Fikrlash ko`nikmamalarini rivojlantirish. Reja: O`quv strategiyasini ishlab chiqish
Soha bo‘yicha tayyorgarlik Boshqalar bilan hamkorlik
Download 11.86 Kb.
|
Jumanazarov Javohir
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kreativ ifodalash Kreativ fikrlashning shaxs bilan bogʻliq yordamchi omillari aqliy qobiliyatlar
Soha bo‘yicha tayyorgarlikBoshqalar bilan hamkorlikVazifa borasidagi ishtiyoqAqliy qobiliyatlar OchiqlikMuammoni hal etishBilim orttirishTaʼlim yondashuvlariMaktab va sinfdagi muhitMadaniy me’yorlar va kutilayotgan natijalarKreativ ifodalashKreativ fikrlashning shaxs bilan bogʻliq yordamchi omillari aqliy qobiliyatlarBir qator tadqiqotchilar ijodiy fikrlash uchun zaruriy aqliy qobi liyatlarni aniqlashga harakat qilganlar. Guilfordning (1956) o‘xshash (convergent) va tafovutli (divergent) fikrlash konsepsiyasi bu sohadagi tadqiqotlarga katta taʼsir oʻtkazgan. O‘xshash fikrlash deb, odatda, javob topish maqsadida to‘plangan ma’lumotga asosan izlanish, anglash va qaror qabul qilishning an’anaviy va mantiqiy strategiyasini qo‘llash qobiliyatiga aytiladi. (Cropley, 2006). Aksincha, tafovutli fikrlash – bu yangi yondashuvlarni qo‘llash va mavjud ma’lumotlardan kutilmagan kombinatsiyalarni shakllantirish, shuningdek, bog‘lanishlar, fikrlash va o‘zgartirishning ma’no jihatdan o‘zgaruvchanlik va ravonlik kabi layoqatlarini qo‘llash yo‘li bilan original g‘oyalarni ishlab chiqish qobiliyatidir (Cropley, 2006).Tafovutli fikrlash, shuningdek, tayyor ko‘rsatmalardan voz kecha bilish, muammoga boshqacha yechimlarni qidirish, qolgan barcha vositalar kop boʻlmaganda, kutilmagan choralarga murojaat qilish, muammolarga boshqa nuqtayi nazardan qarash, tayyor uslublardan voz kechib, yangilarini sinab koʻrish qobiliyati deb tavsiflangan (Schank va Abelson, 1977; Duncker, 1972). Umuman olganda, tafovutli fikrlash aksar hollarda yangicha, noodatiy hamda kutilmagan javoblarni hosil qilishdir.Kreativ fikrlash koʻpincha tafovutli fikrlash istilohlarida tavsiflanadi, aksar tadqiqotlar bugungacha tafovutli fikrlash bilan bogʻliq aqliy jarayonlarni oʻrganishga bagʻishlangan. Lekin, tadqiqotlar tahliliy yoki qaror qabul qilish qobiliyati kabi o‘xshash fikrlashning aqliy jarayonlari ham kreativlik uchun muhim ekanligini yaqqol namoyish qilmoqda (Cropley, 2006; Reiter-Palmon va Robinson, 2009; Tanggard va Glaveanu, 2014). Masalan, yangicha va qiymatli gʻoyalarni berish qobiliyati avval boshqa, muammoni joʻyali taʼriflash kabi jarayonlarni amalga oshirishga bogʻliq boʻlishi mumkin (Runco, 1997). Darhaqiqat, Getzels va Csikszentmihalyi (1976) aniqlashicha, rassomchilik bo‘yicha talabalarning muammoni taʼriflashdagi muvaffaqiyatlari ular chizgan rasmlarning estetik qiymati hamda oʻziga xosligining mezonlari bilan chambarchas bogʻliqdir. Bu mezonlar, oʻz navbatida, ushbu talabalarning uzoq muddatda rassom sifatidagi muvaffaqiyatiga ham boʻgliq boʻlgan.Download 11.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling