Fibonachchi sonlari bu nima
Fibonachchi sonlari bu nima?
Download 37.51 Kb.
|
Farux fibonachi sonlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fibonachchi sonlarini tuzatuvchi va impulsliga ajratishadi.
- Bozorda tuzatuvchi yurish va Fibonachchi sonlari.
Fibonachchi sonlari bu nima?
Leonardo Pizanskiy – Yevropada o`rta asrning birinchi yirik matematigi, Fibonachchi taxallusi bilan mashxur. Aynan u har bir keyingi a`zosi undan oldingi ikkitasining yig`indisiga teng bo`lgan sonli qatorning matematik modelini yaratgan. Natijada 0, 1, 1, 2, 3, 5, 8, 21, 34, 55, 89, 144, 233, 377, 610... ketma-ketlik yaratilgan edi Agar har keyingi a`zoni avvalgisiga bo`lsa, unda natija 1,618ga yaqin chiqadi. Vaqt o`tishi bilan bu son "Oltin kesim" nomini oldi. Shuni aniq aytish mumkinki, 1,618 sonini sehrli son. U misr piramidalari, qadimgi ibodatxonalar va hatto qabrlarni qurishda qo`llanilgan. "Oltin kesim" va Fibonachchi sonlari tabiatda asosiy fizik elementlarning, jumladan insonning nisbatlarini aniqlaydi. OLTIN KESIM Agar qatordagi ketma-ketlikning istagan a`zosini undan keyin keladigan songa bo`lsa, unda 0,36 nisbati chiqadi. Keyingi yangi a`zolarni avvalgilariga nisbati natijasida noyob sonlar qatori olinadi, u valyuta va fyucherslar bozorida juda ko`p qo`llaniladi. Bu sonlardan foydalanib valyuta va fyucherslar bozorida bajarilgan harakatga nisbatan tuzatuvchi yurishni hisoblash mumkin. Shuningdek, oldingi tuzatishga nisbatan maqsadni aniqlash mumkin. Fibonachchi sonlarini tuzatuvchi va impulsliga ajratishadi.Tuzatuvchi sonlar: 11.8%; 23.6%; 38,2%; 50.0%; 61.8%; 76.4%; 88.2%; Impulsli sonlar: 123.6%; 138.2%; 161.8%; 200.0%; 238.2%; 261.8%; 300.0%; 338.2%; 400.0%; 423.6%; Fibonachchining barcha sonlarini yoddan bilish uchun hech qanday zaruriyat yo`q. Ularning barchasi savdo terminallarining dasturlariga kiritilgan. Bozorda tuzatuvchi yurish va Fibonachchi sonlari.Odatda, kuchil impulsli harakatdan so`ng Foreks-vositaning qiymati teskari tomonga harakatni boshlaydi. Treydingda bu harakat "qaytish" yoki "tuzatish" nomini olgan. Agar Fibonachchi to`ridan to`g`ri foydalansa, unda aytarli qiyinchiliksiz qaytish qaysi darajagachi borishi va qachon trend yo`nalishi bo`yicha bozorga yana kirish mumkinligini aniqlash mumkin. Biroq, shuni tushunish kerakki har doim ham qaytishlar Fibonachchi sonlarining qiymatiga aniq mos kelavermaydi. Aniqroq tahlil uchun mazkur darajalarga yetishish vaqtida shamli patternlarni kuzatish zarur. Agar narx burilish patternini namoyish etsa, unda aynan shu darajadan qaytish ehtimoli mumkinligini aytish mumkin. Download 37.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling