T.i tasviya (tenglashtirilgan o‘xshatish) - bu xil T.da shoir o‘zidagi biror narsani tasvirlanayotgan shaxsdagi biror narsaga o‘xshatadi, so‘ng ularni boshqa biror belgi bilan qiyoslaydi.
Mening firoqimu aning visoli tun bila tong,
Bu nav’ dahrda yo‘q ehtimole tun bila tong.
(Badoyi’ ul-vasat, 363-g‘azal)
T.i muzmar yoki izmor (yashirin o‘xshatish) - bunda shoir bir qarashda o‘xshatishni maqsad qilmagandek tuyuladi, aslida esa uning asl niyati o‘xshatish bo‘ladi.
YUzinda xaymudur yo manglayidin qatra, vah, ko ‘rgil Ki, guldinmu oqar shabnam, quyoshdinmu tomar axtar?!
(Badoyi’ ul-vasat, 161-g‘azal)
T.i tafzil yoki marju’ (chekinish yo‘li bilan o‘xshatish) - bu xil T.da shoir avval bir narsani ikkinchi bir narsaga o‘xshatadi-yu, keyin undan voz kechib, o‘xshamishni o‘xshatilmishdan ustun qo‘yadi. Bunda T. ruju ’ san’ati bilan qorishiq holda qo‘llaniladi.
Ziynat aro ravzai rizvondur ul,
Ravzani qo ‘y, mulki Xurosondur ul.
(Hayrat ul-abror)
T.i kinoya (kinoya yo‘li bilan o‘xshatish) - T.unsurlaridan faqat mushabbahun bih (o‘xshatilmish) ishtirok etuvchi o‘xshatish turi. Ko‘p hollarda T.i kinoya istiora san’atiga teng keladi.
La’ling olsa choklik bemor ko ‘nglumni ne tong Ey malohat naxli, chunkim xastasiz bo‘lmas rutab.
(G‘aroyib us-sig‘ar, 45-g‘azal)
T.i musalsal (ketma-ket o‘xshatish) yoki T.i jam’ - bir narsaga bir necha narsaga ketma-ket o‘xshatishga asoslangan T. Bunda mushabbah bitta, mushabbahun bih bir nechta bo‘ladi.
Zavraq ichra ul quyosh sayr aylamag Jayhun aro,
Axtari sa ’de hilol ichra kezar gardun aro.
Anglamon Jayhunda ul oy kema birla sayr etar YO hilolu mehr aksin el ko ‘rar Jayhun aro.
(G‘aroyib us-sig‘ar, 20-g‘azal) (D.YUsupova)
Do'stlaringiz bilan baham: |