Filologiya fakulteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi


Download 2.88 Mb.
bet36/147
Sana10.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1675124
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   147
Bog'liq
562bf6ea23a365c0d049737daecc4c60 O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI (1)

T.i sarih yoki mutlaq (aniq o‘xshatish)- bir narsaning ikkinchi bir narsaga odoti tashbih (o‘xshatish vositalari) yordamida o‘xshatilishiga asoslangan T.

Navoiy sham ’dekyig‘lab, kuyub holimni sharh aylay,
Ul oy bazmida bir tun rost oshiqlarg‘a bor o‘lg‘ach.
(G‘aroyib us-sig‘ar, 97-g‘azal)

  1. T.i mashrut (shartli o‘xshatish) - bir narsaning ikkinchi narsaga muayyan shart bilan o‘xshatilishiga asoslangan T. Navoiy g‘azalidagi quyidagi baytlar shu san’at asosida yaratilgan:

Og ‘iz ichra tilingdek g ‘unchada gul bargi tar bo ‘lg ‘ay,
Vale bu shart ilakim, bargi gul ichra shakar bo ‘lg ‘ay.
Qadingg ‘a sarvi ra ’no o‘xshag ‘ay, lek ul zamonkim sarv Xiromon bo ‘lg ‘ayu gul bergay, ul guldin samar bo ‘lg ‘ay.
YUzung davrig ‘a oy davrini tashbih etkamen, vaqte Ki, anda xol ila xatfitnai davri qamar bo ‘lg ‘ay.
Ko ‘zunga o ‘xshag ‘ay nargis, agar qiymoch o‘lub oqi,
Mudavvar asfari ichra, qoralig ‘din asar bo ‘lg ‘ay.
Xatingg ‘a qadr shomi o‘xshag ‘ay bu shart birlankim,
Tajalli nuridin ul shom arosinda sahar bo ‘lg ‘ay.
CHu minsang ashhabing ul dam, quyosh bo ‘lg‘ay sanga monand Ki, bersa ko ‘kbo ‘zin javlon jahon zeru zabar bo ‘lg ‘ay.
Manga ishqingda Majnun birla Farhod o ‘xshag ‘ay ul chog ‘
Ki, bu bo ‘lg‘ayjahon rasvosi, ul mundin batar bo ‘lg‘ay.
(Navodir ush-shabob, 613-g‘azal)

  1. T.i aks (teskari o‘xshatish) - bu xil T.da avval bir narsaga ikkkinchi bir narsaga o‘xshatiladi, so‘ng buning aksi amalga oshiriladi, ya’ni ikkinchi narsa birinchi narsaga o‘xshatiladi. Natijada mushabbah mushabbahun bihga, mushabbahun bih esa mushabbahga aylanadi.

Su ko ‘zgusini bog ‘ aro aylarda shitob,
Siymob qilur erdi taharruk bila tob.
Day qildi bu simobni andoq ko ‘zgu Kim ko ‘zgu aning qoshida bo ‘lg ‘ay siymob.
(G‘aroyib us-sig‘ar, 14-ruboiy)


  1. Download 2.88 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling