Shundan so'ng o'quvchilar Vatan va vatanparvarlik haqida maqollar aytishadi:
Vatani borning baxti bor,
Mehnati borning - taxti.
Bulbul chamanni sevar,
Odam - Vatanni.
Vatansiz inson - kuysiz bulbul.
Tug'ilgan yering - Vataning,
Vataning - nomusing.
Vataning tinch - sen tinch.
Dushmanga nafrati bo'lmaganning Vatanga muhabbati bo'lmas.
Ona yerning tuprog'i - ona sutidek aziz.
Ona yurting - oltin beshiging.
Qush butaga sig'inar,
Odam - Vatanga.
Vatan va O'zbekiston so’zlari yozilgan plakat bilan 2 nafar o’quvchi sahnaga chiqib ta’riflovchi so'zlar bilan Vatan va O'zbekiston so’zlarini ta’riflaydilar.
Vatan - ona kabi mehribon, kindik qonimiz to'kilgan tuproq, ota-bobolarimiz yashab o'tgan muqaddas makon, beshigimiz, uyimiz, mahallamiz, biz tug'ilib o'sayotgan diyor, biz ta’lim ola- yotgan maskan, muqaddas ona tilimiz va buyuk millatimiz, jona- jon o'lkamizdagi boyliklar va noz- ne’matlar.
O’zbekiston - Mustaqil davlat, jannatmakon yurt, quyoshli o'lka, sohibqiron Amir Temur Vatani, Navoiy va Ulug'beklar Vatani, doston bo'lgan Alpomish-u Rustam,
Barchinoylar diyori, Najmiddin Kubro yashagan maskan, qo'li ochiq, mehridaryo, mushti qat- tiq, ko'ngli yumshoq xalq diyori, or-nomusli, andishali o'zbeklar Vatani, dunyoga Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlari bilan mashhur.
Dars o'quvchilarning quyidagi she’rlari bilan yakun- lanadi:
Temur bobom izidan,
Jaloliddin izidan,
Navoiyning so'zidan,
Saboq olgan yoshlarmiz,
Barkamol avlodlarmiz.
Bobolardan meros yurt,
Qahramonlarga mos yurt,
Irodasi olmos yurt,
Qadrlaymiz uni biz,
Barkamol avlodlarmiz.
Tadbir so’ngida YUlduz Usmonovaning «Hech kimga bermaymiz seni, O’zbekiston!» qo’shig’ini barcha birgalikda kuylaydi.
Oq yo'rgakka o'ragansan o'zing bizni,
Oq yuvib-taragansan o'zing bizni.
Beshigimiz uzra bedor ona bo'lib,
Kunimizga yaragansan o'zing bizni.
Fidoying bo'lgaymiz seni, O'zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O'zbekiston!..
Qalqoning bor, qasd qilsa kim gar joningga,
Alpomishlar ruhi yor har o'g'loningga.
Asragaymiz gulday o'pib ostonangni,
Yovlar yaqin yo'lolmagay qo'rg'oningga.
Fidoying bo'lgaymiz seni, O'zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O'zbekiston.
Tuzing totib, unutganlar xor bo'ladi,
Ko'zlariga ikki dunyo tor bo'ladi.
Tinchligingni ko'rolmagan yurtfurushlar
Bir kun bir kaft tuprog'ingga zor bo'ladi.
Fidoying bo'lgaymiz seni, O'zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O'zbekiston!..
Gul ko'ringan dashtingdagi giyoh-xasdir,
Soddadilu ulug'vorlik senga xosdir.
Sevamizki, cho'llaring ham bizga jannat,
Tuprog'ing ham Makka misol muqaddasdir.
Fidoying bo'lgaymiz seni, O'zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O'zbekiston!
Do'stlaringiz bilan baham: |