qurilish jarayonida ko‘priklar haqidagi bilimlardan 
foydalanishni taklif qilish.
E’tibor qaratish: 
bolalar nutqi, suhbatni o‘tkazish va savollarga javob berish qobiliyati, jumlalarni to‘g‘ri 
tuzish.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling