Filologik tadqiqot asoslari page 3 4-курс I. Ma’ruza mashg’ulotlari


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/72
Sana02.04.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1320983
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
Филологик тадқиқот 2019-2020



FILOLOGIK 
TADQIQOT ASOSLARI 
Page 3 
4-курс 
 
I. MA’RUZA MASHG’ULOTLARI 
 
1-MA`RUZA
 
1-mavzu. Filologik tadqiqot asoslari maxsus kursining asosiy maqsad va 
vazifalari. Bitiruv malakaviy ishiga qo’yilajak asosiy talablar. Ilmiy ishlar 
tasnif va tavsifi. 
 
Reja.
1. Filologik tadqiqot asoslari maxsus kursi kirish. 
2. Bitiruv malakaviy ishi (malakaviy ish) haqida tushuncha. 
3. Bitiruv malakaviy ishning asosiy maqsadi va vazifalari 
Darsning o'quv maqsadi: ilmshunoslikning "fan haqidagi fan” sifatidagi 
alohida tabiati haqida, filolog faoliyatining asosiy yo'nal- ishlari, ilmiy tadqiqot 
ishining tuzilishi kabi bir qator tushunchalar- ga izoh berish. 
Tayanch tushunchalar: fan, filologiya, lingvistika, ilmiy tadqiqot
ilmshunoslik, filolog-olim, definisiya, filolog kasbiy faoliyatining sohalari. 
Filologik tadqiqot asoslari maxsus kursi filologlar uchun filologik oliy oquv 
yurtida o'qiy boshlagan davrdan va butun hayoti mobaynida kasbiy faoliyat- iga 
aloqador ilmiy faoliyatning ma'lum shakllarini o'rgatishga yo'nal- tirilgan. Ilmiy 
bilimning soddadan murakkabga qarab o'zgarishi, ta- komillashuvi jarayoni uni 
egallashda katta kuch va iroda talab etadi. 
Filologik tadqiqot asoslari maxsus kursidan ko`zlangan asosiy maqsad 
filologiya ilmining turli sohalarida faoliyat yuritayotgan izlanuvchilar uchun 
boshlang'ich, eng zaruriy bilimlarni berish qilib belgilangan. 
Ilmiy soha o`ziga xos murakkabliklarga ega. Uning tabiatiga individuallik
keng qamrovlik, aniq faktik materiallarga asoslanganlik xos. 
Ilmiy faoliyat filologiya xususan, lingvistika bilan bog'liq bo'lganligi sabab, 
biz fanning ulkan dunyosida filologiya qanday o'rinni egal- lashi, filologik fanlar 
orasida esa lingvistika qanday o'rinni tutishini aniqlab olishimiz lozim. 
Ilmiy tadqiqot ishi va filolog faoliyatining asosiy yo'nalishlarini aniqlashda 
eng awal ilmiy tadqiqot nima? U qanday amalga oshirila- di? U nima uchun kerak? 
Tilshunoslikda amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotning xususiyatlari nimadan 
iborat? kabi qator savollarga javob topishimiz zarur. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling