FILOLOGIK
TADQIQOT ASOSLARI
Page
8
4-курс
Fan va texnikaning o’xshash, qo’shni sohalaridagi tadqiqotlarning eng yangi
natijalari bilan tanishish: ba’zan ikkita ilmiy fan tutashgan
joyda mavzu chiqib
qolishi mumkin.
Muammoni ko’rib chiqishning metodologik rakursini almashlash. Ba’zan
yangicha nuqtai nazar bu birinchi ilmiy ishlanma mavzuidir.
O’z ilmiy ixtisosligi bo’yicha adabiyotlarni o’rganish:
ilmiy matbuotni,
maxsus nashrlarni, Internet saytlarini ko’rib chiqish, fan klassiklari asarlari ustida
mushohada yuritish («sho’ng’ib ketish» uslubi).
Amaliyotchi-mutaxassislar bilan suhbatlar va maslahatlashish.
Ilmiy ish mavzuini ifodalashini belgilovchi tamoyillar va talablar.
Dolzarblik Yangilik, jamiyat hayoti bilan bog’liqlik, yetilgan ziddiyat.
Aniqlik Tipik kamchiliklari:
mavzuning asossiz kengligi,
global tusdagi
mavzu ifodalanishida mavhumlik. Masalan, agar «Davlat boshqaruvi»
mavzui
tanlanadigan bo’lsa, unda bunday mavzu ilmiy ish uchun yaramaydi, haddan ortiq
mavhum bo’ladi. Birmuncha torroq mavzuni tanlagan ma’qulroq.
Muammolilik «O’zbekistonning soliq siyosati» mavzui o’quv ishi (referat,
kurs yoki diplom ishi) uchun bo’lishi mumkin, lekin uning nomida muammo yo’q.
Hatto o’quv maqsadlari uchun ham qandaydir aniq bir jihatni olgan yaxshi:
«O’zbekistonning soliq siyosati davlat boshqaruvi vositasi sifatida».
Bunda
muammo
yaqqol
ko’rinib
turibdi:
davlatning
soliqlarni o’zgartirish yordamida ijtimoiy jarayonlarni boshqarishi qanday amalga
oshirilmoqda. Ilmiy ish uchun undan ham aniqrok mavzuni tanlagan ma’qul:
«Soliq siyosati yordamida kichik va o’rta biznesni rag’batlantirish».
Aniqlangan
mavzuga muvofiq ravishda aniq-ravshan ifodalangan maqsad shakllantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: