“Fidoying Bo’lgaymiz seni, O’zbekiston” mustaqillik bayrami ssenariysi
Tadbir “Fidoying bo’lgaymiz seni, O'zbekiston!” shiori asosida o’tkaziladi.
o‘quvchi:
Assalom, gul Vatan, yashnagan diyor,
Assalom, ona xalq, zahmatkash elim,
Tonglaring xayrli, yurtim baxtiyor,
Paxtaday qalbi oq, pokiza dilim.
o‘quvchi:
Assalom, chamanim, bog‘-u bo'stonim,
Tillarda, dillarda bitmas dostonim.
Yangi tong muborak, jonajon elim,
Assalom, ey ona, O'zbekistonim.
o‘quvchi:
Qutlug' tong, yangi kun boshlanar mana,
Eng toza tilaklar bo'lsin hamrohing.
Yaxshilik doimo qilsin tantana,
Do'stlarga ochiqdir bag'ring, dargohing.
o‘quvchi:
Uylaring bug'doyga, mehrga to'lsin,
Mustaqil diyorim, omad senga yor.
Kelajaging buyuk, iqboling kulsin,
Jon berguvchi asl farzandlaring bor.
Tadbirni o'qituvchi quyidagi so'zlar bilan davom et tiradi:
Aziz o'quvchilar! Yurtimizda mustaqilligimizning 26 yilligi keng nishonlanmoqda. 1991-yil 31-avgust kuni xalqimizning asriy orzusi amalga oshdi. O'zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishdi va 1-sentabr Mustaqillik kuni deb e’lon qilindi. Albatta, har bir mustaqil davlatning o‘z ramzlari bo'ladi. Qani, bolajonlar, davlat ramzlari haqida qanday she’rlarni bilasiz?
o‘quvchi:
Bayrog'i bor, gerbi bor,
Erksevar O'zbekiston.
Madhiyangni kuylayman,
Jonajon, O'zbekiston.
o‘quvchi:
Bayroqdagi moviy rang,
Samodan berar darak,
Oq rangida doimo Yaxshiliklar mushtarak.
Osmon to'la yulduzlar Bayrog'imizga belgi.
Oy istiqlol nishoni,
Mustaqillikka belgi.
o‘quvchi:
Gerbimizda bog'lar bor,
Daryolar bor, tog'iar bor.
So'l tomoni bug'doyzor O'ng tomoni paxtazor.
Chambarakka o'ralgan Vodiy uzra quyosh bor.
Hurligimizning ramzi Humo degan qushi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |