Fidoying Bo’lgaymiz seni, O’zbekiston” mustaqillik bayrami ssenariysi Tadbir “Fidoying bo’lgaymiz seni, O'zbekiston!” shiori asosida o’tkaziladi
O’qituvchi, yana navbat Vatanni madh etuvchi she’rlarga
Download 27.92 Kb.
|
Fidoying Bo\'lgaymiz seni o\'zbekiston ssenariy
O’qituvchi, yana navbat Vatanni madh etuvchi she’rlarga.
1-o‘quvchi: Serquyosh o'lkadir mening diyorim, Serquyosh o'lkada tug'ildim, o'sdim, Tog'lari, bog'lari beqiyos o'lka, Cho'IIari, chamani betakror o'lka. Mehrga to'ladir yosh-u qarisi, Mehmondo‘st xalqimning boriga shukur. 2-o‘quvchi: Istiqloling muborak bo'lsin, Omborlaring g'allaga to‘lsin, Farzandlaring qalqoning bo'lsin, Omon bo'lgin, O'zbegim omon. 3-o‘quvchi: Sog'inch bilan tonglari otar, Erkalanib tog'lari yotar, Har giyohni nur qo'li bilan Siypab quyosh o'zi uyg'otar. Nurli bo'ston - hur gulistonim, Tilda doston - O'zbekistonim. Shu o'lkaning erkasi bizlar, Ham buguni, ertasi bizlar, Kelajagi buyuk Vatanning Vorislari biz o'g'il-qizlar. Nurli bo'ston - hur gulistonim, Tilda doston - O'zbekistonim. Shundan so'ng o'quvchilar jamoasi “O'zbekiston jannat” qo'shig'ini ijro etishadi va she’rxonlik davom etadi. 4-o‘quvchi: Oftob kelin tushgan bog'laring ko'rkam, Yalpizlar yastangan dala-dashtlaring. Osmonga tutashgan oqterak o'lkam, Ko'nglimda o'zgacha sayr-u gashtlaring. Vatan, qadrim uyi - xonaqohimsan, Bobolarim yotar sajdagohimsan. 5-o‘quvchi: O'ping, ko'zingizga suring tuprog'in, Har so'zin muqaddas duodek seving. Qadang yuraklarga millat bayrog'in, Vatanni Najmiddin Kubrodek seving. 6-o‘quvchi: O'zbekiston, bo’yi-basting ko'rsat endi, Pahlavonim, yetdi senga navbat endi. Olam uzra hilpirasin abad endi, Sohibqiron Temur tug'i - yashil bayroq. 7-o‘quvchi: Erk degani o'zi kelib eshik qoqmas, Jon chekmasang osmonlardan omad yog'mas. Qatoringda botirlaring bo'lsin og'mas, Gurkirasin Alpomishlar o'tgan tuproq. 8-o‘quvchi: Oltin beshik avlodining maskanisan, Alisherlar, Ulug'beklar vatanisan. Yashnagani - o'z asliga qaytganisan, Turon yurtda yonsin qayta so'ngan chiroq. o‘quvchi: Alla aytsang ayvoningda uxlar quyosh, Senga mudom iymon yo'ldosh, islom yo'ldosh. Bor bo'lsin shu qirq o'rim soch, o'smali qosh, Oq yaktag-u beqasam to'n, shohi belbog'. Qizlarguruhi ijrosida “Xorazmcha raqs” ijro etiladi. Download 27.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling