Filologiya fakulteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi
Download 2.88 Mb.
|
562bf6ea23a365c0d049737daecc4c60 O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ilmi qofiyada
- daxl
- ras, ishbo‘, hazv, tavjih, majro, nafoz.
Xat yozarda chun zaruratdur qalambirla midod.
(G‘aroyib us-sig‘ar, 120-g‘azal) Kema og‘zi demakim, ishqingda ko‘ksum chokidur, Bahr mavji yo ‘qki, ashkim saylining ko ‘lokidur. Suda ermas mehr aksi, balki daryo jonig ‘a Solg ‘an o ‘tlar xasta jonim ohi otashnokidur. Xas emas girdob arokim boshinga evrulgali Su uza sargashta oshiq jismining xoshokidur. Vahki, ul kishtida daryokush, manga xudyo ‘q hayot El degandinkim, falonning kofiri bebokidur. Ul boUg‘ tutqanda solib shastu aning rashkidin, Sudin ayrilg‘an balig‘ yanglig‘ ko ‘ngul topokidur. Ko ‘rma faqr ahli sirishki bahrida har yon hubob Kim, fano kavkablari, balkim balo aflokidur. Ey Navoiy, kema tiyri ko‘ksum ichra hajr o ‘qi, Kema og ‘zi go ‘yiyo ishqida ko ‘ksum chokidur. QOFIYa (ar.) - misra oxiridagi so‘zlarning ohangdoshligi. Misralar oxiridagi qo‘shimcha, so‘z va so‘z qo‘shilmalarining o‘zaro ohangdosh bo‘lib kelishi. Qofiya lirik asarning musiqiyligi, ohangdorligi va ta’sirchanligini kuchaytiradi, uning yod olinishini osonlashtiradi. Qofiya mumtoz she’rshunoslikda vazn kabi she’riy ritmni vujudga keltiruvchi asosiy unsur bo‘lib, uning bayt so‘ngida qo‘llanilishi zaruriy talablardan biri bo‘lgan. Shoirning badiiy mahorati she’rda qo‘llanilgan qofiyaning g‘oyalar mohiyati, timsollar olamini ochishdagi ahamiyati, qofiya uchun tanlangan so‘zlarning ma’noviy ko‘lami va ohangdorligi bilan ham belgilangan. Sharq musulmon adabiyotshunosligida qofiya haqidagi nazariy qarashlar maxsus fan - ilmi qofiyada o‘z ifodasini topgan. Qofiyaning tarkibiy qismini 9 ta asosiy va 6 ta qo‘shimcha harflar tashkil qiladi. Qofiyaning zarur shartlaridan biri unda albatta raviy harfining bo‘lishidir. Q. harflaridan qolganlarining joylashish tartibi raviy harfiga bog‘liq bo‘lib, undan oldin qayd, ridf, ta’sis va daxl harflari, undan keyin esa vasl, xuruj, mazid va noira harflari kelishi mumkin. Shuningdek, Q.ning tarkibiy qismiga kiradigan Q.harflari ham mavjud bo‘lib, ular qisqa unli tovushni ifodalovchi harflar: “a”, “i” va “u” yordamida vujudga keladi. Ushbu qofiya harflarining soni oltita: ras, ishbo‘, hazv, tavjih, majro, nafoz. Ular qofiyaning qo‘shimcha tarkibiy qismi bo‘lib, Q.da uchrashi ham, uchramasligi ham mumkin. Q. raviy harfi bilan tugallansa, muqayyad Q. deb, raviydan keyin ham davom etsa, mutlaq Q. deb ataladi. Ushbu Q.lar tuzilishiga ko‘ra yana to‘rtta katta guruhga ajratiladi: Mujarrad Q. (q.) Murdaf (ridfli) Q. (q) Muqayyad (qaydli) Q. (q) Muassas (ta’sisli) Q. (q) Ushbu Q.guruhlari yana o‘z ichida bir qancha turlarga ajratiladi. Q.turlari yuqorida sanalgan Q.harflarining ishtiroki orqali belgilanadi. Shu ma’noda nazariy jihatdan Q.ning 55 ga yaqin turini keltirib chiqarish mumkin. Turkiy she’riyatda Q.ning 25 turi keng qo‘llanilgan bo‘lib, shulardan 23 tasi Alisher Navoiyning “Xazoyin ul maoniy” kulliyotida istifoda etilgan (M.Akbarova). QOFIYA UNSURLARI - qofiyadosh so‘zlarda ohangdorlikni vujudga keltiruvchi asosiy harf va belgilar. Ular yozuvda ifodalanishiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: 1) qofiya harflari va 2) qofiya harakatlari. Qofiya harflari mumtoz poetikaga doir manbalarda “hurufi qofiya” nomi bilan keladi. Ular qofiyaning qaysi qismida qo‘llanilishiga qarab ikki guruhga ajratiladi: a) o‘zak tarkibida keladigan harflar. Ularning soni 5 ta bo‘lib, quyidagilardir: Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling