Fikringizni amaldagi qonunchilik asosida tahlil qiling


Ma’muriy sudlarga qanday ishlar taalluqli ekanini aniqlash


Download 25.38 Kb.
bet2/2
Sana02.01.2022
Hajmi25.38 Kb.
#183959
1   2
Bog'liq
MSIYu umid aka tanishi

Ma’muriy sudlarga qanday ishlar taalluqli ekanini aniqlash.

  • Yuqoridagi holat ma’muriy sudga taalluqli ekanligi masalasini aniqlash.

  • Berilgan kazus bo’yicha sud qanday hujjat qabul qiladi?

    “Ma’muriy tartib –taomillar to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasiga ko‘ra, quyidagilar ma’muriy tartib- taomillarning asosiy prinsiplari hisoblanadi:

    • qonuniylik;

    • mutanosiblik;

    • ishonchlilik;

    • tinglanish imkoniyatining mavjudligi;

    • ma'muriy tartib-taomillarning ochiqligi, shaffofligi va tushunarliligi;

    • manfaatdor shaxslar huquqlarining ustunligi;

    • byurokratik rasmiyatchilikka yo'l qo'yilmasligi;

    • mazmunan qamrab olish;

    • ma'muriy ish yuritishning «bir darcha» orqali amalga oshirilishi;

    • teng huquqlilik;

    • ishonchning himoya qilinishi;

    • ma'muriy ixtiyoriylikning (diskretsion vakolatning) qonuniyligi;

    • tekshirish.

    Mazkur prinsiplarni Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 8-16- moddalarida ham kuzatishimiz mumkin.

    Birinchi navbatda ma’muriy sudga taalluqlilik masalasini muhokama qilishimiz kerak. Ma’muriy Sud Ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 26-moddasida ma’muriy sudarga taalluqli ishlar to‘g‘risida qoida keltirib o‘tigan. Unga ko‘ra, Ma’muriy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi, ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir, bundan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, iqtisodiy sudlarga va harbiy sudlarga taalluqli ishlar mustasno. Bundan tashqari, mazkur kodeksning 27-moddasida ma’muriy sud tomonidan hal etiladigan ishlar to’g‘risida ma’lumot keltirilgan. Unda, xususan, quyidagilar bayon etilgan:

    1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;

    2) davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning (bundan buyon matnda ma’muriy organlar deb yuritiladi), fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonun hujjatlariga mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;

    3) saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;

    4) notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni ro‘yxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;

    5) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoxud belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlash ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni hal qiladi.

    Bundan ko’rinadiki, idoraviy- normativ huquqiy hujjatlar yuzasidan ham nizolashish to’g‘risidagi arizalar ham ma’muriy sud tomonidan ko’rib chiqiladi. Yuqoridagi holat ma’muriy sudga taalluqli ekanligi masalasini aniqlash.

    “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har bir shaxsga o‘z huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish huquqi kafolatlanadi”2. Lekin, yuqoridagi vaziyatga e'tibor beradigan bo‘lsak, mansabdor shaxsning, ya'ni institut rektorining buyruq chiqarishi va undan keyingi xatti-harakatlari, shuningdek ushbu buyruqni bekor qilish va D.B.ni o‘qishga qayta tiklash majburiyatini yuklash masalasida gap bormoqda. Ushbu ish ma’muriy sudlarga taalluqli ish hisoblanmaydi. Negaki, mazkur vaziyatda institut rektorining talabani talabalar safidan chetlatish to’g’risidagi buyrug’I individual tusdagi buyruq hisoblanadi va ommaviy harakterga ega emas. Shuning uchun ham bu ish ma’muriy sudlar tomonidan ko’rib chiqilishi mumkin emas. Bu toifadagi ishlar Fuqarolik ishlari bo’yicha sudlarda ko’rib chiqiladi. Fuqarolik-protsessual kodeksining 26-moddasi 6-bandiga ko’ra, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar fuqarolik sudlariga taalluqli hisoblanadi.

    Bu holatda sud tomonidan qanday harakatlar amalga oshirilishi masalasiga to’xtalsak, yuqoridagi holatda sud tomonidan talaba D.B.ning e’tirozlari, “Ma’muriy tartib- taomillar to’g‘risida”gi qonunning 9-moddasida ko’rsatilgan tinglanish imkoniyatining berilishi prinsipiga asosan, tinglanishi va vaziyat to’liq o’rganib chiqilishi zarur. Bundan tashqari, mazkur qonunning 36-moddasiga ko’ra, Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, ma'muriy organ mumkin qadar qisqa muddatlarda, ammo ariza ma'muriy organda ro'yxatga olingan kundan e'tiboran, ma'muriy hujjat ma'muriy organ tashabbusi bilan qabul qilinadigan taqdirda esa, adresat ma'muriy ish yuritish boshlanganligi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilingan kundan e'tiboran o'ttiz ish kunidan kechiktirmay ma'muriy ishni ko'rib chiqadi va ma'muriy hujjatni qabul qiladi. Ammo, yuqoridagi vaziyatda ish ma’muriy sudga taalluqli hisoblanmaganligi sababli ham ma’muriy sud sudyasi tomonidan ishni ish yurituviga qabul qilishni rad etish to’g’risida ajrim chiqarilishi kerak. Yuqoridagi vaziyatda ham Birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori bilan institut rektorining D.B.ni talabalikka qayta tiklashni rad etishda ifodalangan harakati qonunga xilof deb topilgan, uning zimmasiga 2017 yil 22 martdagi 333-sonli buyrug'ini bekor qilish va D.B.ga o'zlashtirmagan fanlari bo'yicha imtihonlarni qayta topshirishga ruxsat berish majburiyati yuklatilgan.

    Ammo, yuqoridagi ish ma’muriy usdlarga taalluqli ish hisoblanmaydi. Shu boisdan ham sud tomonidan arizani qabul qilish rad etilishi kerak edi. Yuqoridagi vaziyatda esa birinchi instansiya sudi arizani qabul qilgan va bu masalada hal qiluv qarorini ham chiqaradi. Uning harakatlari ma’muriy huquq normalariga zid hisoblanadi. bu holatni to’g’irlash uchun appelyatsiya sudi tomonidan birinchi instansiya sudining chiqargan hal qiluv qarori bekor qilinishi va ish yuritish tugatilishi kerak bo’ladi. Lekin, ishni hal etishda fuqarolik qonunchiligiga to’xtalsak, fuqarolik sudi tomonidan vaziyat to’liq o’rganib chiqiladi, dalillar tekshiriladi va arizani qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish to’g‘risida hal qiluv qarori chiqaradi.

    Yuqoridagilarga asoslanib quyidagi xulosani keltiramiz: yuqorida bizga berilgan muammoli kazusni o’rganish natijasida Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksga ko’ra, ma’muriy sudlarga taalluqli ishlarni ko’rib chiqdik hamda instut rektorining buyrug‘ini bekor qilish to’g‘risidagi ariza ma’muriy sudlarga taalluqli emas ekanini bildik. Chunki, bu holatda rector buyrug’I individual tusdagi buyruq hisonblanadi. Bu holatda sud mazkur arizani MSIYuTK ning tegishli moddalari asosida ish yurituvga qabul qilishni rad etish to’g’risida ajrim chiqaradi. Ammo, sud tomonidan azriza ishga qabul qilingan. Bu holatda yuqorida aytganimizdek, appelyatsiya instansiya sudi tomon idan birinchi instansiya sudining chiqargan hal qiluv qarori bekor qilinishi kerak. Chunki, bu ish fuqarolik sudiga taalluqli ish hisoblanadi.



    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

    1. Ma’muriy sud ish yurituvi to’g‘risidagi kodeks;

    2. “Ma’muriy tartib –taomillar to’g’risida:gi qonun;

    3. B. Musaev, D. Artikov, B.QosimovMa'muriy huquq va protsess. – T.: TDYuU nashriyoti, 2019. – 165 bet;

    4. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi



    1 B. Musaev, D. Artikov, B.QosimovMa'muriy huquq va protsess. – T.: TDYUU nashriyoti, 2019. – 165 bet.

    2 Qarang:O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi: Rasmiy nashr – O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – T.: “Adolat”, 2018 y. 5-bet.


    Download 25.38 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling