Filologiya fakulteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi


Download 2.88 Mb.
bet28/147
Sana10.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1675124
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   147
Bog'liq
562bf6ea23a365c0d049737daecc4c60 O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI (1)

POETIKA fani muayyan badiiy asarning badiiy ta’sirchanlik qudratini tadqiq qiladi. Poeziya san’at bo‘lsa, poetika shu san’atni ilmiy tahlil qiladi.
Ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan musulmon Sharqi adabiyotida poetika masalasi har doim she’riyat ahlining diqqat markazida turgan. Muayyan ijodkorning badiiy salohiyati va iste’dodi haqida so‘z borganda, uning tasvir obyekti sifatida nimalarni olgani emas, balki o‘sha obyekt yoki predmetni qanday tasvirlagani muhim hisoblangan. Shu ma’noda u yoki bu ijodkor ijodiga yoxud muayyan badiiy asarga baho berilar ekan, ijodkor ifodalamoqchi bo‘lgan g‘oya qanday badiiy timsollar, vazn yoki qofiya vositasida bayon qilinganligi bilan birga she’riy asarda qo‘llanilgan badiiy san’atlarning rang-barangligi, ularning asar mazmunini ochishdagi o‘rni va ahamiyati kabi masalalarga ham alohida diqqat qaratilgan.
Balog‘at ilmi. “Balog‘at”ning lug‘aviy ma’nosi “bulug‘ va vusul”, ya’ni erishish va yetishishdir. Istilohda esa Qur’oni Karim va hadisi sharif tili bo‘lmish arab tilining sir- asrorlarini ochuvchi, uning nozik va nafis jihatlarini ko‘rsatuvchi, balog‘ati va fasohatini anglashni o‘rgatuvchi ilm “balog‘at ilmi” deyiladi. U ilmi maoniy, ilmi bayon, ilmi badi’lardan iborat. Balog‘at ilmi haqida hijriy ikkinchi asrdan boshlab kitoblar yozila boshlagan. Ana shu uch ilm bo‘yicha Abu Ubayda Ma’mar, Ja’far ibn Yaxyo, Sahl ibn Xorun, Abdulloh ibn Mu’tazz va boshqalar ilk kitob yozgan allomalardir1
Mumtoz adabiyotimiz tarixida poetika ilmi asosan uchta mustaqil sohadan iborat bo‘lgan va bu “ilmlar uchligi” deb atalgan. Bular quyidagilardir:

  1. ilmi aruz - she’rdagi vaznlar va ularning qonun-qoidalari haqida bahs yurituvchi

soha;

  1. ilmi qofiya - qofiya qonuniyatlari va turlari haqida ma’lumot beruvchi soha;

  2. ilmi badi’ - nutqqa bezak beruvchi san’atlar, ularning o‘ziga xos jihatlari, fikrni

go‘zal va mazmunli ifodalash usullarini o‘rganuvchi soha.
Mumtoz poetikaga doir dastlabki forsiy asar XI asrda yuzaga kelgan. Bu Muhammad binni Umar Roduyoniy qalamiga mansub bo‘lib, “Tarjimon ul-balog‘a” deb ataladi.
Roduyoniy o‘z kitobini arab olimi Nasr binni Hasanning “Mahosin ul-kalom” nomli asariga suyangan holda yaratgan va unda 73 ta san’atni keltirgan. XI-XII asrlarda Ahmad binni Muhammad Manshuriy Samarqandiy talavvun san’ati haqida (buni Xurshediy “Kanz ul-g‘aroib” deb atagan), Abumuhammad binni Muhammad Rashidiy Samarqandiy (“Ziynatnoma”) va boshqa ijodkorlar ilmi badi’ga doir risolalar yozganlar. Biroq XI - XII asrlarda yaratilgan ilmi badi’ga doir asarlar orasida eng mukammali Rashididdin Vatvot nomi bilan mashhur bo‘lgan xorazmlik shoir va olim Rashididdin Abubakr Muhammad binni Muhammad binni Abdujalili Umari kotibning (vaf. 1182­1183) “Hadoyiq us-sehr fi daqoiq ush-she’r” nomli asaridir.
“Hadoyiq us-sehr” buyuk olim tomonidan bitilgan yuksak saviyadagi asar bo‘lib, undan keyin ilmi badi’ bilan mashg‘ul bo‘lgan barcha mualliflar ana shu asardan foydalanganlar. Rashididdin Vatvot asari hozirgi kunga qadar o‘zining ilmiy qimmatini yo‘qotgan emas.
Tarixiy poetikaga doir yaratilgan ikkinchi bir katta tadqiqot XIII asrning atoqli olimi Shamsiddin Muhammad binni Roziyning “Al-mo‘jam fi ma’oyir-ul-ash’or-ul- Ajam” nomli mashhur asaridir.
Bu asarni o‘sha paytgacha poetika masalalari bo‘yicha qilingan barcha ishlarning yakuni, shu sohada yaratilgan asarlarning gultoji, deb aytish mumkin. Chunki muallif bu asarida mumtoz poetikaning har uchala bo‘limi - aruz, qofiya va ilmi badi’ haqida mukammal ma’lumot beradi, she’r va shoirlik, badiiy asarda shakl va mazmunning munosabati, tanqidning adabiy jarayondagi roli va vazifalari haqida mulohazalar yuritadi. Shamsi Qays asarining ilmi badi’ga doir uchinchi qismida Rashididdin Vatvotning mazkur asaridan ham foydalangan. Lekin bu masalada katta iste’dod va imkoniyatlarini namoyish qilib, o‘z salafi asaridagi ma’lumotlarni yanada kengaytirgan., ularni yangi izohlar bilan boyitgan, daliliy materiallarni yanada ko‘paytirgan va natijada ilmi badi’ni yuqori bosqichga olib chiqqan.
Mashhur shoir Xusrav Dehlaviy ham nasr qoidalari haqida ikki jilddan iborat kitob yozib, unda yuzlab badiiy san’atlar haqida so‘z yuritgan. Vahid Tabriziyning “Jam’i muxtasar” (XVI asr) asarida esa aruz, qofiya bilan bir qatorda o‘nlab she’riy san’atlar ham keltirilgan.
Nizomiddin Ahmad ibn Muhammad Soleh Siddiqiy Husayniy qalamiga mansub “Majma’ us-sanoe’” asari ham butunlay ilmi badi’ga bag‘ishlangan bo‘lib, saksonta she’riy san’atni o‘z ichiga olgan.
Qabulmuhammad ham “Haft Qulzum”ning yettinchi bo‘limida badiiy san’atlar ustida so‘z yuritib, asosan, “Majma’ us-sanoe’” ga asoslanadi.
XX asrda yaratilgan ko‘pgina lug‘atlar hamda boshqa ruhdagi asarlar tarkibida u yoki bu darajada badiiy san’atlarning ayrimlari keltirilib, mulohaza yuritilgan o‘rinlar uchraydi.

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling