Filologik tadqiqot asoslari page 3 4-курс I. Ma’ruza mashg’ulotlari
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Филологик тадқиқот 2019-2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
FILOLOGIK TADQIQOT ASOSLARI Page 10 4-курс 3-MA`RUZA 3-mavzu. Malakaviy ish mavzusiga bag’ishlangan ilmiy va o’quv adabiyotlar asosida masalaning o’rganilish tarixini bayon qilishning asosiy printsiplari. Kartoteka ustida ishlash. Ilmiy adabiyotlar bilan ishlashning asosiy yol-yo’riqlari. Darsning o'quv maqsadi: Tadqiqot mavzusini tanlashga yondashuv, mavzuga oid adabiyotni tanlash, o'rganish masalalariga oydinlik kiritish. Tayanch tushunchalar: ilmiy o'qish, tadqiqot mavzusini tanlash, nomini ko'chirish, stilistik bo'yoq, stilistik bo'yoqning pasayishi, yasama nomlar, bibliografik kartoteka, bibliografik ko'rsatgich, bibliografik ro'yxatlar, referativ jurnallar, obzorlar, dastlabki axborot, shaxsiy ishchi kartoteka. Bitiruv malakaviy ishi talabaning istagidan kelib chiqqan holda ona tilida yoki chet tilida yozilishi mumkin; - Bitiruv malakaviy ishi uchta asosiy qism – kirish, asosiy qism, hulosa, Summary va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat bo’lib, ayrim hollarda ish oxirida ilovalar keltirilishi mumkin; - Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida malakaviy ishning dolzarbligi asoslanadi, amaliy ahamiyati, ilmiy yangilik yoki muammolik tomonlari aks ettiriladi, ishning maqsad va vazifalari, ob’ekti va predmeti, fan, ta’lim sohasidagi nazariy va amaliy ahamiyati belgilab beriladi. Foydalanilgan manba va adabiyotlarning tanqidiy tahlilini tuzishda qo’yilgan muammoni o’rganish uchun ular nimani berishligini aniqlash, shunigdek, ularning muallifi qanday manbalarga tayanganliklariga e’tibor qaratish lozim. Buning uchun foydalanilgan manba va adabiyotlarning tanqidiy tahlili sifatida oddiy keltirilgan me’yoriy-huquqiy dalolatnomalar, ularning mualiflari va ishlarini almashtirish mumkin emasligini unutmaslik lozim Agarda fan yangi bilimni olish jarayoni sifatida tushunilsa, bu yangi axborotni olishning ikki yo'li mavjud: 1. Boshqa sohibdan; 2. Tadqiqot obyektini bevosita o'rganish jarayonida. Odatda bu ikki yo'l ham uzluksiz bog'liq. Muammo biz nimadan boshlashimizda. Birinchi yo'l, mazkur mavzuga bag'ishlangan ilmiy adabiyot bilan ishlash; ikkinchi yo'l o'qitishdagi muloqot, ilmiy anju- man, seminar, simpoziumdagi o'zaro muloqot bilan bog'liq. Shuning uchun ilmiy tadqiqiy jarayonning boshlanishi bu ilmiy o'qishdir, u ilmiy tadqiqiy jarayonning boshlanishi va doimiy unsuri sanaladi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling