Radd ul-ajuz al as-sadr (ar. - ajuzdan sadrga borish) - qaytarishga asoslangan she’riy san’atlardan biri. Mutobiq va musaddar deb ham ataladi. Bu san’atga ko‘ra, baytning oxirida kelgan so‘z keyingi baytning boshida takrorlanib keladi.
Sharq mumtoz poetikasida baytning boshi sadr, oxiri ajuz yoki zarb, ikkinchi misraning boshi ibtido va har ikki misraning o‘rtasi hashv deyiladi. Buni quyidagi chizmada ko‘rish mumkin:
Sadr / hashv / aruz
Ibtido / hashv / ajuz (zarb)
SHundan kelib chiqqan holda ushbu san’atga avvalgi baytdagi ajuzning keyingi baytdagi sadrda takrorlanishiga asoslangan san’at sifatida qarash mumkin.
Ilmi badi’ga doir manbalarda R. san’atiga keng o‘rin ajratilgan. Xususan, Atoulloh Husayniyning “Badoyi’ us-sanoyi’” (15-a.) asarida mazkur san’at nomi anglatgan lug‘aviy ma’no, uning turlariga to‘xtalib o‘tilib, salaflar SHams Qays Roziy va
Rashididdin Vatvotning ushbu san’at turi haqidagi fikrlariga munosabat bildiriladi, “Xadoyiq us-sehr”da keltirilgan fikr asosida R. san’ati forsiy tilda mutobiq va musaddar deb atalishi aytib o‘tiladi.
Alisher Navoiy ijodida R.san’atining qo‘llanilish darajasini quyidagi holatlarda ko‘rish mumkin:
Bayt oxirida radif vazifasida kelgan so‘z keyingi baytning boshida takrorlanib keladi. Bunda ushbu san’at qaytarishga asoslangan yana bir she’riy san’at - tasdir bilan uyg‘unlik kasb etadi:
Qo ‘yma minnat bizga g'amgin aylabon ishq ahlini,
Bizni ham shod etmading, gar elni noshod aylading.
Aylading ko ‘nglum imorat partavi ruxsor ila,
Ka ’bani butxona qilmog ‘liqqa obod aylading.
(Navodir ush-shabob, 347-g‘azal)
Bayt oxirida qofiya vazifasida kelgan so‘z keyingi baytning boshida takrorlanib keladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |